Koshon
Qiyofa
Koshon — Eronning markaziy qismidagi shahar, Tehron ostonasida. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 201,3 ming kishi (1997). K. da toʻqilgan gilamlar dunyoda mashhur. Ipak gilamlarning asosiy qismi eksport qilinadi. Ip gazlama, shoyi, chinni qanjillar, misgarlik va kulolchilik buyumlari ishlab chiqariladi. K. oʻrta asrlarda Eronning eng yirik badiiy-hunarmandchilik markazi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan Maydon masjidi (13-asr, 15-asrda qayta qurilgan), Zayniddin minorasi (11-asr), Imom-zola Habib ibn Muso maqbarasi (13-asr), shoh Abbos I sagʻanasi (17-asr) saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |