Kontent qismiga oʻtish

Rojdestvo oroli (Avstraliya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rojdestvo oroliHind okeanining sharqiy qismidagi orol, Avstraliya ittifoqi boshqaruvi ostida. Maydoni 156 km². Eng baland joyi 356 m hisoblanadi.

Boshqaruv shakli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol aholisi federal saylovlarda Shimoliy hudud bilan birgalikda ovoz beradi (Senatda — Shimoliy hudud okrugi, Vakillar palatasida — Shimoliy hududning bir qismi bilan birga), taʼlimni boshqarish Gʻarbiy Avstraliya shtati qoʻlida. Baʼzi xizmatlar Gʻarbiy Avstraliya tomonidan ham boshqariladi. Orolliklar oʻzlarining mintaqaviy kengashini saylaydilar. Federal hokimiyat Administrator tomonidan boshqariladi. Orollar bilan bog‘liq qonunlar ham federal parlament tomonidan qabul qilinadi.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rojdestvo orolida eng keng tarqalgan xalqlar xitoyliklar 21,2%, avstraliyaliklar 12,7%, malaylar 12,0%, inglizlar 10,9% va irlandlar 2,3%. Rojdestvo orolida odamlarning 38,5 foizi Avstraliyada tugʻilgan.

Diniy tarkib jihatidan aholining asosiy qismini musulmonlar (19,4%) — asosan malaylar va ayrim xitoyliklar — tashkil etadi. Shuningdek, buddistlar 18,1%, xristianlar (asosan katoliklar) 8,9%, ateistlar 15,2% ni, diniy mansubligini ko‘rsatmaganlar esa 27,9% ni tashkil qiladi.

Orolda 12 yoshgacha boʻlgan 300 ga yaqin bola tahsil oladigan oʻrta maktab faoliyat yuritadi.

Federal saylovlarda aholi Shimoliy hududning Dingiri saylov okrugi bo‘yicha ovoz beradi, biroq xizmatlarning katta qismi G‘arbiy Avstraliyaga bo‘ysunadi.

Orol Pert shahridan 2360 kilometr shimoli-g‘arbda va Jakarta shahridan taxminan 500 kilometr janubda joylashgan.

Orol vulqondan kelib chiqqan. Eng baland nuqtasi dengiz sathidan 361 metr balandlikda. Orol tropik iqlimga ega. Yillik oʻrtacha harorat 27°C atrofida. Yogʻingarchilik miqdori ancha yuqori — yiliga taxminan 2000 mm. Orolda bir nechta kichik daryolar mavjud boʻlib, ular aholini ichimlik suvi bilan taʼminlaydi. Orolning maydoni 135 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.

Orol oʻz nomini 1643-yil Rojdestvo kunida kashf etilgani uchun oldi. Britaniyalik dengizchi Uilyam Dampir 1688-yilda orolga tushgan va uni tasvirlagan birinchi yevropalik edi. 1888-yilda orolda kalsiy pirofosfat koni topilgan, shundan soʻng u Buyuk Britaniya tomonidan anneksiya qilingan va orolni mustamlaka qilish boshlangan. 1900-yilda orol Angliyaning Streyts-Setlments koloniyasi tarkibiga kirdi.

Ikkinchi jahon urushi paytida orol Yaponiya tomonidan bosib olingan.

1946-yilda Streyts-Setlments parchalanganidan soʻng, Rojdestvo oroli Singapur koloniyasiga qoʻshildi. 1958-yilda Avstraliyaga topshirilgan. Orolni boshqarish Avstraliya hukumatining rasmiy vakili tomonidan amalga oshiriladi.

2010-yil 15-dekabr kuni asosan Iroq va Erondan kelgan 90 ga yaqin muhojirni olib ketayotgan kema Rojdestvo oroli qirgʻoqlari yaqinida choʻkib ketdi. Bortda 48 kishi halok boʻldi; Tirik qolganlarning 42 nafari qutqarildi.

1895-yildan boshlab fasfat qazib olish va eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aynan shu sanoat orolda doimiy aholi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Kondagi fosfat tugagach, 1987-yilda fosfat qazib olish to‘xtatildi va orol ekologik turizm markaziga aylandi. Hududning 63% ni milliy bogʻ egallaydi.

2001-yilda Avstraliya hukumati Rosaviakosmos bilan Rojdestvo orolida kosmodrom qurish toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Ushbu loyiha uchun “Avrora” raketasi loyihasi ishlab chiqilib, 2003-yilda boshlangʻich kompleks loyihasi tayyorlanayotgani eʼlon qilindi. Kosmodrom loyihasi moliyaviy mablagʻ yetishmasligi tufayli amalga oshirilmadi.