Ktesifon
Ktesifon (arab. Taysafun, Madoin) — Furot daryosi chap qirgʻogʻidagi qad. shahar (hozirgi Bagʻdod yaqinida). K. Parfiyaning harbiy tayanch punkti (miloddan avvalgi 3-asrdan), keyinchalik parfyan shoxlarining qarorgohi boʻlgan. Rim imperatori Trayandan boshlab rimliklar bir necha marta K.ni egallashgan. K. 266 yilda Sosoniylar poytaxti boʻlib, soʻnggi antik davrning eng katta va boy shaharlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Sosoniylarning hashamatli saroy harobalari saqlangan. K. 637 yilda arablar tomonidan bosib olingan va vayron qilingan. Bagʻdod barpo etilganidan keyin (762 yil) uzil-kesil oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |