Kontent qismiga oʻtish

Zaqatala tumani

Zaqatala
tuman
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
41°33′0″N 46°43′0″E / 41.55000°N 46.71667°E / 41.55000; 46.71667
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
  Hokim Mubariz Ahmadzoda
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2012)
124 850 [1]
Zichligi 87 kishi/km2
Milliy tarkib ozarbayjon, avar, saxur, turk, rus, gruzin, lezgin, ukrayin, tatar, arman, kurd, yahudiy, olmon, tolısh, udin va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar
Telefon kodi 994 24
Avtomobil kodi 62
Zaqatala
 xaritada
Zaqatala
Zaqatala

Zaqatala tumani(ozarb. Zaqatala rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy mintaqalardan biri. Uning markazi Zaqatala shahridir.

Zaqatala maʼmuriy rayoni 1930-yil 8-avgustda tashkil etilgan.

Geografik mavqei

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayoni Ozarbayjon Respublikasining shimoliy-gʻarbida, poytaxt Baku shahridan 430 km masofada, Buyuk Kavkaz togʻlarining janibiy etaklarida, Qur’a-Ayrichay vodiysida joylashgan. Rayon ekoturizm uchun qulay yerda joylashgan. Uning tabiyati ajoyib. Bu yerda 1839-yilda tashkil etilgan (maydoni 23800 gektar) Zaqatala Davlat Qoʻriqxonasi, Zaqatala sharsharasi, Xalaxi koʻli, Malarasa oʻtish yoli, qolaversa davlat ahamiyatiga molik 108 ta tarixiy-madaniy obidalari bor. Shuningdek Mosul qishlogʻi hududida XIX asrda qurilgan minora bu rayonning eng goʻzal meʼmoriy obidalaridan biri sanaladi. Uning maketi Zaqatala rayonining Tarix muzeyida saqlanadi. Qayd etish lozimki, Mosul qishlogʻida yashagan aholining 100 foizi ingiloylar boʻlgan . Ulardan Mamrux qishlogʻi hududidagi II-IV asrlarga oid alban obidasi, V-VII asrlarga oid Zaqatala devori, Jar qishlogʻidagi XVI asrga oid Jinkoʻzqal’a, 1830-yilda qurilgan Zaqatala qal’ası va boshqalar saqlanib qolganini aytib oʻtish lozim. Zaqatala rayoni Buyuk Kavkaz togʻlari etagida Ozarbayjonning shimoli-gʻarbida joylashgan. Rayon shimoli-sharqdan Rossiya Federasiyasınıng Dogʻıston Respublikası , gʻarbdan Balakan rayoni, sharqdan esa Qax rayoni bilan chegaradoshdir. Rayonning shimoli-sharq tomoni togʻli, janub va janubi-garbiy qismi tekisliklardan iborat. Rayondagi eng baland nuqta Quton togʻidir (3648 m). Tekislik qismida yumshoq, togʻli qismida sovuq iqlim hukmronlik qiladi. Yanvar oyida oʻrtacha harorat tekislikda −1 °C, togʻlarda −10 °C, iyul oyida esa +24 °C va +5 °C ni tashkil etadi. Bu yerda yiliga 600–1600 mm yogʻingarchilik tushadi. Rayon hududining yarmini togʻlar egallagan boʻlsa, yarmi oʻrmonlar bilan qoplangan. Zaqatala — koʻpmillatli rayondir. Bu yerda asosan ozarbayjonliklar, saxurlar, avarlar, ingiloylar, ruslar va boshqa millatga mansub kishilar istiqomat qiladi. Rayon hududida juda koʻp tarixiy va madaniyət obidalari bor. Markazi Zaqatala shahridir. Shahar dengiz sathidan 535 metr balandlikda, Ozarbayjon Respublikasıning poytaxtı Baku shahridan 445 km uzoqlikda, Tala daryosining sohilida, Yevlax-Balakan shossesi oʻtadigan yoʻlda joylashgan.

Rayon hududi asosan togʻlik va tekisliklardan iborat.

Zaqatala hududining taxminan yarmini oʻrmonlar tashkil etadi. Rayonning relefi togʻ va tekisliklardan iborat. Rayonda oʻrmonlar koʻp, lekin ularning asosiy qismi togʻ va togʻoldi hududlarda joylashgan. Oʻrmonlar qimmatbaho daraxtlarga boy. Bu yerda - kashtan, yongʻoq, dub, grab, qayragʻoch va boshqa qimmatbaho daraxtlar koʻp. Faunasi, yaʼni hayvonot dunyosi ham xilma-xil. Togʻ va oʻrmonlarida bugʻu, togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayıq, boʻri, quyon va boshqa jonivorlar uchraydi. Shuningdek turli qushlarni ham uchratish mumkin. Bu yerda qirgʻovul, kaklik, togʻ lochini, kalxat, olaqargʻa va bulbul singari qushlarni uchratish mimkin.1929-yilda bu yerda, Bosh Kavkaz togʻlarining janubiy yonbagʻirlarida Zaqatala Davlat Q’oʻriqxonasi tashkil etilgan.

Iqlimi moʻtadil subtropik. Havo harorati togʻlarda sovuq, tekisliklarda esa issiqni tashkil etadi.

Rayon hududi 1 shahar, 2 shaharcha, 59 qishloqdan tarkib topgan. Uning markazi boʻlmish Zaqatala shahrida 20600 nafar aholi istiqomat qiladi. 1830-yilda bu yerda Zaqatala qal’ası qurilgan boʻlsa, 1840-yildan esa Zaqatala shahar maqomini olgan. Maydoni 1348 kv. km. 2012-yil 1-yanvar holati boʻyicha taxminan 121.394[3] nafar aholi yashaydi. Ularning asosiy qismini ozarbayjonliklar tashkil etadi. Shuningdek rayonda ozarbayjonliklardan tashqari 20 dan ortiq millat va elatlar (rus, ukrayin, gruzin, lak, avar, saxur, udin, ingiloy, lezgi, tatar, yahudiy, turk, yunon, osetin va boshqalar) istiqomat qiladi.

Zaqatala rayoni, RİHB İjro namoyandalari va shahar oʻz-oʻzini boshqarish organlari tomonidan idora qilinadi. Rayonda 29 ijro va 31 nafar oʻz-oʻzini boshqarish organi xodimlari faoliyat koʻrsatadi.. Aholining umumiy soni — 121 394. Qishloqlar soni — 59. Shaharchalar soni — 2 ta. Oʻrta taʼlim muassalarining soni — 71 ta. Maktabgacha taʼlim muassasalarining soni — 39 ta. Umumtaʼlim maktablarining soni — 67. Texniki, oʻrta-maxsus va kasbga yoʻnaltirilgan maktablarning soni — 4 ta. Oliy taʼlim muassasalarining soni — 2 ta. Shifoxona va tibbiyot muassasalarining soni — 10 ta. Madaniyat markazlari soni — 143.

Zaqatala rayoni aholisining milliy tarkibi
Etnik guruhlar 1939 r/o.[2] 1959 r/o.[3] 1970 r/o.[4] 1979 r/o.[5] 1999 r/o.[6] 2009 r/o.[7][8] 2012 r/t.[9]
Jami45 85447 77669 27079 627107 240118 228121 394
ozarbayjon21 71229 78542 03449 07163 81180 47681 474
avar9 9588 87815 24017 59225 83525 57826 402
saxur6 021**2 6035 6977 72813 11411 20312 788
turk303303320
rus3 7542 2291 661*1 213*404233210
gruzin2791781 7852243 0755927
lezgin1 6852 1371 0142 2183135071
ukrayin268**507
tatar5956321115
arman1 4591 2341 0388841
kurd14117950
yahudiy2923138
olmon49
tolısh1818
udin**35
Boshqa169771962230331522

Eslatma: *- Ukrayın va Ruslar bilan birgalikda /**- Saxurlar va boshqar Dogʻıston xalqları /r.o.- roʻyxatga olish. /r.t.- 2009 yilgi roʻyxatga olish natijalari asosidagi rasmiy taxmin.

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

İqtisodiyoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayon iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi asosiy oʻrinni egallaydi. Don (ayniqsa makkajoʻxori), tamaki, mevachilik (yongʻoq), sabzavot mahsulotlarini yetishtirish yetakchi hisoblanadi. Rayonda oziq-ovqat mahsulotlari kombinatı, yongʻoq tozalovchi, tamaki mahsulotlari yetishtiruvchi, efir-moy zavodları, tikish va mebel fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Rayon keng turizm imkoniyatlariga ega.

Madaniyat, taʼlim va tibbiyot muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rayonda 48 oʻrta, 14 asosiy, 4 boshlangʻich maktab, 1 gumanitar fanlar gimnaziyası, 39 maktabgacha tarbiya muassasasi, 6 ixtiyoriy maktab muassasasi, BETMning Zagatala filiali, 2 oliy maktabining (oʻqituvchilar institutu va islom universiteti) filialı, 1 kollej, 1 kasbiy-texnika maktabi, 81 kutubxona, 36 klub, 27 madaniyat uyi, 1 xalq teatrı, tarix-madaniyat qoʻriqxonasi, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, 1 musiqa maktabi, yosh bolalar sport maktabi, shaxmat maktabi, bolalar ijodiyot markazi, 10 shifoxona, 21 qishloq vrachlik ambulatoriyası, 26 feldsher stantsiyalari, 23 masjid, 1 mehmonxona, 4 motel faoliyat koʻrsatadi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etishini yuqorida aytib oʻtdik. Rayonda mebel, tikuvchilik, qurilish materialları, oziq-ovqat, yengil sanoatni rivojlantirish uchun katta salohiyat va imkoniyatlar mavjud.

Moddiy-madaniy merosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayoni hududida Ozarbayjon Respublikasi Nozirlər Kabinetining 2001-yil 2-avgustdagi 132 sonli qaroriga asosan Davlat himoyasiga olingan 100 ga yaqin obida qayd etilgan. Bulardan eng qadimiysi Pariqal’a, Armatay qal’ası, Cingoʻzqal’a, Shayton qal’ası, Zaqatala qal’ası va boshqalardır. Rayonning qishloq joylarida VI-VIII asrlardan qolgan 10dan ortiq Alban obidalari bor.

Rayonning Mamrux (Mamrux cherkovi), Mazıx, Muxax, Qabizdara, Yuqorı Tala (Yuqorı Tala ibodatxona) va Yuqorı Chardoxlar qishloqlarida VI-VIII asrlardan saqlanib qolgan koʻplab Alban obidalari, qal’alar mavjud boʻlib, moliyaviy qiyinchiliklar sababli ularni yangidan qurish imkoni boʻlmasada qisman taʼmirlash ishlari olib borildi. Bu yerda mavjud boʻlgan masjidlarning hammasida yangidan qurilish, taʼmir ishlari olib borilgan va tarixiy obida sifatida davlat himoyasiga olingan. Rayondagi tarixiy obidalarning koʻpi eng qadim davrlardan to hozirga qadar saqlanib qolgani asosan qishloqlarda joylashgan. Goʻzparak va Halal qishloqlarida XVIII asrga oid masjidlar, Keloba qishlogʻida XV asrga oid ikki minora, Mazıxda XII asrga oid minora, Yuqorı Chardoxlarda V asrga oid Pariqal’a, Jar qishlogʻida XIV asrga oid Chingizqal’a va rayon Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Pashan qishlogʻida Alban minorasi (XIII asr) va Axaxdara qishlogʻidaki Alban minorasi (XII asr), shuningdek, boshqa qishloqlarda, jumladan Aliobod va Mosulda XIX asrda qurilgan masjidlar saqlanib qolgan.

Zaqatala shahar stadioni

Rayonda 1 Olimpiya Sport Kompleksi, 3 stadion, 1 suzish havzasi, 1 shaxmat klubi, 71 ta oddiy, 18 ta kichik sport kompleksi, 3 aerobika-trenajor zali faoliyat koʻrsatadi. Rayon sportchilari Respublika, Yevropa va Jahon chempionatlarida yuksak natijalarni koʻrsatib Ozarbayjon sporti taraqqiyotida oʻz munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

Oʻz-oʻzini boshqarish organlari haqida maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaqatala rayonida 31 oʻz-oʻzini boshqarish organlari faoliyat koʻrsatadi. Zaqatala oʻz-oʻzini boshqarish organlari Zaqatala shahrini idora qiladi. Rayonda shunday oʻz-oʻzini boshqarish organlari borki, ularning tarkibida bir necha qishloqlar oʻrin olgan. Umuman mavjud 31 ta oʻz-oʻzini boshqarish organlari tarkibida 1 shahar, 1 shaharcha va 59 qishloq bor. 2004-yil 1-yanvardagi maʼlumotlarga qaraganda ularda 110830 nafar aholi istiqomat qiladiki, ularning 83297 nafari qishloq joylariga toʻgʻri keladi.

  1. „Əhalisi — Zaqatala Rayon İcra Hakimiyyəti. Qaraldi: 29 iyun 2015..
  2. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1939 goda)
  3. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1959 goda)
  4. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1970 goda)
  5. Ethno-Caucasus, Etnodemografiya Kavkaza :Zakatal’skiy rayon (perepis' 1979 goda)
  6. Population statistics of Eastern Europe :Azerbaijan Republic population and housing census of 1999 (Wayback Machine saytida 2017-09-19 sanasida arxivlangan)
  7. Azərbaycan Dövlət Statistika Komitəsi :Zaqatala rayonu (Wayback Machine saytida 2009-11-14 sanasida arxivlangan)
  8. Population statistics of Eastern Europe :Azerbaijan Republic population and housing census of 2009 (Wayback Machine saytida 2012-02-07 sanasida arxivlangan)
  9. Zaqatala Rayon İcra Hakimiyyəti :Əhalisi[sayt ishlamaydi]