Bern

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bern — Shveysariya poytaxti, Bern kantonining maʼmuriy markazi. Mamlakatning markaziy qismida, Aare daryosining har ikki sohilida joylashgan. Aholisi 140 ming kishi, shahar atrofi bilan birgalikda 300 ming (1995), kupchiligi nemis tilida soʻzlashadi.

B.ga 1191 yil asos solingan. 1218 yildan imperiyaning erkin shahri. 1353 yil Shveysariya konfederatsiyasiga qoʻshildi. 1848 yildan Shveysariya poytaxti.

B. asosan maʼmuriy shahar. Sanoattaraqqiyoti jihatidan Syurix. Bazel shaharlaridan keyinda turadi. B.da elektrotexnika va aniq mashinasozlik (telefon, priborlar, elektr apparaturalari, poligrafiya mashinalari va boshqalar), toʻqimachilik, trikotaj, oziq-ovqat sanoati: yogochsozlik, poligrafiya korxonalari mavjud. Muhim transport yoʻllari tuguni. Mamlakatni Gʻarbiy Yevropa shaharlari bilan bogʻlaydigan bir necha temir yoʻl va avtomobil yoʻllarn B.dan boshlanadi. Xalqaro aeroport bor. Shaharda bir qancha xalqaro tashkilotlarning markaziy organlari — Jahon pochta ittifoqi byurosi (1874 yildan), Xalqaro telealoqa ittifoqi, Mualliflik huquqini muhofaza qilish xalqaro ittifoqi, Xalqaro transport ittifoqi byurosi va boshqa joylashgan. Unt (1834 yildan), Shveysariya milliy kutubxonasi, konservatoriya, teatr (1903 yildan), i. t. muassasalari, musiqa maktablari, kutubxonalar, muzeylar (Shveysariya, Alp togʻlari, Tarix, Badiiy va boshqalar) bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan gotika uslubida qurilgan shahar boshqarmasining binosi (ratusha, 1406—17), SanktVinsens sobori (1424—1588) va boshqa saqlangan. Turizm rivojlangan. B.ning mamlakatning boshqa shaharlari kabi moliyabaik faoliyati dunyo ahamiyatiga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil