Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi
Азербайджанская Советская Социалистическая Республика
Азәрбајҹан Совет Сосиалист Республикасы
Yarim mustaqil davlat (1920—1922)
Pridnestrovye FSSR tarkibida (1922—1936)
Sovet Ittifoqi respublikasi (1936—1991)
De facto suveren davlat (1989—1991)
1920–1922
1936–1991
Bayroq
Bayroq (1956—1991)
Gerb (1937—1991)
Gerb (1937—1991)
Shior
Бүтүн өлкәләрин пролетарлары, бирләшин! (Ozarbayjoncha)
Bütün ölkələrin proletarları, birləşin! (transliteratsiya)
„Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!“
Madhiya
Azərbaycan Sovet Sosialist Respublikasının Himni
„Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi gimni“
Ozarbayjon SSRning (qizil) Sovet Ittifoqida joylashuvi
Poytaxti Boku
Til(lar)i Rasmiy tillar:
Ozarbayjon • Rus
Ozchiliklar tillari:
Arman
Etnoxoronimi Ozarbayjon
Sovet
Hukumati Unitar Marksist-Leninist bir partiyali sovet sotsialistik respublika (1920–1927; 1953–1989)
Stalinist bir partiyali totalitar diktatura (1927—1953)
Unitar yarim prezidentlik respublika (1989—1991)
Birinchi kotib
 •  1920 Mirza Davud Huseynov
 •  1990–1991 Ayaz Mutallibov
Hukumat yetakchisi
 •  1920–1922 Nariman Narimanov (ilk)
 •  1990–1991 Hasan Hasanov (soʻnggi)
Tarixi
 •  Respublika tuzilgan 28-aprel 1920-yil
 •  Pridnestrovye FSSR tarkibiga kirgan 30-dekabr 1922-yil
 •  Qayta asos solingan 5-dekabr 1936-yil
 •  Suverenitet eʼlon qilingan 23-sentabr 1989-yil
 •  Qora yanvar 19–20-yanvar 1990-yil
 •  Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlangan 5-fevral 1991-yil
 •  Mustaqillik e’lon qilingan 18-oktabr 1991-yil
 •  Mustaqillik tan olingan 26-dekabr 1991-yil
Maydoni
 •  1989-yil 86600 km²
Aholisi
 •  1989-yil (tax.) 7 037 867 
     Zichlik 81.268672055427 km²
Pul birligi Sovet rubli (SUR)
Telefon kodi +7 892/895
Oldingisi
Keyingisi
Ozarbayjon Demokratik Respublikasi
Armaniston Togʻli Respublikasi
Pridnestrovye Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi
Ozarbayjon Respublikasi
Artsax Respublikasi

Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi, Ozarbayjon SSR (ozarbayjoncha: Азәрбајҹан Совет Сосиалист Республикасы, ruscha: Азербайджанская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. Ayrim manbalarda Sovet Ozarbayjoni deb yuritiladi.

Ozarbayjon SSR 1920-yilning 28-aprelida tuzilgan. 1922-yilgacha yarim mustaqil davlat sifatida mavjud boʻlgan. 1922-yil Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1922-yilning dekabrida Zakavkazye SFSR yangi tuzilgan Sovet Ittifoqiga qoʻshilgan. 1936-yil 5-dekabrda Ozarbayjon SSR ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

Ozarbayjon SSR poytaxti Boku shahri boʻlgan. Naxichevan ASSR, Togʻli Qorabogʻ Avtonom Okrugi Ozarbayjon SSR tarkibiga kirgan. Respublika 61 rayonga boʻlingan, 65 shahar, 120 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]

1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqillikka erishdi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 9-asrdan Ozarbayjon hududida Mana, Midiya, Atropatena, Kavkaz Albaniyasi degan qadimgi davlatlar boʻlgan. 3–10-asrlarda Eron, Arab xalifaligi hukmronligi ostida boʻlgan. 9–16-asrlarda Shirvon va boshqa davlatlar tashkil topgan. 11–13-asrlarda ozarbayjon elati shakllangan. 11–14-asrlarda saljuqlar, moʻgʻullar, Amir Temur istilo qilgan.

Boku 1960-yilda

16–18-asrlarda Safaviylar davlati tarkibida boʻlgan, Eron bilan Turkiya oʻrtasidagi kurash nuqtasiga aylangan. 18-asr oʻrtasidan boshlab 15 dan ortiq davlat hukm surib, ular Eronga qaram boʻlgan.

1813- va 1828-yillarda Ozarbayjonning shimoliy qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. 19-asr oxiriga kelib Boku yirik sanoat markaziga aylangan. 1904-yili RSDRIning iskrachi komiteti tuzilgan. 1917-yil noyabr oyida Sovet hokimiyati oʻrnatilgan va Boku kommunasi vujudga kelgan. 1918-yil yozida ingliz-turk intervensiyasi boshlanib, hokimiyat musovotchilar qoʻliga oʻtgan. Qizil armiya qoʻllovi bilan mamlakatda Sovet hokimiyati tiklangan.

1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon SSR eʼlon qilingan. Oʻsha yili Ozarbayjon Kompartiyasi tashkil etilgan. 1922-yil 12-martdan Zakavkazye SFSR tarkibiga kirgan. 1936-yil 5-dekabrda ittifoqdosh respublika sifatida bevosita Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan.

1991-yilning 5-fevralida Ozarbayjon SSR Ozarbayjon Respublikasi deb qayta nomlandi. 1991-yilning oktabrida mustaqilligini eʼlon qildi. 1995-yil Ozarbayjon oʻzining yangi konstitutsiyasini qabul qildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Ozarbayjon SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 2. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 32. 5-89890-002-7. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]