Temir yoʻl stansiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Temir yoʻl stansiyasi - temir yoʻl poyezdlarini joʻnatish va qabul qilish uchun moʻljallangan korxona. Unda temir yoʻl tarkibi va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatiladi, yuk va bagajlar qabul qilinadi, ortiladi, tushiriladi, vagonlardan poyezdlar tuziladi va h.k. Vazifasiga qarab — oraliq, uchastka, saralash, yuklash va yoʻlovchilar chiqarish; ish hajmi va murakkabligiga karab — sinfsiz (ish hajmi katta va texnik jihozlanish darajasi yuqori boʻlgan) va 1 — 5sinfli xillarga boʻlinadi. Transport yoʻlis. tarkibiga yoʻllar, vokzallar, xizmattexnika binolari, platformalar, saralash tepaligi, aloqa turlari va boshqa kiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Temir yoʻl stansiyasi" OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil