Adabiyot muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adabiyot muzeyi, Alisher Na-voiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi (Toshkent sh.) – madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa. 1940 yilda Alisher Na-voiy tavalludining 500 yilligi mu-nosabati bilan Respublika ko‘rgazmasi 174tariqasida tashkil topgan. 1944 – 68 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabi-yot instituti bo‘limi, 1968 – 78 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi, 1978 – 91 yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi H. S. Sulay-monov nomidagi Qo‘lyozmalar institutining muzey bo‘limi. 1991 yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot muzeyi. Muzey ekspozitsiyasi 40 xonaga joylashgan, 8 bo‘limdan iborat. Jamlanmasida qariyb 34 ming ko‘rgazma bor (1997). Muzeyda o‘zbek adabiyotiga oid asarlar, qo‘lyozma va toshbosma kito-blar, xalq hofizlarining ovoz yozuvlari, naqqoshlik san’atiga doir ko‘rgazmalar (yog‘ochdan ishlangan panjara, A. Fayzul-layev, 1968), 10-asrga oid sopol buyumlar mavjud. Muzey ko‘rgazmalari temuriylar davri ekspozitsiyasi bilan, o‘zbek adabiyoti tarixi ekspozitsiyalari esa Alisher Na-voiy ijodidan boshlangan: "Hamsa"ning qo‘lyozma, foto va ko‘chirilgan nusxalari, dostonlarga ishlangan miniatyuralar, rasm va bezaklar, shoir hayotiga oid por-tretlar, haykallar, harita, kitob, har xil sovg‘a va albomlar, lagan, ko‘zachalar bor. Buxorolik 14 qiz tomonidan Navo-iy, Farhod va Shirin, Layli va Majnun rasmlari zar bilan tiqilgan gilam (1968) muzeyga alohida ko‘rk bag‘ishlaydi. Jo-miy xonasiga shoir asarlarining turli davrda kuchirilgan nusxalari qo‘yilgan. Muzeyning boshqa xonadagi ko‘rgazmalari orasida Hofiz, Nizomiy, Firdavsiy, Xusrav Dehlaviylarning bir qancha qo‘lyozmalari bor. Bobur hayoti va ijodiy faoliyati haqidagi ko‘rgazmalar ichida "Bobur haykali" (haykaltarosh A. Grish-chenko, 1968) va ipak bilan tiqilgan "Bobur portreta" (chevar F. Saydaliyeva, 1974) alohida o‘rin tutadi. Muzeyda Zebunni-so, Turdi, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna va boshqa she’rlaridan namunalar, qo‘lyozmalar va asarlariga ishlangan tasvirlar, na-moyonlar bor. Muzeyning hozirgi zamon ada-biyotiga bag‘ishlangan xonalariga "20-asr o‘zbek adabiyoti", "Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti" ekspozitsiyalari joylashti-rilgan. 200 dan ortiq o‘zbek shoir va yozuvchilari ijodiy yo‘lini yorituvchi ko‘rgazmalar qo‘yilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil