Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ozarbayjon SSRdan yoʻnaltirildi)
1920–1922
1936–1991
Maqom Yarim mustaqil davlat (1920—1922)
Pridnestrovye FSSR tarkibida (1922—1936)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936—1991)
De facto suveren davlat (1989—1991)
Hukumat yetakchisi  
• 1920–1922
Nariman Narimanov (ilk)
• 1990–1991
Hasan Hasanov (soʻnggi)
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
Armaniston Togʻli Respublikasi
Pridnestrovye Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi
Ozarbayjon Respublikasi
Artsax Respublikasi
Hozirda hududida quyidagilar mavjud  Ozarbayjon

Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ozarbayjon SSR (ozarbayjoncha: Азәрбајҹан Совет Сосиалист Республикасы, ruscha: Азербайджанская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ozarbayjoni deb yuritiladi.

Ozarbayjon SSR 1920-yilning 28-aprelida tuzilgan. 1922-yilgacha yarim mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan. 1922-yil Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1922-yilning dekabrida Zakavkazye SFSR yangi tuzilgan Sovet Ittifoqiga qoʻshilgan. 1936-yil 5-dekabrda Ozarbayjon SSR ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

Ozarbayjon SSR poytaxti Boku shahri boʻlgan. Naxichevan ASSR, Togʻli Qorabogʻ Avtonom Okrugi Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan. Respublika 61 rayonga boʻlingan, 65 shahar, 120 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqillikka erishdi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 9-asrdan Ozarbayjon hududida Mana, Midiya, Atropatena, Kavkaz Albaniyasi degan qadimgi davlatlar boʻlgan. 3–10-asrlarda Eron, Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 9–16-asrlarda Shirvon va boshqa davlatlar tashkil topgan. 11–13-asrlarda ozarbayjon elati shakllangan. 11–14-asrlarda saljuqlar, moʻgʻullar, Amir Temur istilo qilgan.

Boku 1960-yilda

16–18-asrlarda Safaviylar davlati tarkibida boʻlgan, Eron bilan Turkiya oʻrtasidagi kurash nuqtasiga aylangan. 18-asr oʻrtasidan boshlab 15 dan ortiq davlat hukm surib, ular Eronga qaram boʻlgan.

1813- va 1828-yillarda Ozarbayjonning shimoliy qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxiriga kelib Boku yirik sanoat markaziga aylangan. 1904-yili RSDRIning iskrachi komiteti tuzilgan. 1917-yil noyabr oyida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan va Boku kommunasi vujudga kelgan. 1918-yil yozida ingliz-turk intervensiyasi boshlanib, hokimiyat musovotchilar qoʻliga oʻtgan. Qizil armiya qoʻllovi bilan mamlakatda Sovet hokimiyati tiklangan.

1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR eʼlon qilingan. Oʻsha yili Ozarbayjon Kompartiyasi tashkil etilgan. 1922-yil 12-martdan Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1936-yil 5-dekabrda ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqilligini eʼlon qildi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Ozarbayjon SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 32. 5-89890-002-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]