Irakliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Irakliy (575-641) - Vizantiya imperatori (610 y.dan). Karfagen ekzarxi(noibi)ning oʻgʻli. I. Foka (?— 610) ni taxtdan agʻdarib hokimiyatni egallagan. I. 626 y. avarlar va slavyanlarning Konstantinopolga qilgan hujumini qaytargan. I. saltanat shar-qidagi forslar bosib olgan yerlarni qaytarib olgan (627—628), lekin bu yerlarni arablar bosqinidan saqlab qololmagan (630-y.lar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil