Persepol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Persepol, Persipolis, Taxti Jamshid — Sheroz shahri (Eron)dan 50 km shim.-sharqda joylashgan qad. shahar. Miloddan avvalgi 6-asr oxirida barpo etilgan Axomaniylar davlatining poytaxt shaharlaridan biri. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr (Iskandar) tomo-nidan bosib olinib, yondirilgan va shahar tashlandiq holga kelgan. P.da asosiy qazishma ishlari 20-asrning 30-yillaridan olib borilgan. Togʻ etagida bunyod etilgan mahobatli meʼmoriy-haykaltaroshlik majmui (miloddan avvalgi taxminan 520450 yillar) atrofi ham gʻishtdan qurilgan 2 qatorli devor bilan oʻralgan; tantanalar oʻtkazilgan zal — apadana, Doro va Kserksning tosh relyeflar bi-tilgan saroylari, haramxona binosi, Jahon darvozasi, Shoh zali ("Yuz us-tunli") harobalari aniklangan. Axomaniy podshoxlarining bitiklari va elam tilida yozilgan minglab sopol parchalari topilgan. P.ning gʻarb tomo-nida katta otashgohning qoldiklari saqlangan. P. saroyi qabulgohidan Ara-biston, Turon, Hindiston, Habashistondan kelgan elchilar, sarbozlar, savdogarlar, xunarmandlarning yuzlab su-ratlari toshga oʻyib tasvirlangan, yozuvlarda ifodalangan.

Hamidjon Homidov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil