Minsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Minsk, Belorussiya
Flag of Minsk, Belorussiya
Bayroq
Official seal of Minsk, Belorussiya
Gerb
Miensk - Plac Niezaležnaści.jpg
Mamlakat Belorussiya
Hukumat
 - mer Nikolay Ladutko (2009—)
Aholi (2007)
 - Jami 2 995 000
Birodar shaharlar Nottingem, Sendai, Bangalor, Lion, Belu-Orizonti, Changchun, Łódź, Bonn, Eindhoven, Kiyev, Dushanbe, Kishinyov, Gavana, Tehron, Abu Dabi, Anqara, Tiraspol, Detroyt, Qohira, Vilnyus, Kalisz, Bakersfield, Karakas, Yerevan, Murmansk, Novosibirsk, Pekin, Potsdam, Sankt-Peterburg, Riga, Odessa, Brașov, Reinickendorf, Nevers, Omsk, Bryansk
vebsayt: www.minsk.gov.by

Minsk (bel. Мінск , 1939-yilgacha — Менск deb atalgan[1] rus. Минск) — Belorussiya poytaxti.

Minsk — Belorussiya Respublikasining poytaxti, Minsk viloyati markazi. Transport yoʻli, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Svisloch daryosining (Berezina irmogʻi) har ikkala sohilida joylashgan. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —6,9°, iyulniki 17,8°. Yillik yogʻin miqdori 646 mm. Aholisi 1719 ming kishi (1998), asosan, beloruslar, shuningdek, rus, ukrain, polyak va boshqa millat vakillari ham yashaydi. M. birinchi marta 1067 yil yilnomalarida "Menesk" shaklida tilga olingan. 12-asr boshlarida Minsk knyazligining maʼmuriy markazi, 14-asrda Litva va Polsha qoʻl ostiga oʻtdi. 1569 yildan Minsk voyevodaligining markazi. 1793 yilda Rossiyaga qoʻshib olindi. 1919 yil 1 yanv.dan Belorussiya shoʻrolar Respublikasi poytaxti. 2jahrn urushi davrida 80% tupap joy binolari, barcha f-ka va z-dlar, elektr st-yalar, ilmiy muassasalar, teatrlar qattiq shikastlandi, baʼzilari yoʻq boʻlib ketdi. 1944 yil 3 iyulda M. nemis-fashistlar okkupatsi-yasidan ozod qilindi. 2-jahon urushida koʻrsatgan mardligi va qahramonligi va shaharning ozod qilinganligi munosabati bilan M.ga qahramon shahar unvoni berildi (1974 yil 26 iyun). M. 1991 yil dan mustaqil Belorussiya Respublikasining poytaxti. Sanoatining yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik va metallsozlik. "MTZ" traktor z-di, avtomobil "Belavto "MAZ" ishlab chiqarish birlashmasi, stanoksozlik, avtomatik liniyalar, motor, podshipnik, isitish uskunalari, elektrotexnika, sovitkich, asbobsozlik, elektron-hisoblash mashinalari, ressor z-dlari faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (tibbiy pre-paratlar, lok-boʻyoq z-dlari), mebel qurilish materiallari (gips va chinni, kurilish materiallari va yirik blokli qurilish detallari k-tlari, uysozlik z-dlari), yengil (kamvol va mayin movut k-tlari, koʻn, tikuvchilik, trikotaj f-kalari), oziqovqat sanoatlari korxonalari (goʻsht, sut, un k-tlari, qandolatpazlik, tamaki f-kalari, non, margarin, pivo z-dlari), poligrafiya k-ti bor. 1984 yilda metropoliten ishga tushirilgan. M.ni mahalliy TETS va boshqa elektr st-yalar elektr energiya bilan taʼminlaydi. 13 oliy oʻquv yurti, 29 ilmiy tadqiqot in-ti, 7 teatr, 12 muzey, sanatoriylar bor.

Meʼmoriy binolardan Hukumat uyi (1930—33), sport saroyi (1966), suv sporti saroyi majmuasi (1965—69) mashhur.[2]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]