London

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
London
shahar
London Montage L.jpg
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
51°30′26″N 00°07′39″W / 51.50722°N 0.12750°W / 51.50722; -0.12750 G OKoordinatalari: 51°30′26″N 00°07′39″W / 51.50722°N 0.12750°W / 51.50722; -0.12750 G O
Mamlakat Birlashgan Qirollik
Birlashgan Qirollik London
Tuman Katta London
Hukumat
 • Mer Sodiq Xon
Asos solingan 47-yil
Avvalgi nomlari Londonium, Avgusta, Lundenvik, Lundenburx
Maydon 1,706.8 km2 (659.0 mi²)
Markazi balandligi 22 m
Iqlim turi yumshoq dengiz iqlimi
Rasmiy til(lar)i inglizcha: {{{1}}}
Aholisi
 (2020)
8 961 989[1]
Zichligi 5667 kishi/km2
Milliy tarkib oq tanlilar 59,8 % (britaniyaliklar 44,9 %),
osiyoliklar 18,4 %,
qora tanlilar 13,3 %,
aralash 5 %,
boshqalar 3,4 %
Konfessiyaviy tarkib nasroniylar 48,4 %,
musulmonlar 12,4 %,
induslar 5,1 %,
yahudiylar 1,8 %, sikxilar 1,5 %,
ateistlar 20,7 %
Etnoxoronim londonlik
Vaqt mintaqasi UTC+0, yozda UTC+1
Telefon kodi +44 20
Pochta indeks(lar)i E, EC, N, NW, SE, SW, W, WC, BR, CM, CR, DA, EN, HA, IG, KT, RM, SM, TN, TW, UB, WD
London xaritada
London
London

LondonBuyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Katta London deb ham nomlanadi. Temza daryosining quyi oqimida, Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan maʼmuriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta L.ni tashkil etadi. Aholisi 7 mln. kishi (1999). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq boʻlmagan dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik oʻrtacha yogʻin 700 mm.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„London“ nomini kelib chiqishi Rim davridagi "Londiniyum" (lotincha: Londinium) nomiga borib taqaladi, lekin bu fakt noaniqdir. Birinchi, epigrafik maʼlumotlar 70 yilgi lotincha: Londinio qaydlariga borib taqaladi[2][3]. Tatsit tomonidan qayd qilingan 130-yilgi maʼlumotlariga koʻra shaharning nomi "lotincha: Londinium ekanligi qayd qilingan, taxminan II asr o'rtalari Ptolemeyning qaydnomalarida (qadimgi yunoncha: Λονδίνιον „Londinion“) nomi keltirilgan.[4][5]. Orolni tark etishdan sal oldin, 368 yil atrofida rimliklar shahar nomini „Augusta“ deb oʻzgartirdilar. VIII asrning birinchi yarmiga oid kumush tangalarda de Lundonia yozuvi mavjud. IX asr soʻngida sakslar avvalgi rim shahrini qayta tiklab, uni Lundenburxom (qad.-ing. Lundenburh) deb nomlashadi[6].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rim davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rimliklar bosib olgunga qadar (milodiy 40—60-yillar) xoz. L. oʻrnida keltlar qishlogʻi boʻlgan. Rimliklar hukmronligi davrida L. dastlab harbiy lager, soʻng dare va dengiz porti boʻlgan.

Oʻrta asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

4-asr oʻrtalaridan Rim Britaniyasining muhim siyosiy markazi. Anglo-sakslar istilosi davrida (5—6-asrlar) shahar vayron qilingan va tezda qayta tiklangan. 7-asr boshlaridan muhim savdo va siyosiy markazga aylangan. 11-asr oxiri12-asr boshlarida L. Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylandi.

XVI—XVII asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-asrda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan L.da yirik savdo kompaniyalari vujudga keldi; 1571-yilda London birjasi ochildi. Angliya savdosining 2/3 qismi oʻtadigan L. porti jahon ahamiyatiga ega boʻla boshladi. Sanoatning jadal rivojlanishi va Buyuk Brita-niyaning muhim sanoat, savdo va moliyaviy jihatdan qudratli davlatga aylanishi (18-asr oxirlari) L.ning du-nyodagi yirik dengiz porti, savdo va moliyaviy markaz sifatidagi ahamiyatini oshirdi.

XX — XXI asrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi va undan keyingi davrlarda L. da metallsozlik, mashinasozlik, jumladan, avtomobilsozlik, aviatsiya, elektrotexnika kabi yangi sanoat tarmoqlari rivojlandi. Ikkinchi jahon urushi davrida L. nemis-fashistlar aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingan. Oʻsha davrda harbiy sanoat, ayniqsa, aviatsiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari rivojlandi.

Xalqaro markaz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlament binosi
Tauer koʻprigi
London

L. — Buyuk Britaniyadagi tinchlik uchun kurash markazlaridan biridir. 1949-yildan boshlab, shaharda tinchlikni himoya qilish boʻyicha milliy kongress va konferensiyalar chaqiriladi. L. — diplomatik uchrashuvlar, majlis va xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladigan joy.

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Temza daryosining Shimoliy dengizga quyilish yeridagi yirik port (yillik yuk ortib-tushirish 60 mln. t). Xitrou va Gatuik aeroportlari xalqaro ahamiyatga ega. Katta L. mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining qismini beradi.

Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda poytaxt aholisi ehtiyojlarini taʼminlash, L. porti orqali keltiriladigan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash bilan bogʻliq sanoat tarmoqlari ayniqsa rivojlangan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, priborsozlik), shuningdek, elektrotexnika va radiotexnika sanoati korxonalari bor. Dastgohsozlik va kema taʼmirlash ham muhim ahamiyatga ega. Chetdan keltiriladigan xom ashyo hisobiga rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari ishlab turibdi. Tikuvchilik, koʻn-teri, poyabzal, mebel, poligrafiya, farmatsevtika, sement, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Harbiy sanoat rivojlangan. L. porti orqali chetga sanoat mahsulotlari chiqariladi, chetdan neft, oziq-ovqat, oʻrmon mahsulotlari va boshqa keltiriladi. L.da dunyoda eng birinchi metropoliten qurilgan (1860—63). L.da turli moliyaviy, savdo, sugʻurta kompaniyalari, banklar, savdo va fond birjalari, nashriyotlar, gaz. tahririyatlari, xal-qaro va Britaniya monopoliyasi va xorij firmalari filiallari toʻplangan.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Londonda iqlim oʻrtacha dengiz iqlimi hisoblanib, yumshoq qish va iliq yoz va yil davomida yogʻingarchilikning birtekis tarqalishi bilan kechadi. Gʻarbiy Evropada boʻlgani kabi, yumshoq iqlim Golfstrim oqimining issiq okean oqimi taʼsiriga bogʻliq. London iqlimining oʻziga xos xususiyatlaridan biri yanvar oyidadan (+5,1 °C) iyulgacha (+18,1 °C) harorat amplitudasining farqi 13 °C ni tashkil qiladi.

London iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 17,2 21,2 24,5 29,4 32,8 35,6 37,9 38,1 35,0 29,5 21,1 17,4 38,1
Oʻrtacha maksimal, °C 8,4 9,0 11,7 15,0 18,4 21,6 23,9 23,4 20,2 15,8 11,5 8,8 15,7
Oʻrtacha harorat, °C 5,6 5,8 7,9 10,5 13,7 16,8 19,0 18,7 15,9 12,3 8,4 5,9 11,7
Oʻrtacha minimal, °C 2,7 2,6 4,1 6,0 9,1 12,0 14,2 14,1 11,6 8,8 5,3 3,1 7,8
Mutlaq minimal, °C −16,6 −12,2 −8,3 −3,2 −3,1 −0,6 3,9 2,1 1,5 −5,5 −7,1 −14,2 −16,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 69 46 50 51 56 55 49 62 56 70 71 65 700

Sogʻliqni saqlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Londonda milliy sogʻliqni saqlash tizimi (NHS) mavjux boʻlib, 2018-yil 5-iyul kuni ushbu tizim ishga tushganiga 70 yil toʻldi.[7]. Ushbu tizim Londonning barcha aholisiga bepul tibbiy yordam koʻrsatadi. Bugungi kunga qadar ushbu tizim past darajadagi professionallik, parvarish yetishmasligi, yomon sharoitlar va operatsiyani uzoq kutish uchun tanqid qilindi. Ushbu tizim foydalanuvchilari ushbu kamchiliklarni turli sabablarga koʻra, xususan, tizim bemorning "tez tiklanishiga yoki erta o'limiga" qaratilganligi va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning hozirgi soniga moslashtirilmaganligi bilan izohlashadi[7].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Londonda 8 173 900 kishi yashagan (Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaga qaraganda koʻproq). Ulardan 7,2% ni maktabgacha yoshdagi bolalar (4 yoshgacha), 17,3% ni maktab yoshidagi bolalar (5 yoshdan 19 yoshgacha), 64,4% ni mehnat yoshidagi odamlar (20 yoshdan 64 yoshgacha) va 10,7% ni keksa bolalar (65 yosh va undan katta) tashkil etadi. 2001-yilgi avvalgi aholini roʻyxatga olish bilan taqqoslaganda, keksa aholining ulushi biroz oshdi[8]. Bir kunda Londonga 9.3 mln. kishi kelib-ketadi[9]. Mamlakat ichidagi eng katta migratsiya almashinuvi Angliyaning janubi-sharqiy va sharqiy hududlariga, eng kichigi esa Shimoliy Irlandiyada hududlari hissasiga toʻgʻri keladi. Qoʻshni hududlardan keluvchi odamlar orasida 20 yoshdan 29 yoshgacha boʻlgan talabalar va ishchi yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi[10].

Etnik tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Londondagi etnik guruhlar
oq britaniyaliklar
  
56%
osiyoliklar
  
15%
boshqa oqlar
  
13%
negroidlar
  
11%
boshqa guruhlar
  
5%

2011-yilgi aholi sonini qayd qilish statistikasiga koʻra, londonliklarning 45% i oq tanli britaniyaliklar, yana 14% - boshqa oq tanlilarga, shu jumladan Irlandiya Respublikasidan kelgan muhojirlarga, 22% - Osiyoliklarga, 12% - qora tanlilarga, 3% - Mestizolarga mansub. Shaharliklarning 61% Angliyada, 37% - buyuk Britaniyadan tashqarida (2001-yilgi aholi sanogʻiga koʻra-27%), shundan 3% — Hindistonda, 2% Polshada tugʻilganlar tashkil qiladi.

Ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

London Universitet kolleji

Londonda 40 dan ortiq universitet mavjud boʻlib, unda 400 mingga yaqin talaba tahsil oladi[11] 93 ming xorijiy talabalar shahar iqtisodiyotiga 1,5 milliard funt sterling foyd keltiradi[76]. Yirik universitetlar qatoriga quyidagilar kiradi: London universiteti, Gʻarbiy London universiteti, London Metropolitan universiteti, London qirolichasi Meri universiteti, Sharqiy London universiteti, Grinvich universiteti, Kingston universiteti, London Janubiy banki universiteti, London sanʼat universiteti, Vestminster universiteti, Midlseks universiteti, London Siti universiteti, Brunel universiteti, London Imperial kolleji va boshqalar.

London universiteti 1836-yilda tashkil etilgan va 18 ta oʻzini-oʻzi boshqaruvchi kollej va bir necha institutlardan iborat. Bular: London universitet kolleji, Birkbeck kolleji, Goldsmiths, qirol kolleji, London biznes maktabi, Iqtisodiyot va siyosiy Fanlar London maktab, Qirollicha Meri kolleji, qirollik Hollouey kolleji va boshqalar. Talabalar soni 120 ming tadan oshadi.

Din[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vestminster abbatligi

2011-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, londonliklarning 48,4% oʻzlarini xristian, 12,4% musulmon, 5% hindular, 1,8% yahudiylar, 1,5% sikxlar, 1% buddistlar deb hisoblaydi. Musulmonlarning katta qismi Tauer-Hamlets, Nyuxem, Redbridge, Uoltam Forest va Brentda, hindlar-Harrou, Brent, Redbridge va Hounslovda; buddistlar-Grinvich, Kensington va Chelsi, Vestminster va Hounslovda tumanlarida roʻyxatga olingan.

2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, londonliklarning 58,2% oʻzlarini nasroniylar, 8,5% musulmonlar, 4,1% hindular, 2,1% yahudiylar, 1,5% sikxlar, 0,8% buddistlar, 15,8% oʻzlarini hudosiz deb atashgan, 8,7% esa roʻyxatga olish savoliga javob bermagan[12].

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. — mamlakatning muhim madaniy markazi. Bu yerda London universiteti, Siti universiteti, politexnika institutlari, Qirollik drama sanʼati akademiyasi, Qirollik musiqa akademiyasi, London Qirollik jamiyati, shuningdek, koʻpgina ilmiy jamiyatlar va muassasalar bor. Universitetlar qoshida yirik kutubxonalar mavjud. 30 dan ortiq muzey, jumladan, Britaniya muzeyi (1753), tabiat muzeyi, ilmiy muzey, geologiya muzeyi, L. muzeyi, Milliy galereya va boshqa, yirik konsert zallari, teatrlar ishlab turibdi.

L. yagona markazdan emas, balki mustaqil shaharchalar va aholi punktlarining sekin-asta qoʻshilib ketishidan tashkil topganligi bilan boshqa yirik shaharlardan farq qiladi. Tarixiy markazlari — Vestminster (siyosiy idoralar, Vestminster abbatligi, Bakingem va Sent-Jeyms saroylari, Yangi Vestminster sobori va boshqa joylashgan) va Siti (bank, birja, yirik monopoliya idoralari oʻrnashgan).

Arxitektura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qad. binolar orasida gotika uslubida qurilgan Sautuork sobori (13—15-asrlar), Xemptonkort saroyi (1515—36, 1689—94) diqqatga sazovor. Vestminsterdagi Uest-Endda mehmonxonalar, savdo koʻchalari, kollejlar, muzeylar, tomoshaxona-sayilgoxlar joylashgan. Klassitsizm, neoklassitsizm namunalari saqlangan. Zamonaviy uslubda koʻplab binolar qurilgan.

Cathédrale St-Paul - coupole.jpg Tower Bridge - geograph.org.uk - 964268.jpg Buckingham Palace - 01.jpg Houses of Parliament, London - geograph.org.uk - 1411858.jpg
Avliyo Pavel cherkovi Tauer koʻprigi Bukingem saroyi Parlament binosi

Sporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buyuk Britaniyaning poytaxtida 1908, 1948 va 2012-yillarda uchta Olimpiya oʻyinlarini qabul qilgan dunyoning birinchi shahri boʻldi. Angliya Premer-ligasida Londonning "Arsenal", "Vest Xem Yunayted", "Crystal Palace", "Tottenxem Hotspur", "Brentford", "Chelsi"kabi oltita klubi ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda Londonning "Arsenal", "Tottenxem" va "Chelsi" klublari Yevropa va dunyodagi eng kuchli klublari hisoblanadi. Londonning toʻrtta klubi Regbi boʻyicha Angliya chempionatida ishtirok etmoqda.

Shaharning eng yirik stadioni — Wembley boʻlib, u uzoq taʼmirlash ishlaridan soʻng 2007-yil may oyida yana ochildi. Yangilangan stadiondagi birinchi oʻyin 19-may kuni "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Shuningdek, "Wembley"da Angliya Kubogi finallari boʻlib oʻtadi.

Tumanlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

LondonCity of WestminsterKensington and ChelseaHammersmith and FulhamWandsworthLambethSouthwarkTower HamletsHackneyIslingtonCamdenBrentEalingHounslowRichmond upon ThamesKingstonMertonSuttonCroydonBromleyLewishamGreenwichBexleyHaveringBarking and DagenhamRedbridgeNewhamWaltham ForestHaringeyEnfieldBarnetHarrowHillingdonLondon-boroughs.svg
About this image
  1. Siti
  2. Vestminster
  3. Kensington va Chelsi
  4. Xammersmit va Fulxem
  5. Uondsuert
  6. Lambet
  7. Sautuark
  8. Tauer-Xamlets
  9. Xakni
  10. Islington
  11. Kamden
  1. Brent
  2. Iling
  3. Xaunslou
  4. Richmond-apon-Temd
  5. Kingston-apon-Temd
  6. Merton
  7. Satton
  8. Kraydon
  9. Bromli
  10. Luishem
  11. Grinvich
  1. Beksli
  2. Xavering
  3. Barking va Dagenem
  4. Redbrij
  5. Nyuxem
  6. Uoltem-Forest
  7. Xarringi
  8. Enfild
  9. Barnet
  10. Xarrou
  11. Xillingdon

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Population estimates: Persons by single year of age and sex for local authorities in the UK, mid-2018“. Qaraldi: 18-oktabr 2019-yil.
  2. McKenzie S. Ancient Roman writing tablets discovered at London building site CNN. — June 2. — 2016.
  3. Pickford J. Earliest written reference to London unearthed Financial Times. — June 1. — 2016.
  4. Analli. XIV, 33.
  5. Geografiya. I, 15, 6; II, 3, 27; VIII, 3, 6.
  6. „From Londinium to London“ (en). Museum of London. 28-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-aprel 2013-yil.
  7. 7,0 7,1 „60 лет NHS: глазами очевидцев“ (en) (3-iyul 2008-yil). Qaraldi: 4-fevral 2018-yil.
  8. „2011 Census first results: London boroughs’ populations by age and sex“ (en) (deadlink) P. 8, 10, 18. Office for National Statistics, Greater London Authority (2012). — Первые результаты переписи 2011 года: население районов Лондона по возрасту и полу. 14-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyun 2014-yil. Arxivlandi 2012-10-14 at WebCite[[]]
  9. „London's Daytime Population“ (en) (deadlink). Greater London Authority. 3-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-mart 2013-yil. Arxivlandi 2013-04-03 at WebCite[[]]
  10. John Hollis Focus on London. Population and migration. — Greater London Authority, 2010. — P. 11, 15. „Архивированная копия“ (deadlink). 16-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-sentabr 2012-yil. Arxivlandi 2012-08-16 Wayback Machine saytida.
  11. „Best student cities: London“. BBC. 1-dekabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-noyabr 2012-yil. Arxivlandi 2012-12-01 at WebCite[[]]
  12. Данные переписи 2001 года по Лондону.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]