Bosniya va Gersegovina
Bosniya va Gersegovina Bosna i Hercegovina Босна и Херцеговина | |
|---|---|
| Shior: Yoʻq | |
|
Madhiya: Intermeco, Avvalgisi: Jedna i Jedina (Yakka va yagona) | |
|
| |
| Poytaxt | Sarayevo |
| Rasmiy til(lar) |
Bosniya tili Serbiya tili Xorvat tili |
| Hukumat | Semi-Prezidentlik Davlat |
| Valentin Inzko Prezidentlik raisi | |
| Šefik Džaferović | |
| Željko Komšić | |
| Milorad Dodik | |
| Denis Zvizdić | |
| Mustaqillik (Yugoslaviyadan) | |
• Sana |
1-mart, 1992 |
| Maydon | |
• Butun |
51,129 km2 (128-oʻrin) |
• Suv (%) |
0.8 |
| Aholi | |
• 2012-yilgi roʻyxat |
3,531,159 (124-oʻrin) |
| • Zichlik | 69/km2 |
| YIM (XQT) | 2008-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$29,804 mil. (99-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,634 |
| Pul birligi | Convertible Marks (BAM) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
| UTC+2 | |
| Qisqartma | BK |
| Telefon prefiksi | 387 |
| Internet domeni | .ba |
|
| |
Bosniya va Gersegovina (Inglizcha: Bosna i Hercegovina), Bosniya va Gersegovina Respublikasi — Bolqon yarimorolining markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni — 51 209 km²[1] (19 772 sq mi, dunyoda 125-oʻrin). Aholisi — 3 531 159 kishi (2024). Poytaxti — Sarayevo shahri. Aholisi — 3 434 000[1] kishi (dunyoda 135-oʻrinda turadi). Bosniya va Gersegovina federal davlat boʻlib, 2 ta davlatdan- Bosniya va Gersegovinadan tashkil topgan. Janubi-gʻarbiy qismida Adriatika dengiziga chiqadi (taxminan 20 km qirgʻoq chizigʻi).
Bu hududda hech boʻlmaganda yuqori paleolit davridan beri yashab kelgan, ammo maʼlumotlarga koʻra, neolit davrida doimiy aholi punktlari, shu jumladan Butmir, Kakanj va Vuchedol madaniyatlariga tegishli boʻlganlar tashkil etilgan. Birinchi hind-evropaliklar kelgandan soʻng, bu hududda bir nechta Illiriya va Keltlar sivilizatsiyalari yashagan . Bugungi kunda bu hududda yashaydigan janubiy slavyan xalqlarining ajdodlari VI—IX asrlarda kelishgan. XII asrda Bosniya Banati tashkil topdi; XIV asrga kelib, bu Bosniya Qirolligiga aylandi. XV asr oʻrtalarida u Usmonli imperiyasiga qoʻshildi, uning hukmronligi ostida XIX asr oxirigacha qoldi ; Usmonlilar mintaqaga Islomni olib keldilar. XIX asr oxiridan Birinchi jahon urushigacha mamlakat Avstriya-Vengriya monarxiyasiga qoʻshildi. Urushlararo davrda Bosniya va Gersegovina Yugoslaviya Qirolligi tarkibiga kirgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng unga yangi tashkil etilgan Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasida toʻliq respublika maqomi berildi. 1992-yilda Yugoslaviya parchalanib ketganidan keyin respublika mustaqilligini eʼlon qildi. Buning ortidan 1995-yil oxirigacha davom etgan va Dayton kelishuvining imzolanishi bilan yakunlangan Bosniya urushi boshlandi.
Mamlakatda uchta asosiy etnik guruh yashaydi: bosnyaklar eng katta guruh, serblar ikkinchi va xorvatlar uchinchi eng katta guruh. Ozchiliklarga yahudiylar, loʻlilar, albanlar, chernogoriyaliklar, ukrainlar va turklar kiradi. Bosniya va Gertsegovinada ikki palatali qonun chiqaruvchi organ va uchta asosiy etnik guruhning har biridan bir aʼzodan iborat uch aʼzolik prezidentlik organi mavjud. Biroq, markaziy hukumatning vakolatlari juda cheklangan, chunki mamlakat asosan markazlashtirilmagan. U ikkita avtonom tuzilmani — Bosniya va Gersegovina va Serb Respublikasi Federatsiyasini va oʻz mahalliy hukumati tomonidan boshqariladigan uchinchi birlik — Brčko tumanini oʻz ichiga oladi.
Bosniya va Gertsegovina rivojlanayotgan davlat boʻlib, Inson taraqqiyoti indeksida 74-oʻrinni egallaydi. Iqtisodiyotida sanoat va qishloq xoʻjaligi, ikkinchi oʻrinda turizm va xizmat koʻrsatish sohasi yetakchilik qiladi. Soʻnggi yillarda turizm sezilarli darajada oshdi. Mamlakatda ijtimoiy himoya va umumiy sogʻliqni saqlash tizimi mavjud boʻlib, boshlangʻich va oʻrta taʼlim bepul. BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti , Yevropa Kengashi , Tinchlik yoʻlida sheriklik va Markaziy Yevropa erkin savdo bitimi aʼzosi; u, shuningdek , 2008-yil iyul oyida tashkil etilgan Oʻrta er dengizi ittifoqining taʼsischi aʼzosi. Bosniya va Gersegovina Yevropa Ittifoqiga nomzod davlatdir va 2010-yil aprelidan beri NATO aʼzoligiga nomzod boʻlgan
Davlat tuzumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovina respublika boʻlib, qonun ustunligi va erkin demokratik saylov asosida faoliyat koʻrsatuvchi demokratik davlat. 1995-yil 14-dekabrda kuchga kirgan konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat boshligʻi — Bosniya va Gersegovina Prezidiumi raisi. Qonun chiqaruvchi oliy organi — ikki palatali parlament assambleyasi. Ijroiya hokimiyat Vazirlar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiya boʻiicha Bosniya va Gersegovina 2 tuzilma: Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi va Serb Respublikasidan iborat.
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovina hududining 90% ni togʻlar egallaydi. Pasttekisliklari Sava daryosi boʻylab shim.ga choʻziladi va Oʻrta Dunay tekisligining janubiy qismini tashkil etadi. Jan.dagi pastqam togʻlar va serhosil togʻlararo havzalar mintaqasi 2000–2400 m gacha balandlikdagi Dinara togʻliklariga tutashib ketadi. Sava daryosi vodiysidagi iqlim moʻʼtadil, kontinental (yiliga 600– 800mm yogʻin yogʻadi), togʻlarda nam va sovuq (yiliga 1500–2500mm gacha yogʻin yogʻadi). Bosniya va Gersegovina maydonining 40% — oʻrmon, shu jumladan 3/3 qismi keng bargli (dub, buk), qolgani igna bargli (archa, qaragʻay) oʻrmonlar. Asosiy daryolari — Drina, Bosna, Vrbas, Neretva.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovina aholisining 43,6% ni bosniyaliklar („musulmonlar“) tashkil etadi. Bu yerda serblar (31,4%), xorvatlar (17,3%) ham yashaydi. Rasmiy tili — bosniya, serb va xorvat tili. Dindorlar musulmon-sunniylar (40%), pravoslav xristianlar (31%), katoliklar (15%) va boshqa Yirik shaharlari: Sarayevo, BanyaLuka, Zenitsa, Tuzla.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovina hududida tosh davri (paleolit)da ham aholi yashagan. Qadimda aholisi illiriylar boʻlgan. Miloddan avvalgi III asrda ardeylar, daosilar, yapodlarning quldorlik davlatlari paydo boʻlgan. Qadimgi Rim ularni zabt etib, Dalmatsiya viloyatiga qoʻshib olgan. Yevropa Hunlari davrida hususan Atilla davrida 5 asrning birinchi yarimida Yevropa Hun davlati tarkibiga kiradi. VI asr birinchi yarmida Vizantiya hukmronligi ostida boʻlgan. VI—VII asrlarda bu yerga slavyanlar koʻchib kelgan. X asr oʻrtalaridagi manbalarda Trebinye, Zaxumle, Travuniya, Poganiya (Neretva) va Bosniya kabi mayda davlatlar mavjud boʻlgani haqida maʼlumotlar bayon qilingan. XII—XIV asrlarda Bosniya feodal knyazligiga aylandi. XIV asrda, ayniqsa, Tvrtko I davri (1353–91)da Bosniya qirollik deb eʼlon kilingandan keyin uning yerlari ancha kengaydi. Tvrtko I vafotidan soʻng parokandalik va oʻzaro urushlar boshlandi. Qirollikning janubiy qismidagi hukmdorlardan biri — Stepan Vukchich 1448-yilda oʻzini gersog deb eʼlon qildi va uning yermulklari Gersegovina deb atala boshladi. 1463 yda Bosniya va 1482-yilda Gersegovinani turklar ishgol qildi. 1583-yilda Bosniya va Gersegovina podsholik deb eʼlon qilindi. Feodallarning koʻpchiligi va aholining bir qismi islom dinini qabul qildi. Bosniya va Gersegovinada Turklarning davlatchiligi qaror topdi. XIX asr boshlarida Bosniya va Gersegovina xalqining milliy ozodlik kurashi kuchaydi. XIX asr oʻrtalarida feodallarning oʻzaro kurashi toʻxtashi savdo-sotiqni rivojlantirish uchun sharoit yaratdi. 1872-yilda birinchi temir yoʻl (BanyaLuka — Novi) ochildi. Biroq Bosniya va Gersegovina ijtimoiy — iqtisodiy jihatdan qoloqligicha qolaverdi. Dehqonlar qoʻzgʻolonlarini (1834, 1852– 53, 1857- 1858, 1861 — 1862 yillar) feodallar va turk maʼmuriyati shafqatsiz bostirdi. 1878-yilgi Berlin kongressining qaroriga binoan AvstriyaVengriya imperiyasi Bosniya va Gersegovinani bosib olish va uni idora qilish huquqini oldi. 1908-yilda Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersegovinani oʻziga qoʻshib olganligini eʼlon qildi. 1918-yilda Avstriya — Vengriya parchalangach, Bosniya va Gersegovina serblar, xorvatlar va slavyanlar qirolligi (1929-yildan — Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida 1941-yil aprelda Bosniya va Gersegovina 3 — Reyh qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va „Mustaqil Xorvat davlati“ tarkibiga qoʻshib yuborildi. Bosniya va Gersegovina fashist bosqinchilarga qarshi xalq ozodlik urushining muhim markazlaridan biri boʻldi. Urushdan keyin, 1945–92 yillarda Yugoslaviya Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibida boʻldi. 1992-yil aprelda Bosniya va Gersegovina parlamenti 1992-yil 29-fevral va 1-martdagi referendum natijalariga tayanib, mamlakatni mustaqil deb eʼlon qildi. Referendumdan norozi boʻlib unda qatnashmagan serblar 1992-yil aprelda respublikaning shimoliy hududida Yugoslaviya tarkibida mustaqil „Bosniya va Gersegovina Serbiya Respublikasi“ni eʼlon qildilar, iyulda Bosniya va Gersegovina gʻarbida „GersegBosna Xorvat hamdoʻstligi“ muxtor rayoni tuzildi. Bosniyaliklar jamoalarining qarama qarshiligi harbiy toʻqnashuvlarga aylanib ketdi. 1993-yilda uch tuzilma delegatsiyalarining Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralarida Bosniya va Gersegovina Respublikasining konstitutsion tuzilish tamoyillari toʻgʻrisidagi hujjat maʼqullandi. 1995-yil 21-noyabrda AQShning Dayton shahri yaqinidagi harbiy — havo kuchlari bazasida Bosniya va Gersegovinada tinchlik toʻgʻrisidagi umumiy bitim imzolandi. Bosniya va Gersegovina 1992-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1996-yil 14-mayda oʻrnatgan.
Asosiy siyosiy partiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Demokratik harakat partiyasi, musulmonlar partiyasi, 1990-yilda asos solingan; Bosniya va Gersegovina serb demokratik partiyasi, 1990-yilda tuzilgan; Bosniya va Gersegovina Xorvat demokratik hamdoʻstligi; „Bosniya va Gersegovina uchun“, partiya, 1996-yil tuzilgan; Serb xalq ittifoqi, partiya, 1997-yil tashkil etilgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1992–95 yillardagi urush harakatlari boshlangunga qadar Bosniya va Gersegovina milliy daromadida qishloq xoʻjaligi ulushi 10,9%, sanoat ulushi 57,6% ni tashkil qilgan (1989). Urushgacha sanoatda qoʻngʻir koʻmir, temir va marganes rudalari, boksit kazib chiqarish, gidroenergiya hosil qilish, shuningdek metallurgiya, kimyo, oʻrmon, yogʻochsozlik, mashinasozlik, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan. Bosniya va Gersegovinada qoʻngʻir koʻmir va lignit zaxiralari (Tuzla, Zenitsa, Kakan, Breza, Banovichi yaqinida) mavjud. 1990-yil 14,6 mlrd. kVtsoat elsktr energiyasi hosil qilingan. Varesh va Lyubiya ruda konlarida temir rudasi qazib olingan. Zenitsadagi kombinat, Iliyash va Vareshdagi zavodlarda qora metallar ishlab chiqarilgan. Bosniya va Gersegovinada temir yoʻl uzunligi 1000 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 21,1 ming km ni tashkil etgan (1991).
Bosniya va Gersegovinada mamlakat hududining ʻ/2 qismidan foydalaniladi, uning 50% — ekinzor, bogʻ va tokzorlar, qolgan qismi oʻtloq va togʻ yaylovlari boʻlgan. Makkajoʻxori, bugʻdoy, kartoshka, texnika ekinlaridan zigʻir, qand lavlagi, tamaki yetishtirilgan. Chorvachilik rivojlangan. Pul birligi — bosniya markasi.
Matbuoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovinada nashr etiladigan asosiy gazetalar: „Oslobodjene“ („Ozodlik“, kundalik gazeta, 1943-yildan), „Vecherne novine“ („Oqshom yangiliklari“, kundalik gazeta, 1964-yildan). Bosniya va Gersegovina radiotelevideniyesi 4 radio va 2 telekoʻrsatuv dasturi asosida ishlaydi. 1945-yildan radioeshittirishlar, 1969-yildan telekoʻrsatuvlar olib boriladi.
Tibbiy xizmati, maorifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosniya va Gersegovinada 90-yillar boshida 1000 kishiga kasalxonalarda 5,8 oʻrin va 2,6 shifokor toʻgʻri kelgan. Maorif tizimi boshlangʻich maktab, gimnaziya, hunar va texnika oʻquv yurtlaridan iborat. Mamlakatda 4 universitet mavjud.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 "Demografiya, 2022" (PDF) . bhas.gov.ba. Bosniya va Gertsegovina statistika agentligi. 2023-yil 31-oktyabr. bet. 26 . 2024-yil 19-fevralda olindi