Bratislava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bratislava

slovakcha: Bratislava
Poytaxt
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
48°08′41″N 17°06′46″E / 48.14472°N 17.11278°E / 48.14472; 17.11278 G OKoordinatalari: 48°08′41″N 17°06′46″E / 48.14472°N 17.11278°E / 48.14472; 17.11278 G O
Mamlakat Slovakiya
Ichki boʻlinishi 5 tuman
Hukumat
 • Mer Matúš Vallo
Ilk eslatilishi 907
Avvalgi nomlari Pressburg, Pozsony
Maydon 367,584 km2 (141,925 mi²)
Markazi balandligi 134 m
Rasmiy til(lar)i slovakcha
Aholisi
 (2021)[1]
475,503
Etnoxoronim bratislavalik (lar)
Vaqt mintaqasi UTC+1
Telefon kodi +421 2
Pochta indeks(lar)i 8XX XX
Avtomobil kodi BA,BL,BT
Bratislava xaritada
Bratislava
Bratislava

Bratislava (slovakcha: Bratislava) — Slovakiya Respublikasining poytaxti, Avstriya va Vengriya chegarasiga yaqin joyda. Mamlakatning yirik iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 452 ming kishi (1997). Bratislava 10-asr boshlarida Buyuk Moraviya knyazligidagi qalʼa sifatida tilga olinadi. Bu knyazlikni vengerlar tormor etgach (907), Bratislava Pozsony nomi bilan Vengriyaga qoʻshildi. Oʻrta asrlarda esa nemislar qoʻliga oʻtib, Pressburg deb nomlangan. 1536-yilda gabsburglarning Vengriyadagi markaziga aylandi. 1541—1784-yillarda Bratislava Vengriya qirolligi poytaxti, 18-asr oxiridan Slovakiya milliy ozodlik harakatlari markazi boʻlgan. 1918-yilda Chexoslovakiya tashkil topgandan soʻng, Slovakiya Respublikasining, 1992-yildan mustaqil Slovakiya Respublikasi poytaxti.

Bratislava transport yoʻllari tuguni. Dunay boʻyidagi yirik portlardan. Aniq mashinasozlik va stanoksozlik, elektrotexnika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, poligrafiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati rivojlangan. Kimyo va neft kimyosi sanoati markazi. Slovakiya Fanlar akademiyasi (1953), Slovakiya muzeyi, unt, politexnika instituti, iktisod, badiiy va teatr institutlari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika uslubidagi sobor (1221), Mixaylov darvozasi (14—18-asrlar) va boshqa saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named StatsPop