Mozambik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mozambik Respublikasi
República de Moçambique
Mozambik davlat bayrogʻi   Mozambik davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Y'o`q
Madhiya: Patria Amada, formerly Viva, Viva a FRELIMO
Mozambik Xaritasi
Poytaxt Maputo
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Armando Guebuza
Mustaqillik   Portugaliyadan
 •  Sana   25 iyun 1975
Maydon  
 • Butun 801,590 km² (36-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 19,406,703 (54- oʻrin)
 • Zichlik 24/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$25,660 mil. (104-)
 • Jon boshiga AQSh$1,322
Pul birligi Metical (MZN)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma MZ
Internet domen .mz
Telefon prefiksi +258


Mozambik (Mocambique), Mozambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning jan,sharqiy sohilidagi davlat. Mayd. 801,6 ming km2. Aholisi 19,4 mln. kishi (2001). Poytaxti — Maputu sh. Maʼmuriy jihatdan 11 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Maputu sh. ham viloyat maqomiga ega.


Davlat tuzumi[tahrir]

M. — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik aʼzosi. 1990 y. 30 noyab.da qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (1986 y.dan Joakim Albertu Chissano). U umumiy yashirin tugʻri ovoz berish yuli bilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — Respublika Assambleyasi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyat prezident zimmasiga yuklatilgan. U Vazirlar Kengashiga rahbarlik qiladi, vazirlarni, shu jumladan, bosh vazirni tayinlaydi.


Tabiati[tahrir]

Qirgʻoqning umumiy uz. 3000 km ga yaqin. Qirgʻoqlari qoyali, tik, oʻrtacha balandlikda, jan.da past, yassi, ayrim joylarda botqoqliklar bor. Mamlakatning shim. qismida Sharqiy Afrika yassitogʻligi joylashgan, u gʻarbdan sharqqa zinapoyasimon pasay-ib boradi. Hududning kattagina semiki Mozambik payettekisligi egallaydi. Foydali qazilmalardan kumir, uran va temir rudalari, asbest, fosforit, slyuda, oltin, sharkda berilliy, niobiy, tantal, litiy ruda konlari bor.

M.ning shim. qismida iqlim subekvatorial mussonli, jan.da tropik, passatli. Mozambik payettekisligida yanv.

ning Urtachi t-rasi 26°—30°, iyulniki 15°—20°, yassitogʻlikda (qish va yezda) 3°—5° dan past. Yillik yogin 750—1000 mm, sohilda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Zambezi, Limpopo, Savi, Ruvuma. Hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Yirik sut emizuvchilar, asosan, qoʻriqxona va milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Chunonchi, Gorongoza milliy bogʻida fil, begemot, arelon, timsohlar, Marrumeu qoʻriqxonasida kafr buyvollari yashaydi. Oʻrmonlarda maymun kup. Turli ilon va qushlar uchraydi. M.da Ba-nine, Zinave, Bazaruto milliy boglari ham bor.

Aholisi, asosan, bantu tili oilasiga mansub xalqlar (makua, tsonga, malavi, shona)dan iborat. M.ning shim. qismida sharqiy bantu xalqlari, jan. qismida jan. -sharqiy bantu xalqlari yashaydi. Yevropa va Osiyodan kuchib kelganlar (portugallar, hindlar, pokistonliklar), arablar, mulatlar ham bor. Rasmiy til — portugal tili. Mahalliy tillardan — shim.da imakua va chinyanja, jan.da chishona va shangoalan tillarida koʻproq gaplashiladi. Aholining 70% mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi; qolganlari xristian va musulmonlar. Aholining 17% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Beyra, Maputu, Nampula.


Tarixi[tahrir]

M.ning eng qad. aholisi bushmenlar va gottentotyaaranr. Keyinchalik M.ga bantu tilida soʻzlashuvchi qabilalar kelib oʻrnashgan. Mil. 1ming yillikning oxiri va 2-ming yillikning boshlarida M. hududida Monomotap davlati vujudga keldi. 8-a.daarablar, 16-a. boshlarida portugallar bostirib keldi. 1629 y.gi ogʻir shartli bitimdan soʻng Monomotap davlati Portugaliyaga tobe boʻlib qoldi. 17—18-a.larda Portugaliya mustamlakachilari M. hududida qul savdosi bilan shugʻullandi. 1752 y.dan Portugaliyaning Sharqiy Afrika sohilidagi yerlarida generalkapitan boshliq mustamlaka maʼmuriyati taʼsis etildi. 1909 y. Portugaliya Jan. Afrika Itti-foqi maʼmuriyati bilan har yili M. mahalliy aholisidan 100 ming ishchini Transvaaldagi kumir va oltin konlariga majburan yuborish haqida konvensiya tuzdi.

1920 y. M.dan kelgan afrikalik talabalar Lissabonda vatanparvarlar tashkiloti — Afrika ligasini tuzdi. Keyinchalik M.da Afrika assotsiatsiyasi, mozambikliklar assotsiatsiyasi va b. tashkilotlar yuzaga keldi. Bu tashkilotlar mustamlakachilikka qarshi tuzilgan edi. 1925 y. transport ishchilari va dokerlar, 1949 y. Lorensu-Markish (hoz. Maputu)da ishchi va dokerlarning ish tashlashlari boʻlib oʻtdi. 1964 y. 25 sent.

da M.ni ozod qilish fronti - FRELIMO (1962 y.da tuzilgan) rahbarligida quroldi qoʻzgʻolon boshlandi. Portugaliya qoʻshinlariga qarshi qurolli kurash jarayonida FRELIMO oʻz armiyasini tuzdi va dastlab Kabu-Delgadu, Nyasa okruglarida, 1968 y.dan Tete okrugi atrofida jang boshladi. 1973 y. oxirida mamlakat hududining ‘/4 qismi FRELIMO nazoratiga oʻtdi.

1974 y. 25 apr. da Portugaliyada fashis-tlar istibdodi agʻdarilgach, 1974 y. 5 sent. dan Portugaliya muvaqqat hukumati bilan FRELIMO oʻrtasida muzokara olib borildi va 20 sent.da M.da hokimiyat muvaqqat hukumat qoʻliga oʻtdi. 1975 y. 25 iyunda M. rasman mustaqil davlat maqomiga ega boʻldi. 1990 y. noyab.

gacha mamlakat M. Xalq Respublikasi, soʻng M. Respublikasi deb ataldi. M.ni ozod qilish fronti hamda respublika hukumati keng ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan dastur ishlab chiqsi va uni amalga oshirishga kirishdi. Biroq portugallar koʻplab ketib qolishi natijasida malakali mutaxassislar yetishmay qoldi. Koʻpgina sanoat korxonalari toʻxtadi, q.x. ekinzorlari huvillab qoldi. Tashqi qarz oshdi, tashqi savdo qiyinlashdi. FRELIMO partiyasi sanoat va q.x.ni rivojlantirishga intilib, muhim iqtisodiy va ijtimoiysiyosiy tadbirlar oʻtkazdi. Anʼanaviy xususiy xoʻjaliklarga keng yoʻl ochildi. Qoʻshilmaslik va barcha mamlakatlar bilan doʻstlik tashqi siyosatga asos qilib olindi. M. — 1975 y.dan BMT aʼzosi. 1991 y. 27 dek.da OʻzR suverenitetini tan oldi. Milliy bayrami —25 iyun — Mustaqillik kuni (1975).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. M.ni ozod qilish fronti (FRELIMO) partiyasi, 1962 y. 25 iyunda tuzilgan; M. milliy qarshiligi partiyasi, 1976 y.da asos solingan. M. mehnatkashlari tashkiloti kasaba uyushmasi, 1983 y.da tashkil etilgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

M. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda q.x. ning ulushi 46%, sanoatning ulushi 27%.


Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

M.da yer fondi 78,3 mln. gektarni tashkil etadi, uning 44,4 mln. gektari pichanzor va yaylov, 19,4 mln. gektari oʻrmon va siyrak oʻrmon. Dehqonchilikka yaroqli 15 mln. gektar yerning faqat 5—6 mln. gektaridan foydalaniladi, qurgʻoqchilik yillarida bundan ham kamayadi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida moyli palma, yer yongʻoq, kungaboqar asosiy oʻrin oladi. Maputu, Beyra, Nampula sh.lari atrofida oziq-ovqat mu-ammosi qisman banan, loviya, pomidor va b. sabzavot hisobiga hal etiladi. Inyambane va Nampula viloyatlarida maniok, Zambeziya va Maputu viloyatlarida makkajoʻxori, oq joʻxori koʻproq ekiladi. Eng muhim ekinlar qatoriga keshyu yongʻogʻi, paxta, shakarqamish, kopra, sitrus mevalar kiradi va koʻp qismi eksport qilinadi. Sizal, jut, tamaki, choy ham yetishtiriladi.

Chorvachiligi, asosan, ichki isteʼmolni taʼminlaydi. Setse pashshasi boʻlmagan Gaza, Maputu viloyatlari, shuningdek, Manika va Sofala vilo-yatlarining bir qismi muhim chorvachilik makonlaridir. Qoramol, echki, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Dengizda baliq va b. suv jonivorlari ovlanadi.

Sanoati ning asosiy tarmoqlari, oziq-ovqat va yengil sanoat, energetika, neft sanoati, kimyo sanoati, kora metallurgiya, qurilish materi-allari sanoati va b. Maputu va Beyra sh.larida un, arahis,kungaboqar yogʻi, pivo, qandshakar, baliq konserva, goʻsht va keshyu yongʻogʻini qayta ishlash korxonalari bor. Shimoyodagi meva konservalari va sharbat i. ch. z-di Afrikadagi eng yirik shunday korxonalardan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi 40 ta toʻqimachilik korxonasidan 14 tasi Maputuda joylashgan. Ularda paxta, shuningdek kopra, sizal va jutdan turli buyumlar ishlab chiqariladi. Beyrada paypoq f-kasi, Shimoyoda jutdan qopqanor, Nakalada sizaldan yoʻgʻon va ingichka arqonlar toʻqiydigan f-ka bor. Maputu poyabzal f-kasi yiliga 1 mln. juft Maputu shahridagi milliy teatr, oyoq kiyim ishlab chiqaradi. Maputu, Beyra, Nampula, Shimoyo, Inyamin-geda yogʻochsozlik va mebel f-kalari, sellyulozaqogʻoz k-ti mavjud. Maputudagi mashinasozlik korxonalarida va-gonlar ishlab chikariladi, avtobus, mototsikl, velosiped, sovitkich yigʻiladi, kabel ishlab chiqariladi, kemalar taʼmirlanadi. Maputu, Dondo, Nakalada sement z-dlari bor. Toshkoʻmir, mis, siyrak metalli rudalar, diatomit qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 490 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi.

M.ning asosiy transport yoʻllari M. portlari orqali qoʻshni mamlakatlar — Zimbabve, Malavi, Svazilend va JAR oʻrtasida tranzit yuk tashilishini taʼminlashga xizmat kiladi. T.y. — transportning eng muhim turi. Uz. 3843 km. Avtomobil yoʻllari tarmogʻining uz. 39 ming km. Beyra — Mutare neft kuvuri qurilgan. Asosiy dengiz portlari: Maputu, Beyra, Nakala, Kelimane. Xalqaro aeroportlari: Mavalane (Maputuda) va Beyra. M. chetga mayda qisqichbaqa, keshyu yongʻogʻi, kopra, sitrus mevalar, choy, paxta, sizal, yogʻoch sotadi. Chetdan mashina va uskunalar, oziq-ovqat, pishloq, isteʼmol buyumlari, neft mahsulotlari oladi. Tashqi savdodagi mijozlari: Portugaliya, JAR, AQSH, Yaponiya, Ispaniya. Pul birligi — metikal.

Mustaqillik eʼlon qilinganidan soʻng aholiga tibbiy xizmatni yaxshilash choralari koʻrildi: xususiy kasalxona va dispanserlar davlat ixtiyoriga olindi, bepul tibbiy xizmat joriy etildi, baʼzi doridarmonlar bepul beriladigan boʻldi; aholini qizamiq, bezgak, sil kasalligiga karshi emlash yoʻlga qoʻyildi. Maputuda bezgak va b. yuqumli kasalliklarni ta-dqiq qiluvchi xalqaro markaz ochilgan. Maputu untining tibbiyot f-tida vrachlar tayyorlanadi. M.lik yoshlar chet ellardagi tibbiyot oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida ham taʼlim olib kelayotir.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

M. mustaqillikka erishgach (1975), maorif ishlari avj oldi. Savodsizlikni tugatish va katta yeshdagilarga taʼlim berish milliy boshqarmasi tuzildi, muallimlar tayyorlovchi 6 oylik maxsus kurslar ochildi. Yagona dunyoviy xalq taʼlimi davlat tizimi, umumiy majburiy boshlangʻich taʼlim joriy etildi. Hunartexnika taʼlimi kengaytirildi. Maputu yakinidagi Matol sh.chasida hunartexnika bilim yurti, Nampulada industrial ped. texnikumi, Beyra, Tete, Maputu, Imoyro, Shakva va b. shaharlarda hunartexnika kollejlari va oshirilgan toifadagi texnika kollejlari kurildi. M.dagi 6 ta maxsus oʻquv yurti q.x. uchun mexanizatorlar tayyorlaydi. Mazkur oʻquv yurtlari va maktablar uchun oʻqituvchilar E. Monddane nomidagi un-tda va maxsus markazlarda tayyorlanadi. Koʻpgina yoshlar chet ellarga borib oʻqib keladi.

Maputuda E. Mondlane nomidagi unt, ped. in-ti, M. ilmiytadqiqotlar inti, astronomiya va meteorologiya rasadxonasi, paxta tadqiqoti in-ti, sogʻliqni saqlash in-ti, geol. va konchilik xizmati bor. Maputuda milliy kutubxona, un-t kutubxonasi, Geol. xizmati kutubxonasi, Munitsipal kutubxona, Axborot va hujjatlashtirish markazining kutubxonasi, Nampulada industrialped. texnikumining kutubxonasi mavjud. 1980 y. Maputuda ishchilar uchun mamlakatda birinchi ommaviy kutubxona ochildi. Maputuda etn. va tabiat tarixi muzeyi, geol. muzeyi, Inkilob muzeyi, Milliy tarix muzeyi, Milliy sanʼat muzeyi, Beyrada Etn. muzeyi, Nampulada Badiiy galereya bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. M.da bir necha gaz. va jur. lar nashr etiladi. Yiriklari: "Vanguarda" ("Avangard", portugal tilida chikadigan oylik gaz., 1989 y.dan), "Diariu di Mozambik" ("Mozambik kundalik gazetasi", portugal tilida chikadigan gaz., 1981 y.dan), "Domin-gu" ("Yakshanba", portugal tilida chikadigan yakshanbalik gaz., 1981 y.dan), "Kampu" ("Dala", portugal tilida chiqadigan oylik gaz., 1984 y.dan), "Notisiash" ("Yangiliklar", portugal tilida chiqadigan kundalik gaz., 1926 y.dan), "Tempu" ("Vaqt", portugal tilida chiqadigan oylik jur., 1970 y.dan). M. axborot agentligi hukumat axborot agentligi boʻlib, 1975 y.da tuzilgan. M. radiosi qukumatga qarashli radiost-ya, 1975 y.da asos solingan. M. televideniyesi, hukumat xizmati, 1981 y.da tuzilgan.


Adabiyoti[tahrir]

M. xalqlarining folklori koʻp janrli va koʻp tilli boʻlishiga qaramay, kam oʻrganilgan va yozma adabiyotda toʻliq ifodalanmagan. Ammo koʻpgina shoir va yozuvchilarning ijodida folklorning taʼsiri sezilib turadi. M.da madaniy va ijtimoiy oʻzlik namoyon boʻlishining ilk shakli jurnalistika boʻlgan. Jurnalistika 20-a. boshlarida portugal mustamlakachilari oʻtkazayotgan maʼnaviy qorishish siyosatiga qarshi norozilik ifodasi tarzida paydo boʻldi. 1918 y.da asos solingan "Bradu afrikanu" haftanomasining afrikaliklar uyushmasi mu-stamlakachilikka qarshi ruxda boʻlib, unda aka-uka Juan va Joze Albazini hamda atoqli jurnalist, M. adabiyoti asoschisi E. Diash hamkorlik qildilar. M.da badiiy adabiyot portugal tilida 20-a.ning 20-y.larida paydo boʻldi, unda 2 ta — mustamlakachilikka tarafdor va unga qarshi yoʻnalish tarkib topdi. Xalqchil adabiyot namoyandalari J. Albazini ("Gʻam-gʻussa kitobi"), R. di Noronya va b. mustaqillik ruhida kitoblar yozishdi. 2jaxrn urushidan keyin M. adabiyotida realistik tamoy-il kuchaydi. J. Kraveyrinye va Noemiya di Sozning otashin sheʼrlari, M. dush Santushning joʻshqin publitsistikasi xalqni ozodlik kurashiga ruhlantirdi. J. Diashning hikoyalar toʻplami — "Godido" qullarcha itoatgoʻylikni itqitib tashlashga chaqirdi. Key-ingi yillarda L. Bernardu Onvana va O. Mendish qurolli kurash bosqichlari, shoirlardan R. Nogar, E. Gebuza, S. Viyeyra atrof dunyoni qayta qurish haqida yozdilar. Adabiyotning badiiy shakli oʻzgarib, tili soʻzlashuv nutqiga yaqinlashib borayotir. Yozuvchilar ma-xalliy bantu guruhi tili ga tobora tez-tez murojaat qila boshladi.

Meʼmorligi, tasviriy va amaliy sanʼati. Vumba togʻi yon bagʻirlaridagi suratlar M. hududidagi eng qad. yodgorliklardir. Ular ohularning , yalangʻoch va kiyimli odamlarning qizil boʻyoqda tasvirlangan rasmlaridan iborat. Oʻrta asrlardan bir qancha shaharlarda portugal istehkomlari (Mozambik sh.dagi qalʼa, Mozambik o.dagi San-Sebash-tyan qalʼasi) qolgan. Zamonaviy meʼmor A. Guyedish loyihasi asosida qurilgan murakkab tuzilishdagi turar joylar va jamoat binolari (Chikumbandagi q.x. maktabi, Inyambanedagi kottej va b.) shaharlar meʼmoriy qiyofasiga oʻziga xoslik baxsh etgan. Odatda, M. xalqlarining uylari 2 to-ifada quriladi. Dengiz sohilida turar joylar yogʻoch va chiviqlardan, toʻgʻri burchak tarhli qilib solinadi va ustidan loy bilan suvaladi, tomi 2 tomonga nishab qilib, oʻt-oʻlan bilan yopiladi. Mamlakat ichkarilarida esa uylar dumaloq, oʻrtasiga ustun oʻrnatilib, tomi konus shaklida qamish va shox-shabba bilan yopiladi. Uy devorlariga koʻpincha rangbarang boʻyoklarda jonivorlar suratlari va turli rasmlar solinadi. Derazalarga naqshlar tushiriladi. 20-a.ning 2-yarmida shaharlarda yevropacha imoratlar kurila boshladi.

Amaliy va tasviriy sanʼatida yogʻochdan erkak va ayollarning , bola koʻtargan onalarning haykalchalarini, turli shakllarni yasash, savat va bordon toʻqish, zarang idishlar yasash va ularni bezash odat boʻlgan. Oshqovoq poʻstlogʻidan idishlar qilinadi, sopol idishlarga botiq va boʻrtma naqshlar tushiriladi. Uy eshiklari, mebellar oʻymakorligi urf boʻlgan. 19-a.ning 40-y.

laridan milliy rangtasvir maktabi vujudga kela boshladi (birinchi rassom ayol Bertina Lopish). 50-y.larda bir guruh rassom va haykaltaroshlar voyaga yetdi (rassomlar V.G. Malangatan va A. Chissanu, haykaltarosh N. Langa, rangtasvirchi V. Mankeu, Mashaana, Mukaveli va b.).


Musiqasi[tahrir]

M. musiqiy madaniyati qad. Xalq urf-odatlari, toʻytomoshalar, chaqaloq tugʻilishini nishonlash kabi marosimlar musiqasiz oʻtmaydi. Qoʻshiq, raqs, mashshoqlik xalq kundalik hayotiga singib ketgan. Urib chalinadigan asboblar xilma-xil boʻlsa ham, ammo ksilofon asosiy oʻrinda turadi, uning 50 dan ortiq turi mavjud. Ansambllarda doʻmbira va ksilofondan tashqari, qarsildoq, shiqildoq va qoʻngʻiroqlar katta oʻrin tutadi. Puflama cholgʻular orasida bambuk va qamish naylar, suyak va yogʻoch hushtaklar, burgʻular, tilchali-klavishli chol-gʻulardan mbira, bir torli sozlardan kamonsimon chitende, katimbva, gʻijjakka oʻxshagan takare, rebeka va b., koʻp torli sitra (bangue, pango) ommalashgan. Musiqiy asboblar chalish, asosan, erkaklarning ishi boʻlsa, qoʻshiqlarni erkaklar ham, ayollar ham aytaveradi (ammo aralash xor kamdankam uchraydi). M.da anʼanaviy musiqa bilan bir qatorda arab va portugal musiqiy madaniyati taʼsiridagi qoʻshiq va raqslar ham paydo boʻldi. Musiqa sanʼatini targʻib qilish uchun Milliy qoʻshiq ansambli tuzilgan.


Kinosi[tahrir]

Dastlabki hujjatli lentalar: "Nachingvea" (1974) va "Rovumdan Maputugacha" (1975)da milliy ozodlik kurashidagi gʻalabalar aks ettirildi. Ularda savodsizlikni tugatish, turmushdagi poklik va ozodlik mavzulari ham aks etgan. 1975 y.da tuzilgan Milliy kino in-ti filmlar i.ch. va prokat qilish, kino axborot tarqatish va b. mamlakatlar bilan kino ayirboshlash bilan shugʻullanadi. "Yigirma besh" (1977, rej. Z.S. Korrea va S. Lukash), "Mustaqillik yili" (1978, rej. F. Silva), "Leopold" operatsiyasi" (1980, rej. K. di Soza), "Ozod ovozlar" (1981, rej. J. Koshta) salmoqli filmlar jumlasiga kiradi. "Mueda: qirgʻinbarot xotiralari" (1980, rej. R. Gerra) deb atalgan birinchi tuda metrajli badiiy film milliy ozodlik kurashini ifodalaydi. Birinchi rangli film "Kuyla, birodarim" (1982) milliy musiqiy festivallarga bagʻishlangan. Multfilmlar ham yaratila boshladi.[1]

Mozambik (Mozambik Respublikasi) poytaxti — Maputu shahri. BMT aʼzosi MOZAMBIK (Mocambique), Mozambik Respublikasi (Republica de Mozambique) — Afrikaning janubi-sharqiy sohilidagi davlat. Portugaliyaning sobiq koloniyasi 1975 yilda mustaqil davlat bo’lgan. Mozambik sharqida Hind okeani sohillari va Tanzaniya, Malavi va Zimbabve shimoli garbiy, Svazeland va JAR bilan janubiy chegaradosh mamlakat. Maydoni 801,6 ming km kv. Aholisi 21 284 700 kishi (2008). Poytahti — Maputu shahri. Ma’muriy jihatdan 11 viloyat (provincia)ga bo’linadi. Maputu shahri ham viloyat maqomiga ega.

Hududiy bo'linishi[tahrir]

Mozambik 11 provinsiyaga bo'linadi.

Provinsiya Markazi Maydoni, km.kv Aholisi (1997), min. kishi
2 Gaza Shai-Shai 75 709 1034
11 Zambeziya Kelimane 105 008 3202
3 Inyambane Inyambane 68 615 1112
1 Kabu-Delgadu Pemba 82 625 1284
4 Manika Shimoyo 61 661 975
5 Maputu(shahar) Maputu 602 1098
6 Maputu (provinsiya) Maputu 25 756 809
7 Nampula Nampula 81 606 3065
8 Nyasa Lishinga 129 056 764
9 Sofala Beyra 68 018 1380
10 Tete Tete 100 724 1149

Mamlakat poytahti — Maputu (1200 min. kishi.). Yirik shahari: Beyra (412 588 kishi.), Nampula (230 min. kishi.), Inyambane (150 min. kishi.), Tete (100 min. kishi.). Asosiu portlari: Beyra, Nakala, Kelimane.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil