Kuk orollari
Kuk orollari — Tinch okeandagi arxipelag , Polineziyada. Maʼmuriy jihatdan Yangi Zelandiya tarkibida. Jan. orollar (8 orol) va Shim. orollar (7 orol)dan iborat. Maydoni 234 km². Maʼmuriy markazi — Anarua shahri (Rarotonga o.da). Rasmiy til — ingliz tili. Kuk orollarini 1773 yilda ingliz dengiz-chisi J. L>tstavsiflagan. 1888 yildan Kuk orollari Buyuk Britaniya protektorati; 1901 yildan Yangi Zelandiya boshqaruvi ostida. 1965 yildan "Yangi Zelandiya bilan uyushgan, oʻzini oʻzi boshqaruvchi hudud" maqomini olgan. Jan. guruh vulkan orollari (balandligi 643 m gacha), Shim. orollar marjon atollaridan iborat. Iqlimi tropik, passat iqlim. Aholi, asosan, kokos palmasi oʻstirish va kopra ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, apelsin, anavas, banan yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |