Tirana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search


Tiranë
Tirana
Flag of Tirana
Bayroq
Official seal of Tirana
Gerb
Tirana by Night.jpg
Hukumat
 - mer Lulzim Basha
Aholi (2011)
 - Jami 421 286
Vaqt hududi CET (UTC+1)
Birodar shaharlar Anqara, Afina, Barselona, Pekin, Brussel Poytaxt Regioni, Buharest, Bursa, Cobourg, Doha, Bryussel, Udine, Istanbul, Florensiya, Piana degli Albanesi, Grand Rapids, Kiyev, Madrid, Marsel, Moskva, Praga, Saloniki, Seul, Sofiya, Stokgolm, Turin, Vilnyus, Zagreb, Venesiya, Brussel, Zaragoza, Sarayevo, Podgoritsa, Prishtina, Mitrovica, Prizren
vebsayt: www.tirana.gov.al

Tirana (Tiranë) — Albaniya poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Adriatika dengizidan 40 km masofada, togʻ oraligʻidagi vodiyda joylashgan. Tirana retining maʼmuriy markazi; alohida maʼmuriy birlik. Aholisi 245 ming kishidan koʻproq (1990-yillar oʻrtalari). Iklimi subtropik, iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, yanvarniki 4–5°. Yillik yogʻin 1350 mm dan koʻproq.

Tirana – transport yoʻllari tuguni. Transport yoʻli orqali Durres porti bilan bogʻlangan. Shahar yaqinida Rines aeroporti bor. Tirana va uning atrofidagi korxonalarda mamlakat sanoat mahsulotining 1/5 qismi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, metallsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat. Shuningdek, oynakeramika va koʻnpoyabzal sanoatlari ham rivojlangan. Tirana – yogʻoch, kumush, keramikaga badiiy ishlov berish markazi.

Tirana qoʻlyozmalarda kichik manzilgoh sifatida 15-asrdan tilga olingan. 17-asr boshida shahar barpo qilingan. 1920 yildan Albaniya poytaxti. Tirana binolari qad. Sharqqa xos uslublarda qurilgan eski va zamonaviy yangi qismdan iborat. Iskandarbek maydoni atrofida hukumat idoralari, maʼmuriy binolar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (17-asr) va minora saqlangan. Unt (1957), Albaniya Fanlar Akademiyasi, intlar, milliy tarix muzeyi, tasviriy sanʼat galereyasi va boshqa bor. Tirana yaqinidan kumir kazib olinadi.

Havolalar[tahrir]