Sardoba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sardoba (fors. toj. sard — sovuq va ob — suv) — suv tanqis hududlarda uni toʻplash va saklash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. Oʻrta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. S.ning devori silindr shaklida, diam. 12–13 m, chuq, 10–15 m, hovuz yuzasi yer sathi bilan bir tekis boʻlgan. S. gumbazi sifatli pishiq gʻisht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga suv tushadigan teshiklar qilingan. Kirish uchun S.ga eshik ham oʻrnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor bilan oʻralgan. S. yoniga mollarni sugʻoradigan oxur kilinib, unga hovuzdan maxsus tarnov orqali suv oqizilgan. Baʼzi S.larda ularni nazorat va tozalab turuvchi miroblar uchun xonalar ham boʻlgan.

S.lar geografik joylashuvi, joyning tabiati, relyefiga koʻra, bir necha xil [qoryomgʻir suvlari, anhorariq suvlari, yer osti suvlari (ko/shzlardan) yigʻiladigan S.lar] boʻlgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda Movarounnahrda 44 ta S. boʻlgan. Ulardan 29 tasi Qarshi choʻlida, 3 tasi Mirzachoʻlda, 3 tasi Toshkent bilan Fargʻona oʻrtasidagi qadimgi savdo yoʻlida, 1 tasi Karmana yaqinida — Choʻli Malikda qurilgan (qarang Raboti Malik). 19-asr oxirigacha ishlatilgan S.lardan biri hozirgi Turkmanistondagi Sandikli choʻlida 17-asr oʻrtalarida Kerki va Qarshi sh.larini bogʻlovchi karvon yoʻlida qurilgan, hovuzining diam. 17 m boʻlgan Sangi suvloq S.sidir. S.lar kadimda dasht va choʻllarda chorvani va savdo karvonlarini suv bilan taʼminlashda muhim oʻrinda turgan. Hozirgi saqlanib qolgan S.lar tarixiyetnografik ahamiyatga ega.

Adabiyot[tahrir]

  • Qudratov., Sardobalar oʻlkasi, T., 2001.

Maishrif Boqiyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil