Kontent qismiga oʻtish

ICAO aeroport kodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ICAO bayrogʻi

ICAO aeroport kodi yoki joylashuv koʻrsatkichi butun dunyo boʻylab aerodromlarni belgilaydigan toʻrt harfli koddir. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (inglizcha: International Civil Aviation Organization) tomonidan belgilanadigan va ICAO 7910-sonli hujjatida eʼlon qilinadigan ushbu kodlar: Joylashuv koʻrsatkichlari havo harakatini boshqarish va parvozlarni rejalashtirish kabi aviakompaniya operatsiyalarida qoʻllanadi. ICAO kodlari, shuningdek, ob-havo stansiyalari, xalqaro parvozlarga xizmat koʻrsatish stansiyalari yoki hududiy boshqaruv markazlari kabi boshqa aviatsiya obyektlarini, ular aeroportlarda joylashgan yoki boʻlmaganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Parvoz maʼlumotlari hududlari ham unikal ICAO kodi bilan belgilanadi.

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti 1947-yilda BMT shafeligida tashkil etilgan boʻlib, u havo harakatini boshqarish va aeroportni identifikatsiyalashni sodda va tushunarli qilish uchun parvozlar maʼlumot mintaqalarini (FIR) tashkil etdi.

ICAO kodlari va IATA kodlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ICAO kodlari alohida va odatda aviakompaniyalar jadvallari, bandlovlar va bagaj yorliqlari uchun ishlatiladigian IATA kodlaridan farq qiladi. Masalan, Londonning Hitrou aeroporti uchun IATA kodi LHR va ICAO kodi EGLL. IATA kodlaridan, odatda, yoʻlovchilar va keng jamoatchilik FlightAware kabi parvozlarni kuzatish xizmatlarini koʻrish uchun foydalanadi.

Umuman olganda, IATA kodlari odatda aeroport yoki u xizmat koʻrsatadigan shahar nomidan olinadi, ICAO kodlari esa mintaqa va mamlakatlar boʻyicha taqsimlanadi. IATA kodlaridan koʻra koʻproq aerodromlarda (keng maʼnoda) ICAO kodlari mavjud boʻlib, ular baʼzan temir yoʻl stansiyalariga ham tayinlanadi. ICAO kodlarini tanlash qisman har bir mamlakatning vakolatlariga topshiriladi, geografik tuzilishga ega boʻlmagan IATA kodlari esa IATA tomonidan markaziy ravishda hal qilinishi kerak.

ICAO aeroport kodining birinchi harfiga koʻra tasniflangan dunyo mintaqalari xaritasi
ICAO aeroport kodi prefiksi boʻyicha tasniflangan mamlakatlar xaritasi. Submilliy hududlar va ikkinchi harf oʻrtasidagi har qanday yozishmalar ham koʻrsatilgan.

Odatda, ICAO kodining birinchi bir yoki ikkita harfi mamlakatni ifodalaydi, qolgan harflar esa qoʻshni raqamlar bilan koʻrsatilganidek, aeroportni ifodalaydi. ICAO kodlari geografik kontekstni taʼminlaydi. Misol uchun, agar kimdir Hitrou uchun ICAO kodi EGLL ekanligini bilsa, EGGP aeroporti Buyuk Britaniyaning boshqa biror joyi (EGGP Liverpul Jon Lennon aeroporti) degan xulosaga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, Hitrou uchun IATA kodi LHR ekanligini bilish LHV aeroportining joylashuvini aniqroq aniqlashga imkon bermaydi (LHR AQShning Lok Haven shahridagi (Pensilvaniya shtati) Uilyam T. Piper memorial aeroportining IATA kodi).

Siyosiy yoki maʼmuriy sabablarga koʻra tuzilgan ICAO kodlarida mintaqaviy tuzilishi boʻyicha bir nechta istisnolar mavjud. Masalan, Folklend orollaridagi RAF Mount Pleasant aviabazasiga xuddi Buyuk Britaniyadagidek EGYP ICAO kodi berilgan, ammo yaqin atrofdagi fuqarolik Port Stenli aeroportiga Janubiy Amerika bilan mos ravishda SFAL kodi berilgan. Xuddi shunday Sent-Pyer va Mikelon ham Fransiya tomonidan nazorat qilinadi va u yerdagi aeroportlar xuddi Yevropadagidek LFxx bilan belgilanadi. Kosovoga oʻzining geografik qoʻshnilari kabi Lxxx kodi bilan emas, balki Grenlandiya va Islandiya bilan guruhlangan BKxx kodi berilgan (quyida tasvirlangan). Quddus xalqaro aeroportiga ham LLJR (Isroil tomonidan), ham OJJR (Iordaniya tomonidan) kodlari berilgan, ammo aeroportdan hozirda foydalanilmayapti.

AQSh va Kanadada koʻplab aeroportlarning ICAO kodlari mazkur aeroportlarning IATA kodlarining yoniga geografik masublikni bildiruvchi qoʻshimcha qoʻshish orqali yasalgan (masalan, YEG va CYEG ikkalasi ham Edmonton xalqaro aeroportiga, IAD va KIAD esa Vashington-Dalles xalqaro aeroportini ifodalaydi). Bu oʻxshashlik Alyaska (PAxx), Gavayi (PHxx) yoki AQSh hududlariga taalluqli emas. Misol tariqasida, Maui shahridagi Kahului aeroporti IATAda OGG kodi va ICAOda PHOG kodi bilan tavsiflangan.

ICAO aeroporti kodlari I yoki J yoki X yoki Q harflari bilan boshlanmaydi, lekin Marsdagi Jezero krateriga JZRO maxsus ICAO kodi berilgan[1]. I bilan boshlanadigan kodlar (Ixx va Ixxx) koʻpincha navigatsiya vositalari, masalan radiomayoqlar uchun ishlatiladi, Q esa xalqaro radioaloqa va geografik boʻlmagan maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Rossiya va MDHda lotin harfi X (yoki uning Morze / Baudot kirillcha ekvivalenti) ichki aerodrom kodlaridagi hukumat, harbiy va eksperimental aviatsiya aerodromlarini tuzilishi va maqsadi boʻyicha ICAO kodlariga oʻxshash, lekin xalqaro miqyosda qoʻllanilmaydi[2]. ZZZZ soxta kod boʻlib, ICAO kodi tayinlanmagan aerodromlar uchun parvoz rejalarida qoʻllanadi.

Soxta (Psevdo) ICAO kodlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiya yoki Niderlandiya kabi kichik mamlakatlarda deyarli barcha aerodromlar ICAO kodiga ega. Buyuk Britaniya yoki Germaniya kabi kattaroq davlatlar uchun cheklangan miqdordagi harf kodlarini hisobga olsak, barcha aeroportlarni kodlash mumkin emas. Baʼzi mamlakatlar ushbu muammoni ICAO sub-aerodrom kodlari sxemasini joriy etish orqali hal qildi, masalan, Fransiya LFddnn uslubidagi psevdokodlardan foydalanadi, bu yerda dd departamentni, nn esa ketma-ket hisoblagichni bildiradi. Fransiyada havaskor tashkilot sanaladigan FFPLUM (Fédération Française des Planeurs Ultra Légers, „Fransiya ultra yengil motorli planerlar federatsiyasi“) rasmiy ravishda ushbu kodlarning saqlovchisi hisoblanadi[3]. Antarktidadagi koʻplab aerodromlarda AT va ikkita raqamli soxta ICAO kodlari mavjud, boshqalarida esa Yangi Zelandiya uchun NZ kabi asosiy egasi mamlakatlarning tegishli kodlari mavjud.

Prefix kodi Mamlakat
A — Gʻarbiy Tinch okeani janubi mintaqasi
AG Solomon Orollari
AN Nauru
AY Papua Yangi Gvineya
B — Grenlandiya, Islandiya va Kosovo (yevropacha muqobili)
BG Grenlandiya
BI Islandiya
BK Kosovo
C — Kanada
C Kanada
D — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari
DA Jazoir
DB Benin
DF Burkina Faso
DG Gana
DI Kot-dʼIvuar
DN Nigeriya
DR Niger
DT Tunis
DX Togo
E — Shimoliy Yevropa
EB Belgiya
ED Germaniya (fuqarolik aeroportlari)
EE Estoniya
EF Finlandiya
EG Birlashgan Qirollik (va uning mustamlakalari)
EH Niderlandiya
EI Irlandiya
EK Daniya va Farer orollari
EL Lyuksemburg
EN Norvegiya
EP Polsha
ES Shvetsiya
ET Germaniya (harbiy aeroportlar)
EV Latviya
EY Litva
F — Markaziy Afrikaning aksar davlatlari, Janubiy Afrika va Hind okeani
FA JAR
FB Botsvana
FC Kongo Respublikasi
FD Esvatini
FE Markaziy Afrika Respublikasi
FG Ekvator Gvineyasi
FH Muqaddas Yelena, Vozneseniya va Tristan-da-Kunya orollari
FI Mavritsiya
FJ Hind okeanidagi Britaniya hududi
FK Kamerun
FL Zambiya
FM Komorlar, Fransiya (Mayotta and Reyunion), and Madagaskar
FN Angola
FO Gabon
FP San-Tome va Prinsipi
FQ Mozambik
FS Seyshell orollari
FT Chad
FV Zimbabve
FW Malavi
FX Lesoto
FY Namibiya
FZ Kongo Demokratik Respublikasi
G — Gʻarbiy Afrika va Magʻribning sharqiy qismlari
GA Mali
GB Gambiya
GC Ispaniya (Kanar orollari)
GE Ispaniya (Seuta va Melilla)
GF Syerra-Leone
GG Gvineya-Bisau
GL Liberiya
GM Marokash
GO Senegal
GQ Mavritaniya
GS Gʻarbiy Sahroi Kabir
GU Gvineya
GV Kabo-Verde
H — Sharqiy Afrika va Shimoli-sharqiy Afrika
HA Efiopiya
HB Burundi
HC Somali (Somalilend ham)
HD Jibuti
HE Misr
HH Eritreya
HJ Janubiy Sudan
HK Keniya
HL Liviya
HR Ruanda
HS Sudan
HT Tanzaniya
HU Uganda
K — AQShning materik qismi
K Amerika Qoʻshma Shtatlari (Alyaska va Gavayi bunga kirmaydi)
L — Janubiy Yevropa, Isroil, Falastin va Turkiya
LA Albaniya
LB Bolgariya
LC Kipr
LD Xorvatiya
LE Ispaniya (materik qismi va Balear orollari)
LF Fransiya (Fransiya metropoliyasi; xususan Sen-Pyer va Mikelon)
LG Gretsiya
LH Vengriya
LI Italiya (va San Marino)
LJ Sloveniya
LK Chexiya
LL Isroil
LM Malta
LN Monako
LO Avstriya
LP Portugaliya (xususan Azor orollari and Madeyra)
LQ Bosniya va Gersegovina
LR Ruminiya
LS Shveysariya va Lixtenshteyn
LT Turkiya
LU Moldova
LV Falastin/Falastin hududlari
LW Shimoliy Makedoniya
LX Gibraltar
LY Serbia va Chernogoriya
LZ Slovakiya
M — Markaziy Amerika, Meksika va Karib havzasining shimoliy/gʻarbiy qismlari
MB Terks va Kaykos orollari
MD Dominika Respublikasi
MG Gvatemala
MH Gonduras
MK Yamayka
MM Meksika
MN Nikaragua
MP Panama
MR Kosta-Rika
MS El Salvador
MT Gaiti
MU Kuba
MW Kayman orollari
MY Bagam orollari
MZ Beliz
N — Janubiy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Yangi Zellandiya
NC Kuk orollari
NF Fiji, Tonga
NG Kiribati (Gilbert orollari), Tuvalu
NI Niue
NL Fransiya (Vallis va Futuna)
NS Samoa, United States (Amerika Samoasi)
NT Fransiya (Fransuz Polineziyasi)
NV Vanuatu
NW Fransiya (Yangi Kaledoniya)
NZ Yangi Zelandiya, Antarktidaning bir qismi
O — Janubi-gʻarbiy Osiyo, xususan, Koʻrfaz mamlakatlari, Eron, Iroq, Pokiston
OA Afgʻoniston
OB Bahrayn
OE Saudiya Arabistoni
OI Eron
OJ Iordaniya va Gʻarbiy Qirgʻoq
OK Quvayt
OL Livan
OM Birlashgan Arab Amirliklari
OO Ummon Sultonligi
OP Pokiston
OR Iroq
OS Suriya
OT Qatar
OY Yaman
P — Shimoliy Tinch okeani mintaqasining aksar qismi va Kiribati
PA AQSh (Alaska) (PF, PO va PP kodlari ham)
PB AQSh (Beyker orollari)
PC Kiribati (Canton Airfield, Foneks orollari)
PF AQSh (Alaska) (PA, PO va PP kodlari ham)
PG AQSh (Guam, Shimoliy Mariana orollari)
PH AQSh (Gavayi)
PJ AQSh (Jonson Atoll)
PK Marshall orollari
PL Kiribati (Layn orollari)
PM AQSh (Midvey oroli)
PO AQSh (Alaska) (PA, PF va PP kodlari ham)
PP AQSh (Alaska) (PA, PF va PO ham)
PT Mikroneziya Federativ Shtatlari, Palau
PW AQSh (Veyk orollari)
R — Yaponiya, Janubiy Koreya, Filippin
RC Xitoy Respublikasi (Tayvan)
RJ Yaponiya (materika qismi)
RK Koreya Respublikasi
RO Yaponiya (Okinava prefekturasi)
RP Filippin
S — Janubiy Amerika
SA Argentina (xususan, Antarktidaning ayrim qismlari)
SB Braziliya (SD, SI, SJ, SN, SS va SW ham)
SC Chili (xususan, Pasxa oroli va Antarktidaning ayrim qismlari) SH ham
SD Braziliya (SB, SI, SJ, SN, SS va SW ham)
SE Ekvador
SF Birlashgan Qirollik (Folklend orollari)
SG Paragvay
SH Chili (SC ham)
SI Braziliya (SB, SD, SJ, SN, SS va SW ham)
SJ Braziliya (SB, SD, SI, SN, SS va SW ham)
SK Kolumbiya
SL Boliviya
SM Surinam
SN Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SS va SW ham)
SO Fransiya (Fransiya Gvianasi)
SP Peru
SS Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SW ham)
SU Urugvay
SV Venesuela
SW Braziliya (SB, SD, SI, SJ, SN va SS ham)
SY Gayana
T — Karib havzasinig sharqiy va janubiy qismlari
TA Antigua va Barbuda
TB Barbados
TD Dominika
TF Fransiya (Gvadelupa, Martinika, Sen-Bartelemi, Sen-Martin)
TG Grenada
TI AQSh (Amerikaning Virgin orollari)
TJ AQSh (Puerto-Riko)
TK Sent Kitts va Nevis
TL Sent Lyusiya
TN Karib Niderlandiyasi, Aruba, Kyurasao, Sint Marten
TQ Birlashgan Qirollik (Anguilla)
TR Birlashgan Qirollik (Montserrat)
TT Trinidad va Tobago
TU Birlashgan Qirollik (Britaniyaning Virgin orollari)
TV Sent Vinsent va Grenadinlar
TX Birlashgan Qirollik (Bermud oroli)
U — Sobiq Sovet ittifoqining aksar mamlakatlari
U Rossiya (quyidagilardan tashqari)
UA Qozogʻiston
UB Ozarbayjon
UC Qirgʻiziston
UD Armaniston
UG Gruziya
UK Ukraina
UM Belarus va Rossiya (Kaliningrad viloyati)
UT Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston
V — Janubiy Osiyoning aksariyat mamlakatlari,
Janubi-sharqiy Osiyoning materik qismi, Hong Kong va Makao
VA Hindiston (Gʻarbiy Hindiston)
VC Shri Lanka
VD Kambodja
VE Hindiston (Sharqiy Hindiston)
VG Bangladesh
VH Hong Kong
VI Hindiston (Shimoliy Hindiston)
VL Laos
VM Makao
VN Nepal
VO Hindiston (Janubiy Hindiston)
VQ Butan
VR Maldiv Respublikasi
VT Tailand
VV Vyetnam
VY Myanma
W — Janubi-sharqiy Osiyoning qirgʻoq boʻyi mamlakatlari
WA Indoneziya (WI, WQ va WR ham)
WB Bruney, Malayziya (Sharqiy Malayziya)
WI Indoneziya (WA, WQ va WR ham)
WM Malayziya (Gʻarbiy Malayziya)
WP Sharqiy Timor
WQ Indoneziya (WA, WI va WR ham)
WR Indoneziya (WA, WI va WQ ham)
WS Singapur
Y — Avstraliya
Y Avstraliya (xususan Norfolk oroli, Rojdestvo oroli, Kakos (Kiling) orollari va Avstraliya Antarktika hududi)
Z — Xitoy, Shimoliy Koreiya va Moʻgʻuliston
Z Materik Xitoy (ZK va ZM dan tashqari)
ZK Shimoliy Koreya
ZM Mongoliya