Sheroz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sheroz — Eronning jan. qismidagi shahar. Fors ostonining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,1 mln. kishi (1997). Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi (atirgul, uzum, sitrus mevalar, tamaki, qand lavlagi yetishtirish) rayonining savdo markazi. Kimyo, elektrotexnika, neftni qayta ishlash, yogʻochsozlik, neft kimyosi, toʻqimachilik, oziqovqat (shu jumladan, atirgul moyi ishlab chiqarish) sanoati korxonalari mavjud. Sh. oʻzining gilamlari, zargarlik, mozaika (koshinkorlik) va kumush buyumlari, miniatyuralari bilan dunyoga mashhur. Unt, Fors muzeyi (Eron amaliy sanʼati), shahar yaqinida Saʼdiy maqbarasi bor.

Sosoniylar davrida Sh. oʻrnida qishloq boʻlgan. 7-asrda arablar tasarrufiga oʻtgach, shahar kengaygan. 14— 15-asrlarda Sh. oʻzining miniatyuralar maktabi bilan mashhur boʻlgan. 18-asrning 2-yarmida Eron poytaxti. Sh. fors shoirlari Saʼdiy va Hofiz vatani. shahridan 50 km shim.sharqsa Persepol xarobalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa devorlari va boshqalar saqlangan.