Seyshell orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Seychelles Respublikasi
Repiblik Sesel
République des Seychelles
Seychelles davlat bayrogʻi   Seychelles davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Finis coronat opus
(Lotincha: Nihoya ishni nikohlaydi)
Madhiya: Koste Seselwa
Seychelles Xaritasi
Poytaxt Viktoriya
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Fransuz tili
Seychelles tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Jeyms Michel
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 29 iyun 1976
Maydon  
 • Butun 455 km² (198-)
 • Suv (%) ahamiyatsiz
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 81,188 (199- oʻrin)
 • Zichlik 178/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$626 mil. (202-)
 • Jon boshiga AQSh$7,710
Pul birligi Seychelles Rupee (SCR)
Vaqt Mintaqasi (UTC+4)
 • Yoz (DST) (UTC+4)
Qisqartma SE
Internet domen .sc
Telefon prefiksi +248


Seyshel orollari, Seychelles (Seychelles), Seyshel Orollari Respublikasi (Seychelles Respublikasi) (Republic of Seychelles) — Hind okeanida, Afrikaning sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant orollari, Aldabra, Farquar va boshqa orollarda joylashgan davlat. Maydoni 405 km². Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti — Viktoriya shahri. (Mae orolda). BMT aʼzosi

Davlat tuzumi[tahrir]

Seyshel orollari — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993 yil 18 iyunda maʼqullangan va unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi — prezident (1977 yildan Frans Alber Rene), u toʻgʻri umumiy saylov yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Seyshel orollari materikdan, ayrimlari marjonlardan hosil boʻlgan. Eng bal. joyi 905 m (Mae orolda). Yirik orollari — Mae, Siluet, Praslen, LaDig. Iqlimi subekvatorial, dengiz iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 4000 mm gacha (asosan, yezda). Marjon orollari tarkibidagi ohaktoshlar namni oʻzida saqlamaydi, shu sababli ularni xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirib boʻlmaydi. Yirik orollarning ichki hududlarida doim yashil tropik oʻrmonlar saqlanib qolgan, ularda faqat mahalliy jaydari oʻsimliklar (jumladan, seyshel palmasining qad. turi) oʻsadi. Bahaybat filsimon toshbaqa va qush koʻp. Aldabra, Kuzen va boshqa rezervatlar, SentAnn dengiz milliy bogʻi bor.

Aholisi[tahrir]

Aholisining aksariyati seyshelliklar yoki kreollar (asosan, koʻchib kelgan fransuzlar va afrikalik qullarning avlodlari, umumiy soni 65 ming kishi); hindlar, malagasilar, xitoylar, inglizlar ham yashaydi. Rasmiy tillar — kreol, ingliz va fransuz tillari. Aholining 90% xristiankatolik, qolganlari — musulmon, hindular va konfutsiychilar. Shahar aholisi 55,3%.

Tarixi[tahrir]

Seyshel orollari qad. arab va hind dengiz sayyoxlariga maʼlum boʻlgan. 1609 yil bu orollarga ingliz dengiz sayyohlari kelib tushgan. 18-asr oʻrtalarida fransuzlar bosib olib, Fransiya moliya vaziri Moro de Seshell nomi bilan atashgan. 1794 yil uni inglizlar egallab olgan. 1903 yildan Buyuk Britaniya mustamlakasi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 20-asr oʻrtalarida siyosiy partiya va kasaba uyushmalari tuzildi, ular xalqning ozodlik yoʻlidagi kurashiga boshchilik qildi. 1970 i. Seyshel orollariga ichki muxtoriyat berilib, Qonun chiqaruvchi assambleya tuzildi, 1976 yil 29 iyunda mustaqillikka erishdi. Seyshel orollari 1976 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 iyun — Millat kuni (1993).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

Demokratiyu partiya, 1992 yil tuzilgan; Seyshel xalqi taraqqiyot fronti, 1978 yil tashkil etilgan; Seyshel milliy partiyasi, 1993 yil asos solingan. Seyshel ishchilari ittifoqi federatsiyasi kasaba uyushma birlashmasi, 1978 yil tuzilgan.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Seyshel orollari — agrar mamlakat. Baliq ovlash va xorijiy sayyohlik muhim ahamiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash ulushi 4,1%, sayyohlik ulushi 12,3%, sanoat va kurilishning ulushi 20,5%. Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Kokos palmasi, kofe, tamaki, meva, sabzavot, moyli ekinlar, ziravorlar, choy yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Kopra va vanilni qayta ishlaydigan, efirli moylar, kokos tolasidan turli buyumlar, sovun ishlab chikaradigan va choy qadoqlaydigan kichik korxonalar, yogʻoch tilish zavodi, bir kancha oziqovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 126 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. 345 km. Orollar orasida mahalliy kemalar qatnaydi. Mae orolda xalqaro aeroport bor. Seyshel orollari chetga kopra, shuningdek, dolchin yogʻi va dolchin, vanil, muzlatilgan va konservalangan baliq, toshbaqa kosasi, granit chiqaradi, chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat oladi. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Singapur bilan savdo qiladi. Pul birligi — seyshel rupiyasi.

Maorifi[tahrir]

Xalq taʼlimi tizimi ingliz, qisman fransuz tizimlari taʼsirida shakllangan. 1980 yil 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 9 yillik taʼlim joriy etilgan, u 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik toʻliqsiz oʻrta maktabni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik toʻliqsiz oʻrta va 2 yillik toʻliqoʻrta maktabdan iborat. Toʻliqoʻrta maktabda oʻquvchilar ilmiy bilimlarni oʻrganishdan tashqari unumli mehnat bilan ham shugʻullanadi. Toʻliq oʻrta maktab negizida ped. kolleji, 9 yillik majburiy maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari ishlaydi. Yoshlar oliy taʼlimni chet ellarda oladilar. Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gazeta va jurnallari: "Neyshn" ("Millat", kreol, fransuz va ingliz tillarida chiqadigan hukumat gazeta), "Ofishl gazett" ("Rasmiy gazeta", hukumat xabarnomasi), "Pipl" ("Xalq", kreol, fransuz va ingliz tillarida nashr etiladigan oylik jurnal), "Eko dez il" ("Orollar aks sadosi", fransuz, kreol va ingliz tillarida chiqadigan diniy jurnal). Seyshel matbuot agentligi, milliy axborot agentligi, 1979 yil tuzilgan. 1941 yildan ingliz, fransuz va kreol tillarida radioeshittirish olib boriladi. Hukumat nazoratidagi Seyshel radio va televideniyesi xizmati 1983 yilda tuzilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil