Aeroport
Aeroport (aero… va port) — yoʻlovchilar, kj, pochtani havo transporta vositalarida muntazam tashishni taʼminlovchi binolar, inshootlar (aerodrom bilan birga) va jihozlar majmui. Xalqaro va mahalliy A.ga boʻlinadi. A. tarkibiga aerovokzal, pochta boʻlimlari, yuk ortish-tushirish ishlarini mexanizatsiyalash jihozlari boʻlgan ombor, ustaxonalar, angar, moddiy-texnika jihozlari, yonilgʻi quyish vositalari va boshqa saqlanadigan omborlar kiradi. A. radiolokatorlar, avtomatik radiotexnika vositalari, yorugʻlik signali tizimlari, navigatsiya qurilmalari va boshqa bilan jihozlangan boʻladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |