Mashhad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Mashhad / مشهد Mashhad shahrining tepadan koʻrinishi
Mamlakat Eron
Uston Xurosoni Rizoviy ustoni
Koordinatalari 36°18′25″N 59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E / 36.30694; 59.60417Koordinatalari: 36°18′25″N 59°36′15″E / 36.30694°N 59.60417°E / 36.30694; 59.60417
Shahrdor Savlat Murtazaviy
Maydoni 327 km²
Markazi balandligi 995 m
Iqlim tipi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy tili forscha
Aholisi 2 749 374 nafar (2011)
Zichlik 8 400 kishi/km²
Aglomeratsiya 3 milliondan oshiq
Milliy tarkibi forslar, turkmanlar, kurdlar, tojiklar, ozarbayjonlar va boshqalar
Konfessiyaviy tarkibi asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi)
Etnoxoronim Mashhadlik, Mashhadliklar
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 51
Rasmiy sayti https://en.mashhad.ir
Mashhad (Eron)
Mashhad / مشهد

Mashhad (fors. مشهد / Maŝhad) — Eronning shimoli-sharqiy qismida joylashgan yirik shahar. Xurosoni Rizoviy ustonining maʼmuriy markazi. Kattaligi va aholisi soni boʻyicha Eronning ikkinchi (Tehrondan keyin) yirik shahri. 2011-yil maʼlumotlariga koʻra, Mashhadda 2 million 750 mingdan ziyod kishi yashaydi. Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Shaharning umumiy maydoni — 327 km². Eronning eng yirik diniy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy, savdo va sanoat markazlaridan biri.

Mashhad shahri, Xurosoni Rizoviy ustonining shimoli-sharqida, Kashafrud daryosi vodiysida joylashgan. Eron-Turkmaniston davlat chegarasidan taxminan 70 kilometr janubda joylashgan. Tehron — Mashhad temir yoʻl liniyasining oxirgi stansiyasi, Eron shimoli-sharqidagi muhim va yirik avtomobil yoʻllari tuguni. Shahar hududi oʻrtacha dengiz sathidan 995 metr balandlikda joylashgan.

Mashhad Eronning metallsozlik, yogʻochsozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati boʻyicha eng yetuk shaharlaridan biri hisoblanadi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr styasi, universitet bor. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, uy-roʻzgʻor va zargarlik buyumlari tayyorlanadi.

M. oʻrnida 9-asrda Sanobod qishlogʻi boʻlgan. M. nomi dastlab arab geograflari asarlarida tilga olingan (10-asrda). Shahar 11—12-asrlarda gʻaznaviylar va saljuqiylar qoʻl ostida boʻlgan. 13-asr oxirida moʻgʻullar hujumi natijasida shaharning koʻp qismi buzilgan. 14-asr oxiridan Xurosonning eng yirik shaharlaridan biri. Temuriylar va Safaviylar hukmronligi davrida M. ravnaqtopgan. 1736—47 yillarda Nodirshoh davlatining poytaxti. 1795 yilda M.ni qojarlar egallagan.

M. — shialarning "muqaddas" shahri. Meʼmoriy yodgorliklaridan Imom Rizo maqbarasi (9-asr). Gavharshod begim masjidi (1405—18), Madrasa, karvonsaroylar saqlangan. Nodirshohmaqbarasi, Rizoshoh bemoristoni 20-asrda qurilgan. Shahar chekkasida fors shoiri A. Firdavsiyning qabri bor (qabr ustiga maqbara qurilgan).[1]

Aholisi[tahrir]

2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Mashhad shahrida 2 749 374 kishi istiqomat qiladi. Oʻrtacha zichlik — 8 400 kishi/km². Mashhad aglomeratsiyasida esa 3 milliondan ziyod kishi istiqomat qiladi. Mashhad aholisining etnik tarkibida forslar koʻpchilikni tashkil etadi. Shaharda shuningdek turkmanlar, kurdlar, ozarbayjonlar, tojiklar, hazoralar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi islom dinining shia mazahabiga eʼtiqod qiladi. Shahar rasmiy tili, butun Erondagi kabi fors tili.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil