Astara
Astara – Ozarbayjon Respubli-kasidagi shahar (1945-yildan). Kaspiy dengizi boʻyida, Astara daryosi quyilish joyida (Eron bilan boʻlgan chegarada). Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 15 ming kishi atro-fida (1999). Oziq-ovqat sanoati korxo-nalari bor. A. subtropik (choy, sitrus mevalar) oʻsimliklar xoʻjaligi rayoni markazi. Baliq ovlanadi.
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar haqidagi ilk tarixiy manbalar Ptolemey tomonidan milodiy 2-asrda yozilgan va birinchi atlas sifatida qabul qilingan “Geografiya” asarida uchraydi.
Ushbu shahar Ozarbayjonning Eron bilan chegarasida (uning bir qismi Janubiy Ozarbayjon hududida joylashgan), Astarachoy daryosining quyisida, Kaspiy dengizi sohilida, Lankaron pasttekisligida joylashgan. “Astara” so‘zi mahalliy tolish tilida, shuningdek boshqa Eron tillarida “yulduz” ma’nosini anglatadi. XIII asrga oid manbalarda Astara yashash manzili sifatida tilga olingan. Astara daryosining Eron tomonida joylashgan shahar va port ham Astara deb ataladi. Ushbu shaharning qadimgi nomi “Qum” bo‘lgan. Fors tilida “qum” so‘zi “past joy, pastlik” ma’nosini beradi. Ozarbayjon Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan davrda Astara qishloq maqomida bo‘lib, Boku gubernyasining Lankaron uezdiga kiritilgan. 1945-yilda Astaraga shahar maqomi berilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |