Kuba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kuba Respublikasi
Kuba davlat bayrogʻi   Kuba davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: patria o muerte venceremo
(Ispancha: fatherland or death, we will win!)
Madhiya: La Bayamesa
(The Bayamo Song)
Kuba Xaritasi
Poytaxt Gavana
Rasmiy til(lar)
Hukumat Bitta-partiyalik davlat
 •  Davlat va Vazirlar Kengashi Prezidenti   Raúl Kastro
Mustaqillik  
 •  Ispaniyadan   10 dekabr 1898
 •  AQSh ma'muriyatidan   20 may 1902
Maydon  
 • Butun 110,860 km² (105-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 11,346,670 (70- oʻrin)
 • Zichlik 102/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$37,240 mil. (89-)
 • Jon boshiga AQSh$3,282
Pul birligi Cuban Peso (CUP)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma CU
Internet domen .cu
Telefon prefiksi +53


Kuba (Cuba), Kuba Respublikasi (República de Cuba) — Vest-Indiyadagi davlat. Kuba o. va Katta Antil o. lari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan. Maydoni 110,86 ming km². Aholisi 11,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ganava shahri Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan.

Davlat tuzumi[tahrir]

K. — sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 yil umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992 yil da tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ — Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Fidel Kastro Rus) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi — Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Tabiati[tahrir]

K. hududi, asosan, tekislik. Kir va togʻlar K. ning 1/3 qismini egallagan. Kuba o. ning markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (balandligi 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning jan.-sharqida. Jan. sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (balandligi 1974 m li Turkino choʻqqisi K. ning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va boshqa, Xuventud (Pinos) o.da nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.

Iqlimi — tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum — may — okt. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 22,5°, avg . niki 27,8°. Minimal temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura 40°ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000– 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyabr

dan apr.gacha, asosan, K.ning jan.dagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi — Kauto (oʻz. 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.

K. hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun K.ning hozirgi tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari — kolibri, toʻtilar va mayda taskaralar. Kaltakesaqlar, toshbaqa, timsoh, boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va boshqa; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.

Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aqoli — indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili — ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, Sʼyenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa- Klara va boshqa

Tarixi[tahrir]

Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan ilgariroq ham K.da indeys qabilalari yashagan. 7—9-asrlarda K.ga Jan. Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari koʻchib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullangan. 15-asr oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492 yil okt.da X. Kolumb ekspeditsiyasi yetib kelgan. Oʻsha vaqtda K.da aranak indeys qabilalari yashardi. 1510 yil uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar oʻz sardorlari — Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Ogʻir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.

Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (18-asr oxirlarida) K. xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810—26 yillardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida K. yer egalarining ilgʻor qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish uchun kurashdi. Vatijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va boshqalar) majbur boʻldi va bu narsa K.ning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. 19-asrning 20-yillaridan K, da gaz.lar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo boʻldi. Ular oʻz oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qoʻydi. 1844 yil negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.

19-asrning 30-yillarida K.da dastlabki tamaki va sigara f-kalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.

1868 yil 10 okt.da Oryente viloyatida K. M. de Sespedes rahbarligida K. vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest K. xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 yil lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886 yil quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892 yil X. Marti AQSH da K. inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895 yil 24 fevralda Oryente viloyatida K. mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895 yil sentabrda K. Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897 yil noyabrda Ispaniya K.ga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida K.ning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898 yilapr.da AKSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, K. rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898 yildan 1902 yilgacha AQSH tasarrufida boʻldi.

1903 yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AKSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.

1925 yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934 yil yanv.da hukumat F. Batista kuliga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrvatdi. 1935 yil martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944— 48 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va h.k. hukumatni demokratik tashqilotlarga yon berishga majbur etdi.

1952 yil 10 martdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni yava F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshladi. 1953 yil 26 iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Pekin bu qujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari hibsga olinib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955 yil keng jamoatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv eʼlon qildi. F. Kastro AQSH ga, soʻng Meksikaga ketdi va u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chikdi. 1956 yil 2 dek.da F. Kastro boshchiligidagi guruh "Granma" yaxtasida K.ga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.

1957 yil 13 martda talabalarning "Inqilobiy direktorat" degan siyosiy tashkiloti Batista hukumatini yuqotish maqsadida prezident saroyiga bostirib kirdi. 1959 yil 1 yanv. kechasi Batistahokimiyati agʻdarildi. 1959 yil fevralda F. Kastro boshliq hukumat tuzildi. O. Dortikos Torrado prezident boʻldi. __ K. — 1945 yildan BMTaʼzosi. 1992 yilda OʻzR mustaqilligini tan olgan. Milliy bayramlari: 1 yanv. — Ozodlik kuni (1959), 26 iyul — Milliy qoʻzgʻolon kuni (1953).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

K. kommunistok partiyasi, 1961 yilda 3 tashqilot: K. xalq sotsialistax partiyasi, "26 iyul harakati" va "13 mart inqilobiy direktorati"ning birlashuvi natijasida vujudga kelgan. K. mehnatkashlari kasaba uyushma markazi 1939 i. da tuzilgan, 19 ta tarmoq kasaba uyushmasini birlashtiradi.

Xoʻjaligi[tahrir]

K. — agrar-industrial mamlakat. Davlat sektori sanoat ishlab chiqarish ning hammasini, qurilish va savdoni, transportning 98% ni, qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerdarning 80% ni oʻz ichiga oladi. Yalpi milliy daromadni hosil qilishda sanoatning ulushi 46%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 15,9%..

Qishloq xoʻjaligining asosi — shakarqamish yetishtirish. Ekinzorlarning yarmiga (1,5 mln. ga yerga) shakarqamish ekiladi. Tamaki, kofe, mango, don va dukkaqlilar, sholi, ildizmevalilar, meva, sitrus, moyli ekinlar, paxta va boshqa, yil boʻyi sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Ananas, banan, qovun daraxti, kokos palmasi, kanop anchagiva maydonni egallaydi. Chorvachiligi, asosan, goʻsht-sut yoʻnalishida. Qoramolchilik, choʻchqachilik, parrandachilik rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi.

Sanoati[tahrir]

Qand-shakar ishlab chiqarish — K. sanoatining yetakchi tarmogʻi. Eng katta va texnik jihatdan yaxshi uskuvalangan z-dlar Santyago-de-Kuba va Kamaguey viloyatlarida. Oziq-ovqat sanoati (qanddan tashqari) un tortish va non yopish korxonalaridan, goʻsht k-tlari, sut-sariyogʻ, moy z-dlari va boshqa dan iborat. Soya moyi va aralash yem, yer yongʻoq, palma moylari va boshqa ishlab chiqariladigan z-dlar bor. Tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladigan f-kalar mavjud. Kimyo sanoati, asosan, chetdan olinadigan xom ashyo va yarim fabrikat asosida ishlaydi. 1 yilda oʻrtacha 15,8 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Gazlama va toʻqimachilik buyumlariga boʻlgan ehtiyoj 50—60% taʼminlanadi. Toʻqimachilik k-ti va f-kalari bor. Koʻn poyabzal sanoati mamlakat ehtiyojini asosan taʼmin etadi. K.da yirik sement z-di, temir-beton konstruksiyalar, gʻisht va boshqa z-dlar, uysozlik k-ti, oyna-shisha kti bor.

Konchilik sanoati va rangli metallurgiya nikelli, misli va boshqa ruda qazib olish va ularni boyitish korxonalaridan iborat. Nikel qazib chiqarishda K. dunyoda 3-oʻrinda turadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, dizel motorlari z-dy, elektrodlar f-kasi, kema qurish va taʼmirlash korxonalari mavjud. Soʻnggi vaqtlarda xalqaro sayyohlik rivojlanib, valyuta tushumlari manbalari orasida birinchi oʻringa chiqdi.

Transporti[tahrir]

Ichki aloqalaruchun avtomobil transporti muhim ahamiyatga ega. Kuba ning oʻz. — 4,8 ming km. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 14,5 ming km. Eng yirik portlari — Ganava va Santyago-de-Kuba.

K. chetga shakarqand, ruda va ruda konsentratlari, nikel, sitrus mevalar, ichimlik, tamaki va tamaki mahsulotlari chiqaradi. Chetdan asbob-uskuna, transport vositalari, neft va neft mahsulotlari, gʻalla, oziq-ovqat, yogʻoch va h. k. olinadi. Tashqi savdoda RF, Lotin Amerikasi va Yevropadagi baʼzi mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Kuba pesosi.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Vrachlar universitetlarning tibbiyot f-tlarida, hamshiralar bilim yurtlarida tayyorlanadi. K.da SanVisente, San-Diyego-delos-Banʼos, Santa-Fe va boshqa mashhur kurortlar bor.

Maorifi, ilmiy va madaiiy-maʼrifiy muassasalari. 1961 yil gi qonunga binoan, maorif davlat ixtiyoriga olindi va oʻqish bepul qilindi, 9 yil lik (6 yil lik boshlangʻich va 3 yil lik asosiy oʻrta) majburiy taʼlim joriy etildi. Hamma oʻquv yurtlarida stipendiya beriladigan boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Ganava unti, Santyago-de-Kuba, Santa-Klara, Kamaguey universitetlari, Ganava yaqinida Oliy ped. instituti, Milliy sanʼat maktabi, chet tillar oliy instituti va boshqa Eng yirik kutubxonalari: Xose Marti nomidagi Milliy kutubxona, Ganava universiteti kutubxonasi. Ganavada Milliy muzey, Xalq sanʼati muzeyi, Inqilob muzeyi, Antropologiya muzeyi va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz. va jur.lari: "Granma" (kundalik gaz., 1965 yildan), "Trabaxadores" ("Mehnatkash", haftalik gaz., 1970 yildan), "Tribuva de la Ganava" ("Ganava minbari", haftanoma, 1980 yildan), "Adelante" ("Olgʻa", gaz., 1959 yildan), "Vanguardia" ("Ilgʻor", gaz., 1962 yildan), "Venseremos" ("Biz yengamiz", gaz., 1972 yildan), "Viktoria" ("Gʻalaba", gaz., 1967 yildan), "Muxeres" ("Ayollar", oylik jur., 1961 yildan), "Xiron" (gaz., 1960 yildan), "Eskambray" (gaz., 1979 yildan) va boshqa Milliy axborot agentligi — hukumatning rasmiy agentligi, 1974 yilda tuzilgan; Prensa Lativa, Lotin Amerikasi axborot agentligi, 1959 yilda asos solingan, Ganavada joylashgan. K. radioeshittirish va telekoʻrsatuv instituti davlat muassasasi boʻlib, u 1962 yilda tuzilgan, mamlakatdagi radioeshittirish (1922 yildan boshlangan) va telekoʻrsatuvlarni (1950 yildan boshlangan) nazorat qiladi. 1997 i. mamlakatda 5 milliy, 1 xalqaro, 14 viloyat va 31 munitsipal radiost-ya ishladi. K. televideniyesi Ganavada joylashgan.

Adabiyoti[tahrir]

S. Bilbaoning "Sabr koʻzgusi" dostoni (1608) K. adabiyotining birinchi mashhur asarlaridan sanaladi, unda mahalliy aholining turmushi aks ettirilgan. 18-asr boshlaridan kitob nashr etila boshlashi, Ganava universiteti ochilishi, davriy nashrlar paydo boʻlishi K. adabiyotining rivojlanishiga yordam berdi. 18-asr oxirlarida Fransiyadagi burjua inqilobi va Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun urushlar taʼsirida K. yozuvchilari (M. de Sekeyra-i-Arango, M. X. de Ruvalkana, B. P. Ferrer va boshqalar) Ganava vatanparvar jamiyati (1793) atrofiga toʻplanib, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib qildilar. 17—18-asr larda kreol va negr xalqi sheʼriyati rivojlandi. 19a. da romantizm yoʻnalishida, mustamlakachilikni qoralash ruhida asarlar yaratildi. X. Marti "Urush shoirlari" kitobida shoirlarning vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlarini toʻpladi. Romantik prozaga X. A. Echeverria asos soldi. S. Vilyaverde, R. Mesa, N. Eredia romanlarida realistik tamoyillar aks etdi.

Zavonaviy ilgʻor adabiyotga asos solgan X. Marti ijodi inqilobiydemokratik romantizmdan realizmga rivojlanib bordi. Uning "Erkin sheʼrlar", "Oddiy sheʼrlar" turkumlariga kiritilgan sheʼrlari mustamlakachilikka vafrat, erksevarlik ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ispaniyaga qarshi urush (1895—98) taʼsirida ijtimoiy sheʼriyat vujudga keldi. R. E. Boti, A. Akosta ishqiy lirikaga murojaat qilishdi. R. Pedroso, M. Vanarro Luva va boshqa shoirlar oʻtkir ijtimoiy mavzularni qalamga oldilar. 1920-yillar oxirida X. S. Talyet va R. Girao Afrika-Kuba poeziyasi (negr folklori va raqslari zaminida asar yaratish)ga asos soldilar. Lotin Amerikasi adabiyoti tarixida A. Karpentyer ijodi katta oʻrinni egallaydi. Uning "Aroziy saltanat", "Yoʻqolgan izlar", "Maʼrifat asri" romanlari mashhur. Isteʼdodli shoir N. Gilyenning adabiy faoliyati 30-yillar avvalida boshlandi. K.ning zavonaviy adabiyotida shoirlardan A. Auxyer, F. Hamis, R. Retamar, prozachilardan X. Poʻng , S. Mante, M. Kofino va boshqa barakali ijod qilmokdalar.

K. adiblaridan Baragono Xosening "Pentagonda", Gilyen Nikolasning "Ballada", Kostelyanos Xesusning "Bayroq", Vanarro Luva Manuelning "Biz yengamiz", Hamis Fayyatning "Ozodlik uchun" kabi asarlari oʻzbek tili ga tarjima qilingan.

Meʼmorligi[tahrir]

Qishloq joylarda indeyslar sinchli kulbalar ("boyo"), qoziqoyoqlar ustiga omborlar qurishi 20-asr gacha davom etdi. 16-asrda Ganava, Santyago-de-Kuba, Trinidad va boshqa shaharlar qurildi. Ularda salobatli binolar, toʻgʻri koʻchalar, markaziy maydonida cherkov va ratoʻshalar barpo etildi. 18-asrda binolar ispancha va me-sikacha barokko hamda klassitsizm uslubida kolonnalar, ravoklar, rangdor naqshlar bilan bezatildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Ganava va Trinidad ning bosh maydonlarida meʼmorlik majmualari paydo boʻldi. 20-asr boshlarida Gavanada eklektika ruhida va modern uslubida, 1920—30 yillarda Yevropa va Amerika zamonaviy meʼmorligi uslubida koʻp qanatli binolar qurila boshladi (Telefon kompaniyasining binosi, Milliy Kapitoliy, Nafis sanʼat saroyi va boshqalar). 1960-yillardan bir xil koʻrinishdagi ommaviy turar joylar qurish avj oldi. Yangi uy-joy dahalari qurildi. Soʻnggi yillarda keng xiyobonlar va temir-betondan koʻp qanatli zavonaviy uylar barpo etildi. Bunday uylarning yon-atrofida maktablar, bolalar bogʻchalari, savdo va madaniy markazlar, sport maydonchalari, suv havzalari va gulzorlar paydo boʻldi. Sanoat va transport in-shootlari, oʻquv binolari, kasalxonalar, tibbiyot markazlari, poliklinikalar, sport majmualari va dam olish zonalari qurildi. K. meʼmorlari orasida mashhurlari: R. M. Franko, F. Salinas, R. Porro va boshqa

Tasviriy sanʼati[tahrir]

Indeyslarning kad. sanʼati namunalaridan gʻorlardagi suratlar, sopol idishlar, yogʻoch va toshdan ishlangan sanamlar saqlangan. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida diniy mavzudagi rasmlar va tarixiy voqea manzaralari, mashhur arboblarning portretlari, xalq turmushini ifodalovchi suratlar dunyoga keldi. X. N. dela Eskalera, V. Eskobar, X. B. Vermay, V. P. de Landaluse, F. Miale kabi rassomlar xalq turmushiga xos manzaralarni tavsirladilar. Mamlakat Ispaniya zulmidan qutulgandan keyin tarixiy voqealar, jangu jadallar tasvirlangan vatanparvarlik ruhidagi suratlar koʻpaydi. Haykaltaroshlikda ham realizm, millat turmushiga eʼti-bor namoyon boʻldi (X. Sikre, T. Ramos Blanko, E. Betankur). Novator rassomlar V. Garsia, A. Gattorno, X. Arche, E. Avela, K. Enrikes va boshqa xalq turmushini zoʻr ehtiros bilan tasvirladilar. Keyingi yillarda umumlashma ramziy obrazlar yaratishga intiluvchi K. Gonsales, A. Posse, S. Moreno, A. Benites kabi rassomlar tarixiy va zamonaviy mavzularda asarlar yaratdi.

Musiqasi Yevropa, birinchi navbatda, Ispaniya va Afrika musiqasi asosida tarkib topdi. Afro-Kuba musiqasida ispancha ohanglar negrcha raqs bilan uygʻunlashgan. 16—18-asr larda cherkov xonishchilar maktablari musiqa madaniyatining rivojlanish markazi boʻlgan. 1776 yil Ganavada "Koliseo" teatri qurildi. 1816 yil "Santa Sesiliya" musiqa akademiyasiga asos solindi. 19-asr boshlarida K. xalq musiqasi janrlari va milliy mavzular bilan bogʻliq opera-buffa shakllandi. 19-asr oʻrtalarida milliy kompozitorlik maktabi vujudga keldi. 1898 yil E. Sanches de Fuentesning milliy mavzudagi birinchi operasi —"Yumuri" sahvalashtirildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida klassik va xalq musiqasi jamiyatlari, Gavana konservatoriyasi va simfonik orkestrlar paydo boʻlib, kompozitorlik ijodiyoti ravvak, topdi. K. inqilobi (1959) dan soʻng ijodiy jamoalar qayta tuzilib, yangilari tashkil etildi, ommaviy ashula janri rivojlandi. A. D. Kartaya "26 iyul marshi"ning matnini va musiqasini yaratdi. Kompozitorlardan N. Rodriges, K. Puebla, K. Farinyas, T. Kastelyanoslar mashxur boʻldi. Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa va "Ilhom-XX" kamer musiqa festivallarida K. kompozitorlarining asarlari ham ijro etilmokda.

Teatri[tahrir]

K.da qadimdan indeyslarning areito deb ataladigan teatr tomoshalari koʻrsatib kelingan. 16-asr da teatr sanʼati ispan diniy teatri taʼsirida rivojlandi. 17-asrda dastlabki dunyoviy teatr truppalari vujudga keldi. 18-asr ning 1-yarmida kubalik muallifning (S. Pite deb taxmin qilinadi) "Shahzodabogʻbon yoki soxta Kloridano" degan dastlabki asari paydo boʻldi. 1838 yil Ganavada 3 ming oʻrinli "Takon" teatri ochildi. Unda drama, opera va balet spektakllari qoʻyildi. 1910 yil da teatr jamiyati tuzildi, jur.lar nashr etildi, yangi truppalar, jumladan, "Kueva" teatri (1936) tashqil topdi. 1941 yil Ganavada aktyorlar va rej.lar tayyorlash uchun Dramatik sanʼat akademiyasi va Gavana universiteti qoshida teatr maktabi ochildi. 40—50 yillarda P. Alfonso, K. Felipe va boshqa dramaturglar turli mavzularda asarlar yaratdi. Teatrlarning repertuarlaridan jahon mumtoz dramaturgiyasining namunalari oʻrin oldi. Gavanada K. milliy teatri (1959), Eksperimental teatr (1961), Milliy qoʻgʻirchoq teatri (1963), Teatr uyi (1964), Bolalar va oʻsmirlar birlashgan milliy teatri (1966) bor. Ular milliy dramaturglardan V. Pinyera, X. Triana, A. Estorino, R. Ferrer, E. Kintero pyesalarini, jahon klassikasi asarlarini sahnalashtirgan.

Kinosi[tahrir]

K.da kinoxronika va hujjatli filmlar 1897 yildan suratga oliva boshlagan. 1910—20 yillarda rej.lardan E. D. Kesela va R. Peon muntazam kino ishlab chiqarishga asos soldilar. 30—40-yillarda ayrim kinofilmlardagiva K. hayoti koʻrsatildi. Ekranlarda, asosan, AQSH kinofilmlari namoyish etildi. 1959 yil Ganavada K. kino sanʼati va kino sanoati instituti barpo etilgandan keyingi va chinakam milliy kino sanʼati vujudga keldi. Koʻpgiva hujjatli filmlarning rej.lari S. Alvares, X. Espinosa, T. Alea, A. Roldan badiiy kinematografiyaning yetakchi arboblari boʻlib qolishdi. Multiplikatsi-on filmlar ishlab chiqarish rivojlandi. K. da 450 dan ortiq kinoteatr bor. 1961 yildan "Sine Kubano" ("Kuba kinosi") jur. nashr etildi. Keyingi yillarda "Xuan Kinkin sarguzashtlari" (rej. X. G. Espinosa), "Lyusiya" (rej. U. Solas), "Melya" (rej. E. P. Barnet), "Rancheador" (rej. S. Xiral) va boshqa kartivalar tomoshabinlarga manzur boʻldi. Ganavada Lotin Amerikasi kinosi xalqaro festivali oʻtkazib turiladi.[1]

Kuba (Kuba Respublikasi) poytaxti - Havana shahri. BMT a'zosi

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil