Somali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Somali
Jamhuuriyadda Federaalka Soomaaliya
Somali davlat bayrogʻi   Somali davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Somaliyaay toosoo
(Somalia Wake Up)
Somali Xaritasi
Poytaxt Mogadisho
Rasmiy til(lar) Somali tili
Arab tili
Hukumat Tranzitsiyada
 • Prezident Abdullahi Yusuf Ahmed
 • Bosh Vazir Ali Muhammad Ghedi
Mustaqillik  
 • BMT vasiylikdagi Belgiya ma'muriyatidan 1 iyul 1960
 • Birlashgan Qirolligidan 26 iyun 1960
Maydon  
 • Butun 637,657 km² (42-)
 • Suv (%) 1.62
Aholi  
 • 2017 roʻyxat 14,742,523 (86- oʻrin)
 • Zichlik 13/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$4,835 mil. (158-)
 • Jon boshiga AQSh$563
Pul birligi Somali Shilling (SOS)
Vaqt Mintaqasi (UTC+3)
 • Yoz (DST) (UTC+3)
Qisqartma SO
Internet domen .so
Telefon prefiksi +252


Somali (somalicha: Soomaaliya) poytaxti — Mogadisho shahri. BMT aʼzosi. Somali Demokratik Respublikasi (Jamhuuriyadda Dimoqraadiga yeye Soomaaliya) — Shimoliy Sharqiy Afrikada, Somali yarim orolda joylashgan davlat. Maydoni 638 ming km². Aholisi 7,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Mogadisho shahri Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (region)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

Somali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan muvaqqat prezident Abdulqossim Salad Hasan). Qonun chiqaruvchi xrkimiyatni parlament (Oʻtish milliy majlisi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Qirgʻoq chizigʻi kam parchalangan, sohilining aksari pasttekislik. Somali hududining markaziy qismini 500–1500 m balandlikdagi plato egallagan. Uning shimoliy chekkalari balandlashib borib, massivlarga boʻlingan. S. Afrika platformasining shimoli-sharqida joylashgan. Eng baland joyi — Shimbiris togʻi (2406 m). Pyezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, temir ruda va toshtuz konlari bor. Iklimi ekvatorial, mussonli, qurgʻoqchil. Shimolida tropik choʻl va chala choʻl iqlim. Yillik yogʻin janubiy va gʻarbda 500–600 mm, sharqda 100 mm gacha. Yomgʻir, asosan, aprel—iyul va oktabr— dekabr oylarida yogʻadi. Shimolida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 25—30°, iyulda 32°. Asosiy daryolari — Juba va VabiShabalining quyi oqimida kema qatnaydi. Hududining katta qismi choʻl. Tuprogʻi qizgʻishqoʻngʻir va qizilqoʻngʻir. Oʻsimlik siyrak. Daryo vodiylari va janubiydagi sohilda tropik oʻrmonlar, togʻlarda efir moyli daraxt va butazorlar, vohalarda xurmo va kokos palmazorlari bor. Janubi-gʻarbdagi savanna va chala choʻllarda kiyik, zebra, qoʻtos, jirafa, arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, fil, toʻngʻiz, daryolarda timsoh, oʻrmonlarda maymunlar yashaydi. Zaharli ilon, kush koʻp.

Aholisining koʻpchiligi — somalilar (95%); arablar, afrikalik bantular va boshqa ham yashaydi. Rasmiy til — somali va arab tillari. Shahar aholisi 37,2%. Hukmron din — islom. Yirik shaharlari — Mogadisho, Hargeysa, Berbera, Kisimayo, Baydabo.

Tarixi[tahrir]

Somali hududi qadimda Punt deb atalgan, bu yerda paleolit davridayoq manzilgohlar boʻlgan. Mil. 1-asrda yirik shaharlar paydo boʻlib, ularning aholisi arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7—8-asrlarda musulmon arablar koʻchib kela boshlagan. 12—16-asrlarda Zeyla (Adal), Ifat, Hadya va boshqa sultonliklar boʻlgan. 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida ular mayda amirliklarga boʻlinib ketgan. 17—19-asrlarda Somali hududining bir qismi Ummon, Zanjibar sultonligi, Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 19-asr oxirida Somali yarim orolni qoʻlga kiritish uchun Yevropa davlatlari oʻzaro kurash boshladi. 20-asr boshlariga kelib Somali uch davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) mustamlakasiga aylandi. Mustamlakachilik hukmronligiga qarshi 1899—1920 yillarda bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 yil boshlarida ingliz askarlari bu yerlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupatsiya tartibini oʻrnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Urushdan soʻng milliy ozodlik harakati avj oldi. 1960 yil sobiq Britaniya va Italiya S.lari birlashib, mustaqil Somali Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro kurash toʻxtamadi. 1969 yil harbiy toʻntarish sodir boʻldi, prezident A. A. Shermark oʻldirildi. S. Demokratik Respublika deb eʼlon qilindi, hokimiyat harbiylar qoʻliga oʻtdi, general Muhammad Siad Barre prezident boʻldi. Bir qancha ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. 1991 yil yanvarda hukumat qoʻshinlari bilan muxolifatchi guruhlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar natijasida Birlashgan S. kongressi (BSK) hokimiyatni qoʻlga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat prezident etib tayinlandi. Oʻsha yil noyabrda BSK fraksiyalari oʻrtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid boshchiligidagi fraksiya muvaqqat prezident tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urugʻqabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mamlakatda davlat hokimiyatining barbod boʻlishiga olib keldi. 1992 yil oktyabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi. 2000 yil may — avgust oylarida Jibutining Arta shahrida Afrika va Yevropa davlatlari vositachiligida oʻtkazilgan anjumanda S.dagi turli urugʻlarning vakillari Oʻtish milliy majlisi — parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. Somali — 1960 yildan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1960).

Siyosiy partiyalari va guruhlari, kasaba uyushmalari. Birlashgan S. kongressi, harbiy-siyosiy guruh, 1989 yil tuzilgan; S. inqilobiy sotsialistik partiyasi, 1976 yil taʼsis etilgan; S. milliy alyansi, harbiy-siyosiy guruh, 1992 yil tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1977 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

Somali — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi. ulushi 59%, sanoat ulushi 10%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 30 % dan ziyod.

Iqtisodiyotning asosini qishloq xoʻjaligi, jumladan, koʻchmanchi chorvachilik tashkil etadi. Tuya, qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Qishloq xoʻjaligida makkajoʻxori, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi va boshqa ekiladi. Chetga sotish uchun banan, shakarqamish, paxta, tamaki yetishtiriladi. Sohilda baliq ovlash rivojlangan.

Sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi. xom ashyosi va baliqni qayta ishlaydigan ayrim korxonalardan iborat. Kisimayodagi goʻsht kombinati, Mogadishodagi sut zavodi, Laskoraydagi baliq konserva zavodi, Jouhardagi qandshakar zavodi ularning eng yiriklaridir. Toʻqimachilik, koʻnchilik, metall ishlash, paxta tozalash, yogʻ, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar ham bor. Hunarmandchilik (zargarlik, qurolsozlik, suyak oʻymakorligi, toʻquvchilik, teri ishlash) rivojlangan. Oz miqdorda niobiy rudasi va toshtuz qazib olinadi. Transport yoʻli yoʻq. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari uz. 2 ming km. Asosiy dengiz portlari: Berbera, Mogadisho, Kisimayo, Merka. Mogadishoda xalqaro aeroport bor. Chetga tirik chorva (eksportning 80% dan ortigʻi), banan, goʻsht, xom teri, goʻsht va baliq konservasi, qimmatbaho yogʻoch turlari chiqaradi. Chetdan sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft mahsulotlari oladi. Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Italiya, AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlar bilan savdo qiladi. Pul birligi — somali shillingi.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Aholiga tibbiy yordam davlat davolash muassasalarida koʻrsatiladi (1970 yildan bepul.) Vrachlar Milliy universitetning tibbiyot fakultetida va chet ellarda tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

20-asr boshlarida diniy va asr oʻrtalarida oʻrta maktablar ochila boshladi. 1974 yil majburiy 8 yillik taʼlim joriy etildi. Shundan soʻng quyidagi taʼlim tizimi vujudga keldi: 5—6 yoshli bolalar uchun diniy maktab, 7 yoshdan boshlab 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik toʻliqsiz oraliq, 4 y.lik toʻliq oʻrta maktab. Boshlangʻich maktab uchun oʻqituvchilar oraliq maktab negizida 3 yil davomida, oraliq maktab uchun oʻqituvchilar esa 4 yil davomida tayyorlanadi, hunartexnika tayyorgarligi 2—4 yil davomida amalga oshiriladi. Mogadishodagi S. milliy universiteti (1954)da darslar somali, arab, ingliz va italyan tillarida olib boriladi. Mogadishoda industrial, tibbiyot, dengizchilik va baliqchilik, veterinariya, islom maktablari, Burao va Hargeysada texnika kollejlari bor. Ilmiy muassasalari: Madaniyat akademiyasi (1972), Haritagrafiya departamenti (1966), S. taraqqiyot va boshqaruv instituti (1966), Geol. departamenti (1964), Markaziy qishloq xoʻjaligi. ilmiytadqiqrt stansiyasi (1965), Gigiyena va kasalliklarning oldini olish laboratoriya va boshqa Milliy universitet kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, Mogadishoda milliy muzey mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Asosiy gazetalari "Xiddigta Oktobar" ("Oktyabr yulduzi", somali tilida chikddigan kundalik xukumat gazeta, 1973 yildan), "Xorseyd" ("Ilgʻor", italyan va arab tillarida chikddigan xukumat haftanomasi, 1965 yildan), "Xegan" ("Sergak", ingliz tilida chikddigan xdftalik gazeta, 1978 yildan). S. milliy axborot agentligi (SONNA) hukumatga karashli boʻlib, 1963 yilda tashkil etilgan. S. radioeshittirish xizmati, Hargeysa radiosi, Mogadisho radiosi somali, arab, amhara, italyan, suaxili, fransuz va afar tillarida eshittirish olib boradi. Milliy telekoʻrsatuv xizmati 1983 yildan ishlaydi.

Adabiyoti[tahrir]

Somalilarning ogʻzaki ijodiyoti boy. Turli davrlarda sulton ViilVaal (16-asr), Raage Ugas (19-asr oxiri — 20-asr oʻrtalari), milliy qahramon Muhammad bin Abdullo Sayd alXasan (1860—1920), Ali Dux, Kaman Bulxan (19-asr oxiri — 20-asr 40 yillari), lashkarboshi Ismoil Mire (1884—1950) kabi shoirlar mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin shoir Abdullohi Sulton (Timoadde), Abdullohi Qarshe (milliy madhiya muallifi), shoir va dramaturglar Husayn Ali Farah, Ali Sugulle, Hasan shayx Moʻmin milliy ozodlik va vatanparvarlik ruhida asarlar yozishdi. Qosim Hiloliy Skiffo, Abdulloqi Issa Sangub, Musohoji Ismoil Galal joʻshqin sheʼrlar bilan maydonga chikdilar. Nuriddin Farahning "Qiyshiq qobirgʻadan", Farah Muhammad Jomi Aulning "Jaholat — muhabbatning dushmani", Muhammad Daxir Afraxning "ManaFay" asarlari dastlabki somali romanlaridir. 20-asr oxirlarida Muhammad Ibrohim, Muhammad Xashi Dama, Abdi Qays kabi adiblar ijod qila boshladilar.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Oʻtroq aholi novdadan toʻqib, sirti loy bilan suvalgan kulbalar va bostirmasimon sinchli imoratlar ("mondullo"), koʻchmanchilar esa novdadan toʻqilgan, somon, tuya terisi va boʻyra bilan qoplangan yigʻma oʻtovlar ("aggal"), sohil aholisi toʻrtburchak, yassi tomli, ikki nishabli uylar ("yarish") quradilar. 8-asrdan port shaharlarda arab meʼmorligi ruhida ohaktoshchigʻanoqdan binolar, masjidlar barpo etilgan. Zeyladagi machit (12-asr), Mogadishodagi ArbaRukun (1268), Faxriddin (1269), Abdul Aziz (1307), Bravadagi Abukar Said (15—16-asrlar) masjidlarining qoldiklari, Mogadishodagi minora (1238) saqlangan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shaharlar qurilishi qorishiq meʼmorlik ruhida olib borildi. 60 yillardan boshlab shaharlarni rejalash va obodonlashtirish ishlari tartibga solindi, uyjoy qurilishi rivojlandi. Bu ishlarga X. Diri va boshqa meʼmorlar boshchilik qildi. Jamoat va sanoat inshootlari qurildi, milliy ozodlik kurashi qahramonlari sharafiga obidalar qoʻyiddi.

S.da tasviriy sanʼat uncha rivojlanmagan. Qad. yodgorliklar — mil. av. 1ming y.lik — 600 yillarga mansub qoyalarga oʻyib ishlangan yoki boʻyoq bilan chizilgan jonivorlarning rasmlari, tosh qabrlar, naqshlangan yodgorlik toshlari saqlangan. 1960 yildan keyin maxsus taʼlim olmagan boʻlsa ham rang-tasvirdan xabardor rassomlar ishlay boshladi. Us t a Abdi Muhammad mahalliy mavzularda manzarali kompozitsiyalarni chizadi, rassom Soʻfiy xalq turmushi, mahalliy urfodatlarni ifodalaydi. Badiiy hunarmandlikda yogʻochsozlik katta oʻrin egalladi. Yogʻochdan turli roʻzgʻor anjomlari, egar, bolalar oʻyinchoklari yasalib, ularga murakkab naqshlarsolinadi. Novdadan guldor savat, kajava, turli idish, bezaklar yasaladi. Kulollik, koʻnchilik rivojlangan. Koʻchmanchilarda buqa, fil, karkidon terisidan egarjabduq, juzdon, soyabon, qin yasash odat boʻlgan.

Musiqa madaniyati qadim zamonlarda vujudga kelgan. Oʻrta asrlardagi S. musiqasida arab madaniyatining taʼsiri seziladi. Bir qancha xalqdarda, ayniqsa, koʻchmanchilarda mehnat jarayoni va xalq turmushi bilan bogʻliq boʻlgan qad. musiqa shakllari hali ham saqdanib qolgan. Ov bilan bogʻliq musiqiy janrlar keng tarqalgan. Hayvon qiyofasiga kirib ijro etiladigan, ov boshlanishiga, yomgʻir mavsumiga, nikoh toʻyiga, farzand tugʻilishiga bagʻishlangan anʼanaviy raqs va qoʻshiklar bor. Qishloq joylarda dala ishlari, tuya sugʻorish bilan bogʻliq qoʻshiqlar yoniga siyosiy voqealarga bagʻishlangan qoʻshiqlar (xess) qoʻshildi. Cholgʻu asboblari — chapua barabani deb atalgan marosim cholgʻusidan tashqari dumaari, medonde, nasaro deb atalgan kattakichik barabanlar mavjud. Kinaanda udni, shareyero gitarani, seyeze bir torli skripkani eslatadi. Zamonaviy musiqada yevropacha sanʼatga, koʻprok, estrada janrlariga anʼanaviy shooba, berey va boshqa uslublar singdirib yuborilgan. M. A. Sanguba, A. Naji, Ali Jerir kabi kompozitorlar, Mugʻammad Jama Jof, Ali Elmi kabi xonandalar, Xadida Abdullohi Dalles, Harera Ismani Duniya kabi shoiraqoʻshiqchilar mashhur. Mogadishodagi Milliy teatrda musiqa festivallari oʻtkaziladi, Muhammad Issa rahbarligidagi S. raqs ansambli (1971 yilda tuzilgan) xorijiy mamlakatlarda gastrolda boʻladi.