Abbos I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Abbos I (1571-1629) – Eron shohi (1587–1629), sarkarda. Safaviylardan. A. I oʻz hukmronligining dastlabki yillaridayoq mamlakatdagi ichki tarqoqlikka barham berib, markazlashgan davlat tuzishga kirishgan; muntazam qoʻshin tuzib, Ozarbayjon va Xuroson (1598), Bahrayn o.lari (1602), Qandahor (1621), Hoʻrmuz o. (1622) va Irok, (1623) ni egallagan. A.I davrida poytaxt Qazvindan Isfahonga koʻchirilgan (1598), yangi shaharlar, yoʻllar, koʻpriklar, karvon saroylar, qasrlar qurilgan, koʻplab ariqlar qazilgan. A.I Buxoro xonligi, Rossiya, Angliya, Avstriya, Ispaniya, Gollandiya va boshqa davlatlar bilan elchilik munosabatlarini oʻrnatgan. A.I davrida Eron kuchli markazlashgan davlatga aylangan. Eronda uni "buyuk" deb eʼzozlashadi.[1]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil