Boku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boku shahri Ozarbayjon xaritasida.

Baku (ozarbayjoncha: Bakı) - Ozarbayjon Respublikasining poytaxtı. Xazar dengizi qirgʻogʻida, mamlakat janubida joylashgan shahar. Shaharda 2 milliondan oshiq kishi istiqomat qiladi.

Kaspiy dengizi Boku (ozarbayjoncha Baki) — shahar, Ozarbayjon poytaxti. Ozarbayjonning yirik sanoat, fan va madaniyat markazi. Boku tuguni. Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilidagi yirik port. Apsheron ya. o.ning jan. qismida. B.ning markaziy qismi Boku buxtasiga zinapoyasimon pasayib tushuvchi amfiteatr shaklida joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 3°, iyulniki 25—30°, yiliga 180–300 mm yogʻin yogʻadi. Kuz faslida koʻpincha kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 1080,5 ming kishidan ziyod (1999; shahar kengashiga boʻysunuvchi aholi punktlari bilan birga 1713,3 ming); 19-asr avvalida B.da 4,5 ming kishi, asr soʻngida 112 ming kishi yashagan. Aholisi asosan, ozarbayjonlar va ruslar, shuningdek yahudiylar, dogʻistonliklar va boshqa ham bor.

B. birinchi marta 5-asr yozma manbalarida, shuningdek Sharq geograflari (Istaxriy, AlMaʼsudiy, AlMuqaddasiy) asarlarida esa 9—10-asrlardan tilga olinadi. Muqaddasiy asarida B.ning port shaharligi aytilgan. B.da neft konlari borligi haqida Yoqut Hamaviy, Zakariyo alQazviniy, Hamdulloh Kazviniy, Avliyo Chalabiy, Abdurashid Bakuviy asarlarida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻsha zamonlardayoq B.da neft chiqarilgan va Sharq mamlakatlariga, jumladan Oʻrta Osiyoga ham joʻnatib turilgan. 12-asrning 2-yarmidan Shirvon davlatining siyosiy markazi boʻlgan. Kaspiy dengizi boʻyidagi shaharlarning savdo aloqalari B. porti orqali amalga oshirilgan. B. qalʼasi 15—16-asrlarda Jan. Kavkazdagi kuchli qalʼalardan biri bUlgan. 1540 yilda B.ni Safaviylar egalladi, 1580- yillarga kelib turklar davlati tarkibida. 1604 yilda Eron shohi Abbos I B. qalʼasini zabt etdi. 17-asrda B. anchagina katta shahar hisoblangan. Turk sayyohi Avliyo Chalabiyning yozishicha, B.dan olinayotgan neft shoh xazinasiga katta daromad keltirgan. 1723 yil shaharni rus qoʻshinlari bosib oldi, lekin 1735 yilda u Eronga qaytarib berildi. 1747 yildan Boku xonliginint poytaxti boʻlgan. Keyinroq, RossiyaEron urushi davrida (1804—13) B.ni Rossiya ikki marta bosib oldi (1806 va 1813). 1897-1907 yillarda B. Batumi neft quvuri oʻtkazilgan. 1901 yil B. konlaridan 11,4 mln. t neft qazib olindi (jahonda qazib olingan neftning 50%). B. 1917 yilgacha gubernya markazi boʻlgan. 1917 yil 31 okt. (13 noyab.)da B.ni bolsheviklar egallab, shoʻrolar hokimiyatini oʻrnatdi. Ammo zoʻrlik bilan oʻrnatilgan hokimiyat 1918 yil 31 iyulda agʻdarib tashlandi. 1920 yil 28 apr.da hokimiyat markazdan yuborilgan Qizil Armiya yordamida yana bolsheviklar kuliga oʻtdi va B. Ozarbayjon Respublikasining poytaxti deb eʼlon qilindi. 1991 yil avg .dan B. mustaqil Ozarbayjon Respublikasi poytaxti.

B.da neft va gaz chiqarish, neftni qayta ishlash, neftkimyo, kimyo, mashinasozlik (neft sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, radioelektronika va boshqalar), metallsozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. B. bir qancha yirik issiqlik elektr stansiyalardan iborat oʻz energetika sistemasiga ega. Shahardagi koʻp sonli sanoat korxonalari orasida neft konlari alohida oʻrin tutadi. B.ning sharqiy qismida neftni qayta ishlaydigan z-dlar (Yangi Boku, Qorayev nomli va boshqalar), kimyo, mashinasozlik, metallsozlik z-dlari (yuqori voltli apparatura, sovutkichlar, televizor, gaz apparatlari va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalar); yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari (toʻqimachilik, kamvol, mayin movut k-tlari, poyabzal fkalari, goʻsht k-ti, un z-dlari va boshqalar) ishlab turibdi.

B. — yirik transport tuguni. Yuk oborotila dengiz savdo porti yetakchi oʻrinni egallaydi. B. — Turkmanboshi (sobiq Krasnovodsk) oʻrtasida dengiz paromi ishga tushirilgandan keyin uning ahamiyati yanada ortdi. Xalqaro aeroport bor. Shahar atrofiga qatnovchi temir yoʻl B.ni sanoat korxonalari, konlar, kurortlar bilan boglaydi. B. bilan RostovDon, Tbilisi, Yerevan, Astara shaharlari temir yoʻl orqali bogʻlangan. Shaharda 1924 yildan tramvay, 1932 yildan avtobus, 1941 yildan trolleybus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. 1967 yil B.da metropoliten ishga tushirildi. B. atrofida yangi yoʻldosh shaharlar barpo etildi: Zabrat, Mashtaga, Dubendi va Primorsk.

B.da tarixiy yodgorliklardan Siniqqalʼa (Pa.), Qiz qalʼasi (12-asr) minoralari, qad. saroylar, Shirvonshohlar saroyi (15-asr), Safaviylar sulolasi davridagi (17a) karvonsaroy, shuningdek qasrlar, minoralar, masjidlar saqlanib qolgan. 1920- yillarda shaharning eski qismi taʼmirlandi, yangi bogʻ va maydonlar barpo boʻldi. Nizomiy muzeyi, Vazirlar Kengashi binosi, katta stadion va boshqa qurildi.

B.da 1945 yilda Ozarbayjon FA tashkil etilgan. 11 oliy oʻquv yurti, shu jumladan 3 unt, 7 teatr, qariyb 30 muzey (shu jumladan sanʼat muzeyi, gilamchilik muzeyi, amaliy sanʼat muzeyi) bor. B. va uning atrofida koʻpgina kurortlar joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]