Moʻmina xotun maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Möminə Xatun türbəsi 10.jpg

Moʻmina xotun maqbarasi -Naxichevan (Ozarbayjon)dagi meʼmoriy yodgorlik (1186). Osiyo davlatidagi ildegizlar otabegi Muhammad Jahon Pahlavon rafiqasiga atab kurdirgan. Meʼmori Ajamip. Tarhi aylana, 10 qirrali, minora shaklida, diametri 14 m ga yaqin, balandligi 25 m. Tashqi kulohiy gumbazi (10 qirrali) saqlanmagan. Faxriddin Roziy maqbarasi, Qaldirgʻochbiy maqbarasi gumbazlariga xos uslubda qurilgan. Maxrbatli shakl mutanosibligi va meʼmoriy bezagi serhashamligi bilan ajralib turadi. Devor qirralari va sharafasi, yassi ravoqlari handasiy va islimiy naqshlar, kufiy yozuvi, feruza koshin va sirlanmagan gʻishtlar bilan bezatilgan. Ravoqlar tepasidagi aylana yozuvda qurilgan yili va meʼmor nomi saqlangan. Yer-toʻla markaziga tayanch ustuni oʻrnatilgan boʻlib, ravoqlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan. 2 sagʻana birinketin joylashgan. Moʻmina xotun maqbarasim.ning bezak va nisbat goʻzalligi, mahobatli shakli Naxichevan meʼmorlik maktabida yaratilgan oʻziga xos xususiyatdir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil