Parij

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ParisFransiyaning poytaxti. Mamlakatning eng muhim iqtisodiy, siyosiy va madaniy markazi. Dunyodagi eng katta va goʻzal shaharlardan. Il-deFrans tarixiy viloyatining bosh shahri. Sena daryosi sohilida. Ikdimi yumshoq, moʻʼtadil, dengiz iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 3,4°, iyulniki 18,8°. Yillik yogʻin 645 mm. Aholisi 2,2 mln. kishi (2013). Atrofidagi shaharlar bilan Katta P.ni tashkil etadi (aholisi 8,7 mln. kishi).

Miloddan avvalgi 1-asrda hozirgi P. oʻrnida gallar qabilasi boʻlgan pariziylarning Lyutetsiya qishlogʻi bor edi; rimliklar davrida yirik savdo markazi, milodiy 3—4asrlarda Pariziya deb atalgan (Parij nomi shundan olingan). 497 yildan frank qirollari qarorgohi. Karolinglar davrida — faflik markazi. 885—886 yillarda P. normannlar qamaliga bardosh bergan. 987 yildan P. fransuz qirolligi poy-taxti. 14—15-asrlarda P. bir qancha xalq harakatlari maydoniga aylangan. Yuz yillik urush davrida (1337—1453) P. inglizlar tomonidan bosib olinib, 1436 yilgacha ular qoʻlida boʻlgan. 16-asrdagi diniy urushlarda P.ning siyosiy mavqei kuchaydi. 17-asrning oʻrtalarida, ayniqsa, 18-asrda P. Yevropaning mada-niy markaziga aylangan. Fransiya— Prussiya urushi (1870—71) davrida P.ni nemis qoʻshinlari bosib oldi. 2-jahon urushi davrida P. gitlerchilarga qarshilik koʻrsatishning yirik markazlaridan biriga aylandi. Shahar 1944 yil 19—25 avg .da ulardan ozod qilindi.

P. mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 1/4 qismini beradi. Sanoatning yetakchi tarmoklari: mashinasozlik (xususan, avtomo-bilsozlik, elektrotexnika va elektropika) va metallsozlik. Samolyotsozlik, stanoksozlik, aniq mexanika va optika buyumlari ishlab chiqarish, harbiy sanoat ham salmoqli oʻrin egallagan. Kime sanoatida rezina, dori-darmon, fotomateriallar ishlab chiqariladi. P.da tayerlangan galantereya va parfyumeriya hamda zargarlik buyumlari, tayyor kiy-imlar, safar anjomlari, turistlar uchun esdalik buyumlari dunyoga mashhur. Tikuvchilik, qogʻoz, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati rivojlangan. Turistlar koʻp keladi.

P. — transport yoʻllarining yirik tuguni, dare porti. Shahardan I tomonga radial ketgan t.yillar 2 qator xalqa yoʻl bilan birlashtirilgan. 3 ta yirik aeroport bor. P.da 1900 yildan metropoliten ishlamoqda.

Shahar radial-halqasimon qilib planlashtirilgan. Bir-biriga bogʻlanib ketgan, shaklan oʻziga xos ansambllar sistemasi sha-har qiyofasiga alo-hida husn bagʻishlaydi. Shaharning qad. markazi Site o. boʻlgan. Bu yerda gotika uslubida qurilgan Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr-Dam, 1163—1257), Sent-Shapel butxonasi (1243—48) kabi yodgorliklar saqlangan. 16—17-asrlarda P. salo-batli poytaxt qiyofasiga kirgan. Koʻchalar, maydonlar plan asosida qurilgan. Luvr (1546—19-asr oʻrtalari), Lyuksemburg saroyi (1615—21), Sorbonna un-ti va uningcherkovi (1629—53), Nogironlar uyi (1671—76), Nogironlar sobori (1680—1706), Vogezlar maydoni (1606—12), Val-degras monasti-ri(1645—71) bunyod etilgan. 18-asr va 19-asr boshlarida P. markazida ulkan may-don barpo etildi. U Luvr maydonini, Karusel (1806) maydonidagi arkni yangi Rivoli koʻchasi, Tyuilri bogʻi, Yelisey maydoni, de Goll maydonidagi Zafar darvozasi (1806—37) bilan birlashtiradi. Shu r-nning gʻarbida turar joy kvartallari joylashgan. U Bulon oʻrmoniga borib taqaladi. Daryoning chap sohilida Panteon (1758— 90), Burbonlar saroyi (18—19-asrlar), Grand-Opera teatri binosi (1860—75), Eyfel minorasi (1889) qad koʻtargan. 20-asrda P.da zamonaviy meʼmorlik uslubida Mars maydoni (1908—28), Shayo saroyi (1936), 60-yillarda va 70-yillarning boshlarida YUNESKO binosi va boshqa yangi majmualar bunyod etildi. Sena daryosiga 60 dan ziyod koʻprik qurilgan.

P.da mamlakatning yetakchi ilmiy tadqiqot in-tlari va oliy oʻquv yurtlari joylashgan. Parij (Sorbonna) un-ti (13-asr), Fransiya kolleji, konservatoriya, konchilik, sanʼat maktablari, qishloq xoʻjaligi in-ti, Fransiya in-ti (tarkibida 5 akademiya mavjud), muzeylar (Luvr muzeyi va boshqalar), 60 dan ziyod teatr (jumladan, "GrandOpera", "Komedi Fransez"), konsert zallari, yirik ku-tubxonalar, kosmosni tadqiq qilish markazi, telemarkaz va boshqa bor. Shaharda sanoat va savdo birlashmalari, yirik mahalliy va xorijiy banklar, davlat maʼmuriy-boshqaruv idoralari, siyo-siy partiyalarning rahbarlik organlari va h.k. joylashgan. Har yili P.da savdo yarmarkalari oʻtkaziladi. P.da 1900 va 1924 yillarda 2- va 8-olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan. Shahar atro-fida oʻrmonlar saqlangan.[1]

Paris, Fransiya
Flag of Paris, Fransiya
Bayroq
Official seal of Paris, Fransiya
Gerb
France jms.png
Mamlakat Fransiya
Hukumat
 - mer Bertrand Delanoë /Bertran Deloanoe/
Aholi (2009)
 - Jami 2,234,105
Birodar shaharlar Rim
vebsayt: www.paris.fr


Paris (frans. Paris) (transl.: Pari) — Fransiya poytaxti, mamlakatning eng yirik iqtisodiy va madaniy markazi.

Paris Night.jpg

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil