Amerika Samoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
US army aircraft at American Samoa.jpg

Amerika Samoasi — Tinch okeandagi orollar, Samoa arxipelagining sharqiy qismi. Amerika Qoʻshma Shtatlari mulki. Maydoni 197 km². Aholisining katta qismi polinezlar, rasmiy tili — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Pago Pago shahri (Tutuila orolida). Aholi baliq ovlash va konservalash, kokos yetishtirish bilan shugʻullanadi. Amerika Qoʻshma Shtatlariga baliq konservalari va kopra chiqariladi. Pul birligi — Amerika Qoʻshma Shtatlari dollari.