Eron takyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat takyasi

Eron takyalari (forscha: تَکْیه‌هایِ ایران takye-hâ-ye Irân) – kunimizda husayniyalar sifatida ishlatiladigan binolar[1][2][3]. Husayniya – shia musulmonlari Muharram oyida Husayn vafoti sanasida yigʻiladigan bino. Safaviylar shialikni Eron davlati dini deb e’lon qilgandan keyin, Eron takyalari husayniyalarga aylangan[4]. Bunday binolar, ayniqsa, Eronda koʻp uchraydi[5], bu mamlakatda deyarli har bir shaharda takyalar mavjud. Birgina Tehron Qojarlar sulolasi davrida 50 tagacha takyaga ega boʻlganligi haqida maʼlumotlar mavjud[2]. Takyalar odatda fors meʼmorchiligida kuzatilishi mumkin boʻlgan elementlari asnosida qurilgan.

Erondagi mashhur takyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Juan Eduardo Campo. Encyclopedia of Islam. Infobase Publishing, 1 January 2009 — 318– bet. ISBN 978-1-4381-2696-8. 
  2. 2,0 2,1 Chelkowski. „TAʿZIA“. www.iranicaonline.org. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  3. „تکیه در تهران“. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.
  4. محمد صادق محمد الكرباسي. معجم المشاريع الحسينيّة - الجزء الثالث: دائرة المعارف الحسينية (ar), 2019. „بناء الحسينية كان حديث العهد بإيران، وأما التكايا فكانت معروفة ومنتشرة في أنحاء إيران وكانت تقام فيها بعض الشعائر الحسينية أيضا قبل أن تنتقل إلى الحسينيات التي تخصصت بالشعائر الحسينية.“ 
  5. „The lucrative business of mourning in Iran“. Qaraldi: 2015-yil 5-oktyabr.