Fiji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fiji Orollar Respublikasi
Matanitu Tu-Vaka-i-koya ko Viti
Fiji davlat bayrogʻi   Fiji davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Rerevaka na Kalou ka Doka na Tui
(Fiji: Fear God and honour the Queen)
Xudodan qoʻrq va Qirolichani xurmat qil
Madhiya: God Bless Fiji
Fiji Xaritasi
Poytaxt Suva
Rasmiy til(lar) Fijicha
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Ratu Josefa Iloilo
 •  Bosh Vazir   Laisenia Qarase
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   10 oktabr 1970
Maydon  
 • Butun 18,270 km² (156-)
 • Suv (%) <1
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 893,354 (157- oʻrin)
 • Zichlik 48/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$5,409 mil. (155-)
 • Jon boshiga AQSh$6,055
Pul birligi Fiji Dollar (FJD)
Vaqt Mintaqasi (UTC+12)
 • Yoz (DST) (UTC+13)
Qisqartma FJ
Internet domen .fj
Telefon prefiksi +679

Fiji (Fiji), Fiji Suveren Demokratik Respublikasi (Sovereign Democratic Republic of Fiji) — Okeaniyada, Tinch okeanning jan.gʻarbiy qismida, Fiji o.larida joylashgan davlat. Maydoni 18,4 ming km². Aholisi 856,3 ming kishi (2002). Poytaxti — Suva shahri Maʼmuriy jihatdan 4 okrugga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

F. — Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1970 i. qabul qilingan, 1997 yilda unga oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident, u qabila boshliklarining Katta kengashi tomonidan mahalliy fijiylar orasidan 5 yil muddatga tayinlanadi. Prezident bosh vazirni va qurolli kuchlar qoʻmondonini tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — senat va vakillar palatasi, ijrochi hokimiyatni Vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Fiji arxipelagi Melaneziyanmnt sharqiy qismidagi 300 dan ortiq oroldan iborat. Ularning yiriklari — VitiLevu, VanuaLevu. Orollarning egribugri qirgʻoqlari marjon riflari bilan oʻralgan, zamini granit, gneys va boshqa qadimiy kristall jinslardan tuzilgan. Yirik orollar relyefi balandligi 1000 m dan yuqori togʻ tizmalari bilan ajralgan platolardan iborat. Eng baland joyi 1322 m (VitiLevu o.da). Sohil boʻylab ensiz tekislik joylashgan. Foydali qazilmalari: neft, mis, oltin, marganets. Yirik daryolari: Reva (100 km gacha kema qatnaydi), Singatoka, Mba (VitiLevu o.da). Iklimi tropik, okean iqlimi, sernam, oʻrtacha temperatura 25—28°. Yillik oʻrtacha yogʻin 1700–3500 mm. Vulkan jinslarining nurashidan hosil boʻlgan qizgʻish tuprogʻi unumdor. Togʻlarning shamolga roʻpara jan.sharqiy yon bagʻirlarida qimmatbaho yogʻoch olinadigan tropik oʻrmon va savannalar bor. Hayvonot dunyosida yirtqich hayvon va zaharli ilonlar yoʻq. Orollarga dunyoning boshqa joylaridan jonivorlar keltirilgan. Mushuk, echki va quyonlar uchraydi.

Aholisining aksariyati — fijiylar va fijilik hindlar; okeaniyaliklar, inglizlar, xitoylar ham yashaydi. Rasmiy til — ingliz tili. Shahar aholisi 46%. Dindorlari — xristian, hinduiy va musulmonlar. Yirik shaharlari: Suva, Lautoka, Lambasa.

Tarixi[tahrir]

Fiji o.larida dastlabki manzilgohlar miloddan avvalgi 2ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Orollarga yevropaliklardan birinchi boʻlib gollandiyalik A. Tasman 1643 yil va ingliz J. Kuk 1774 yil borganlar. 1874 yildan Buyuk Britaniya F.ni mustamlakaga aylantirdi. 1879 yildan mustamlakachilar shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Hindistondan ishchilar olib kela boshladi. 1959 yil F.da milliy ozodlik harakati boshlandi. 1970 yil 10 okt.da Buyuk Britaniya mamlakatga mustaqillik berishga majbur boʻldi, ammo Buyuk Britaniya tomonidan tayinlanadigan generalgubernator hokimiyati saklanib qoldi. 1987 yil 25 sentabrda Sitiveni Rabuka boshchiligida harbiy toʻntarish sodir boʻldi, 6 oktda generalgubernator lavozimi tugatiddi va F. respublika deb eʼlon qilindi. F. — 1970 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 10 okt. — Mustaqillik kuni (1970).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. F. leyboristlar partiyasi, 1985 yil tuzilgan; Milliy federativ partiya, 1960 yil asos solingan; F. konservativ partiyasi, 1989 yil tashkil etilgan; F. siyosiy partiyasi — Songosongo ni Vakavuleva ni Taukei — SVT, 1990 yil asos solingan. F. kasaba uyushmalari kongressi, 1951 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

F. — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 22%, sanoatning ulushi 12%. Iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi — tropik dehqonchilik. Mamlakat hududining 11% dan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligi ekinlari bilan band. Jamoa yer egaligi ustun. Bu yerlarda hind fermerlari eksport uchun shakarqamish yetishtiradi. Mahalliy axoliyey oʻz xoʻjaliklarida kokos palmasi, yams, taro, batat, banan, ananas, sitrus mevalar, kakao, tamaki, shuningdek, sholi, makkajoʻxori yetishtiradi. Chorvachiligida qoramol, choʻchqa, yilqi, echki, xonaki parranda boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Oz miqdorda marganets rudasi, boksit, oltin, kumush qazib olinadi. Fiji sanoati qand, yogʻ, sholi oqlash, tamaki, meva konservalash, koprani qayta ishlash, taxta tilish, yogʻochsozlik, kiyimkechak, poyabzal, keng isteʼmol mollari korxonalaridan iborat. Sayyoxlarning kelibketishidan yaxshigina daromad olinadi. $1ransport yoʻli uzunligi 595 km, avtomobil yoʻllari uz. 5100 km. Asosiy dengiz portlari — Suva, Lautoka. VitiLevu o.ning gʻarbiy sohilida Nandi xalqaro aeroporti bor. F. chetga shakar xom ashyosi, kokos moyi, kopra, oltin, yogʻoch, baliq, kiyimkechak va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskunalar, yoqilgʻi, keng isteʼmol mollari oladi. Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — fiji dollari.

Maorifi. Mamlakatda 800 dan ortiq maktab bor, ular 50 dan ziyod orolda joylashgan. Maktablarda taʼlim ingliz, fijiy va hind tillarida olib boriladi. F.da 8 yillik taʼlim majburiy. Boshlangʻich maktabga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Oʻrta maktabda oʻqish muddati 4 yil, ammo universitetga kirish uchun qoʻshimcha 2 yillik taʼlim kursida oʻqib chiqish kerak. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. 1968 yil Suvada Tinch okean jan. qismi mamlakatlarining regional universiteti tashkil etildi; xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, tibbiyot bilim yurti bor. Samabuladagi Texnika in-ti (1964), Nausoridagi qishloq xoʻjaligi kolleji (1954), Suvadagi Markaziy tibbiyot bilim yurti (1886)da toʻliqsiz oliy maʼlumot olinadi. Suvada universitet kutubxonasi, shahar kutubxonasi, Samabulada Texnika intining kutubxonasi, Nandida kutubxona, Suvada F. muzeyi (1906) mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

F.da nashr etiladigan gaz. va jur.lar: "Deyli post" ("Kundalik pochta", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1989 yildan), "Fidji Tayme" ("Fiji vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1869 yildan), "Shanti dut" ("Dunyo xabarnomasi", qind tilida chiqadigan haftalik gaz., 1935 yildan), "Aylend biznes" ("Orollar biznesi", ingliz tilida chiqadigan oylik jur., 1985 yildan), "Nav djioti" ("Yangi dunyo", hind tilida chikddigan oynoma, 1989 yildan). "Fidji brodkasting komishn", yarim tijorat tusdagi radioeshittirish xizmati, 1954 yil tuzilgan. "Fidji Televiji" telekompaniyasiga 1994 yilda asos solingan.

Fiji (Fiji Orollar Respublikasi) poytaxti — Suva shahri. BMT aʼzosi