Bardaa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bardaa (arab. — egar; armancha — Partav) — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1948-yildan). Qorabogʻ tekisligidagi Ter-ter daryosi boʻyida. Yevlax temir yoʻl stansiyasidan 26 km jan.da. Yevlax — Agʻdam avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 31,6 ming (1991). Paxta tozalash, yogʻsir va temir-beton buyumlari zavodlari, tikuvchilik fabrikasi bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Aftidan milodiy 4-asrda ham mavjud boʻlgan. 5-asrda bir muncha vaqt Perozapat (ehtimol sosoniy shohlaridan Peroz yoxud Feruz nomidan olingan boʻlsa kerak) deb atalib Kavkaz Albaniyasining poytaxti boʻlgan. 6-asr oʻrtasida koʻchmanchilarning tez-tez hujumlari natijasida alban katolikoslarining qarorgohi oʻrta asr Chol shahridan B.ga koʻchirilgan. 8- a. boshida butun Albaniya kabi B.ni ham arablar fath qilgan. Hosildor tekislikda, Sharq karvon yoʻllari kesishgan joyda joylashgan B. yirik savdo-hunarmandchilik shahriga aylangan. B.ning mudofaa devori, xandaqi, tosh koʻpriklari, timlari boʻlgan. 10-asrda saluriylar, soʻngra shim.dan kelgan ruslar tomonidan egallangan. Harbiy harakatlar natijasida tanazzulga yuz tutgan. 13-asr 1-yarmida moʻgʻullar istilosidan soʻng qishloqka aylangan. B. shahar harobasi — Ozarbayjondagi gʻoz. Barda shdan bir necha km masofada joylashgan. B.da naxichevanlik meʼmor Ahmad tomonidan 1322-yil qurilgan gʻishtin maqbara (diametri 10 m, balandligi 14 m) saqlanib qolgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil