Bolgariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolgariya Respublikasi
България
Bolgariya davlat bayrogʻi   Bolgariya davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Съединението прави силата
Madhiya: Mila Rodino
(Dear native land)
Bolgariya Xaritasi
Poytaxt Sofiya
Rasmiy til(lar) Bolgar
Hukumat Parlamentlik Respublika
 •  Prezident   Rosen Plevneliev
 •  Bosh Vazir   Boyko Borisov
Mustaqillik  
 •  Ottomon Imperiyadan   3 mart 1878
 •  Ottomon Imperiyadan   22 sentabr 1908
Maydon  
 • Butun 110,910 km² (104-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 7,450,349 (94- oʻrin)
 • Zichlik 67/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$67,290 mil. (67-)
 • Jon boshiga AQSh$9,032
Pul birligi Bulgarian Lev (BGN)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma BU
Internet domen .bg
Telefon prefiksi +359

Bolgariya (bolg. България), rasman Bolgariya Respublikasi (bolg. Република България) — Yevropaning janubiy, Bolqon yarim orolining sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 111 ming km². Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya shahri viloyatga tenglashtirilgan.

Davlat tuzumi[tahrir]

Bolgariya — parlamentli respublika. 1946 yildan 1990 yil 15-noyabrgacha Bolgariya Xalq Respublikasi deb atalgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yil 12-iyulda kuchga kirgan. Davlat boshligi — prezident (2012 yildan Rosen Plevneliyev). Uni mamlakat aholisi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 240 deputatdan iborat Xalq majlisi (doimiy ishlaydigan organ). Yangi konstitutsiyani qabul qilish, Bolgariya hududini oʻzgartirish masalasi yoki davlat tuzilishi va mamlakat boshqaruvi shakliga oʻzgartirish kiritish masalalarini hal etish uchun 400 vakildan iborat Buyuk xalq majlisi saylanadi. U oʻziga havola qilingan masalalar yuzasidan uzilkesil qaror qabul qilganidan soʻng vakolati toʻxtatiladi. Vazirlar Kengashi (hukumat) ijroiya hokimiyat organi hisoblanadi.

Tabiati[tahrir]

B. relyefida togʻ va qirlar ustunlik qiladi (mamlakat hududining 70%ga yaqini). Mamlakat oʻrtasidan (gʻarbdan sharqqa) Bolqon togʻlari (mahalliy nomi StaraPlanina) kesib oʻtgan. B. shim.da Dunay sertepa tekisligi bor; sharqda bu tekislik Dobruja platosiga tutashgan. SrednaGora va Rodop togʻlari oraligʻida Maritsa daryosi boʻylab mamlakatdagi eng unumdor Yuqori Frakiya (yoki Maritsa) pasttekisligi joylashgan. Qora dengiz sohili aksari pasttekislik. Jan. va jan.gʻarbida RilaRodop togʻlari bor. Rila togʻlarida Musala choʻqqisi (2925 m) Bolqon ya.o.dagi eng baland choʻqqidir. Eng muhim qazilma boyliklari: koʻmir (Sharqiy Maritsa, Pernik, BobovDol havzalari), temir (Kremikovsi koni), qoʻrgʻoshinrux (Rodop), mis (Medet) rudalari, tosh tuz (Mirovo), neft, maʼdanli suvlar va qurilish materiallari. B.ning koʻp qismida iqlim moʻʼtadil kontinental. Jan.da Oʻrta dengiz iqlimining taʼsiri bor. Togʻlarda balandlik iqlim mintaqalari mavjud. Tekislik va sertepa joylarda iyulning oʻrtacha temperaturasi 23—25°, yanv. niki — 2° dan 2,5° gacha, toglarda —10,8° gacha. Yogʻinni gʻarbiy va shim. gʻarbiy shamollar keltiradi. Yillik yogʻin tekisliklarda 450–600 mm, togʻlarda 850–1300 mm. Yogʻinning koʻp qismi yozning birinchi yarmida yogʻadi. Qurgʻoqchilik boʻlib turadi. B. daryolarining hammasi togʻlardan oqib tushadi. Yoz oxirida juda sayozlanib qoladi. Eng katta daryolari: Dunay (kema qatnaydi), Iskir, Maritsa, Mesta va Struma. Daryolardan sugʻorishda va elektr hosil qilishda foydalaniladi. Daryolarga koʻplab suv omborlari qurilgan. B. da koʻllar kam, borlari ham kichik koʻllar, asosan, Rila va Pirin togʻlarida. 500 dan koʻproq maʼdanli buloq bor. Dunay tekisligida aksari kora va boʻz oʻrmon tuproq, Bolqon togʻlaridan jan.da qoʻngʻir va qoramtir, togʻlarda qoʻngʻir oʻrmon va togʻ oʻtloq tuproqlari, daryo qayirlarida unumdor allyuvial tuproklar bor. Tabiiy oʻsimliklar faqat togʻlarda saqlanib qolgan. B. hududining 1/3 qismi oʻrmon, shundan 75% i keng bargli daraxtlar (dub, grab va qoraqayin), 24,7% i qaragʻay oʻrmonlari. 1700–2000 m dan balandda subalp va alp oʻtloklari bor. Tekisliklarning koʻp qismi ekinzor. Hayvonot dunyosi xilmaxil. Oʻrmonlarda — asl bugʻu, ohu, elik va togʻ echkisi, yovvoyi choʻchqa; togʻlarda — sassiqkoʻzan, boʻrsiq, latcha, boʻri, tulki, olmaxon; oʻrmonsiz shim. hududlarida yumronqoziq, olaxurjun va boshqa hayvon turlari bor. Qushlar va turli xil sudralib yuruvchilar koʻp. Qora dengizdan — pelamida, skumbriya, kambala, Dunaydan — sevryuga, sazan kabi baliqlar ovlanadi. Millim ‘ bogʻlari: Vitasha, Zlatni Pyasitsi, Ropotamo, Steneto va boshqa

Aholisi[tahrir]

Asosiy aholisi bolgarlar, shuningdek turklar, loʻlilar, armanlar, ruslar, makedonlar va boshqa millatlar ham yashaydi. Aholining 67,93% shaharlarda istiqomat qiladi. Davlat tili — bolgar tili. Aholining aksariyati — pravoslavlar; musulmon sunniylar ham bor. Eng yirik shaharlari: Sofiya, Plovdiv, Varna, Ruse, Burgas, StaraZagora.

Tarixi[tahrir]

B.ning eng qad. aholisi frakiy qabilalaridir. Milodiy 1-asrda B.ni Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan soʻng B. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat — Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-asrning ikkinchi yarmida B. hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar — qad. bulgʻorlar (koʻchmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska shahri boʻlgan Birinchi bulgʻor podsholigi (681—1018) ni tuzdilar. 9-asr oxiriga kelib protobolgarlar slavyanlar bilan qoʻshilib ketdi, slavyanlar tili davlat tili boʻlib qoldi, bolgar deb nomlangan slavyan xalqi vujudga keldi. 1185—87 yillarda akauka Petr va Asen boshchilik qilgan yirik xalq qoʻzgʻolonlari natijasida poytaxti Tirnovo shahri boʻlgan Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) tuzildi. 1396 yil B. ni turklar bosib oldi. Mahalliy boylarning bedodligi, ogʻir milliy zulm bolgar xalqining ozodlik kurashini kuchaytirdi. Mamlakatda gayduklar (xalq qasoskorlari) harakati keng quloch yoydi. 1876 yilgi eng kuchli apr. qoʻzgʻoloni shafqatsizlik bilan bostirildi. 1877—78 yillardagi Rossiya Turkiya urushi natijasida rus askarlari yordamida B. turklardan ozod qilindi. Ammo mamlakat Turkiyaga qaram boʻlib qolaverdi. 1908 yil dan mustaqil podsholik tashkil topdi. B. 1912—13 yil lardagi Bolqon urushlarida qatnashdi. 1-jahon urushida (1915 yildan) Olmoniya tomonida harakat qildi. 1919 yilgi Nyoyi sulh shartnomasiga binoan kattagina hududidan, xususan Egey dengizi sohillaridan mahrum boʻddi. 1923 yil iyun toʻntarishidan keyin hokimiyatni qoʻlga olgan hukumat Sentabr qoʻzgʻolonini shafqatsiz bostirdi. 1941 yil martda B. Berlin paktiga jalb qilindi, Olmoniya qoʻshinlari B. xududiga kiritildi. Mamlakat iqtisodiyoti butunlay gitlerchilar manfaatlariga boʻysundirildi. Bolgar xalqi oʻz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashni kuchaytirdi. 1942 yilda tuzilgan Vatan fronti fashizmga qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirdi. 1943 yilda B. xalq ozodlik armiyasi tuzildi. 1944 yilda ZUkraina fronti qoʻshinlari B. chegaralariga kirgan paytda B. hukumati "toʻla betarafligi" ni eʼlon qiddi. 1944 yil 9 sentabr ga oʻtar kechasi Sofiyada monarxiyaning fashist hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. Reaksion hukumat agʻdarib tashlandi va Vatan frontining Xalq hukumati tuzildi. B.ning davlat tuzumi toʻgʻrisidagi referendum qatnashchilari (92,7%) xalq respublikasi tarafdori ekanini bildirdi. 1946 yil 15 sentda B. Xalq Respublikasi eʼlon qilindi. 1990 yil Xalq majlisiga koʻp partiyali asosda oʻtkazilgan saylovda B. sotsialistik partiyasi gʻalaba qozondi, dek.da koalitsiyey hukumat tuzildi. 1997 yil apr. dagi parlament saylovida Demokratik kuchlar ittifoqi harakatlari va tashkilotlari koalitsiyasi gʻalaba qildi (bu ittifoq 1989 yilda tuzilgan edi). B. — 1955 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 yil 5 sentabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 3 mart — B.ning Turkiya zulmidan ozod boʻlgan kuni (1878).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari[tahrir]

B.da 80 ga yaqin partiya va siyosiy harakat ish olib boradi. Asosiylari: B. sotsialdemokratik partiyasi, 1891 yilda asos solingan, 1948 yilda faoliyatini toʻxtatgan,1989 yildan qayta faoliyat koʻrsata boshladi; B. sotsialistik partiyasi, 1990 yil apr. da tashkil etilgan; B. biznesbloki, 1991Y. 22yanv.da roʻyxatdan oʻtkazilgan; B. dehqonchilik xalq ittifoqi, 1899 yilda asos solingan; Huqukdar va ozodlik uchun harakat, B. musulmon aholisini birlashtiruvchi ijtimoiy-siyosiy tashkilot, 1990 yil yanv.da asos solingan; Xalq ittifoqi, siyosiy birlashma, 1994 yilda asos solingan. B. dehqonchilik xalq ittifoqi bilan Demokratik partiyani oʻz ichiga oladi; Demokratik kuchlar ittifoqi, 1989 yil dek.da tashkil etilgan. B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasi, 1990 yilda tuzilgan; "Podkrepa" mehnat konfederatsiyasi, 1990 i. tashkil etilgan; "Birlik" mustaqil kasaba uyushmasi, 1990 yilda asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

B. — industrialagrar mamlakat. Yalpi mahsulotda sanoatning ulushi 36%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 52% ni tashkil etadi.

Sanoatida mamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 41% band. Mashinasozlik, elektron va elektr texnika, metallsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qora va rangli metallurgiya, kimyo va neft kimyosi, yogʻochsozlik, oziq-ovqat tarmoqlari rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 35,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. B. ning yoqilgʻienergetika zaxiralari cheklangan, qazib olinayotgan koʻmirning sifati past. Pleven va Shabla atroflarida ozroq neft, Vratsa yaqinida gaz konlari bor. Elektr energiyaning aksariyatini issiqlik elektr stansiyalari beradi. Kozloduy shahri yaqinida atom elektr stansiyasi qurilgan. B.ning metallurgiya sanoati mamlakatning rangli metallar (qoʻrgʻoshin, pyx va mis) ga boʻlgan ehtiyojini toʻlatoʻkis, prokat va qora metallga boʻlgan ehtiyojining koʻp qismini qondiradi. Mashinasozlikda, asosan, koʻtarma transport vositalari (elektr karlar va motokarlar, liftlar), metall qirqish stanoklari, ogʻir va energetika uskunalari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar, transport vositalari va boshqa ishlab chiqariladi. Asosiy mashinasozlik markazlari: Sofiya, Ruse, Varna, Burgas, Gabrovo, Lovech, Plovdiv, Shumen. Sement sanoati Devnya, Pleven va Vratsadagi z-dlardan iborat. RilaRodop togʻlaridagi igna bargli daraxtlar, Bolqon togʻlaridagi buk oʻrmon yogʻochlari asosida yogʻochsozlik, jumladan, mebelsozlik tarmogʻi barpo etilgan. Toʻqimachilik sanoatida ip gazlama toʻqish, yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat sanoatida chetga chiqarishga moʻljallangan mahsulotlar — tamaki, konserva, vino va konyak ishlab chiqarish rivojlangan.

Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 18% band. B.da gʻalla, sabzavot, poliz ekinlari, kartoshka, yemxashak, texnika ekinlaridan tamaki, paxta (jan.da), kungaboqar, qand lavlagi yetishtiriladi. Qadimdan ekib kelinayotgan efir moyli ekinlar (atirgul, yalpiz, lavanda) asosan Karlovo va Qozonliq soylari boʻyida ekiladi. B.da bogʻdorchilik va tokchilik rivojlangan. Pomidor va chuchuk qalampir koʻp yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, ot, eshak, xachir, choʻchqa, parranda boqiladi, baliq ovlanadi. Asosiy baliq ovlash porti — Burgas.

Transporti[tahrir]

Ichki yoʻllarda yuk va yoʻlovchi tashishda temir yoʻl (yuklarning 17% tashiladi) va avtomobil transporti (yuklarning 70% tashiladi) ning ahamiyati katta. Bolgariya larning uz. 6,6 ming km (62% elektrlashtirilgan) va avtomobil yoʻllarning uz. salkam 37 ming km (33,8 ming km qattiq qoplamali). B. hududidan Gʻarbiy Yevropani Yaqin Sharq mamlakatlari bilan bogʻlovchi xalqaro temir yoʻl va avtomobil magistrallari oʻtgan. Dengiz transporti asosan tashqi savdoga xizmat qiladi. Asosiy dengiz portlari: Varna va Burgas. Dunayda kemalar qatnaydi (portlar — Ruse, Svishtov, Lom). "Balkan" va "JesAyr" firmalari samolyotlari xalqaro va ichki yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydi.

Tashqi iqtisodiy aloqalari[tahrir]

B. dunyoning yuzdan ortiq mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalarini yoʻlga qoʻygan. Chetga koʻtarmatransport mashinauskunalari (elektr karlar, elektr telferlar), kemalar, tovar vagonlari, avtomatlashtirish vositalari, elektron va elektr texnika mahsulotlari, stanoklar, mebel, moʻyna sanoati mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari (konserva, tamaki, sigareta, sharbat, vino, efir moyi), sabzavot va hoʻl mevalar chiqaradi; chetdan asosan mashinalar, asbobuskunalar, transport vositalari, qora metall, neft, kumir, sellyuloza, yengil sanoat mahsulotlari keltiradi. Mamlakatga chet el sayyoxdigi anchagina foyda keltiradi (1 yilda 1 mln. dan ortiq kishi kelib ketadi). Pul birligi — lev.

Tibbiy xizmati[tahrir]

B. da 70 mingga yaqin oʻrinli kasalxonalar bor. 25 mingga yaqin shifokor ishlaydi. Shifokorlarni Sofiya, Plovdiv, Varnadagi tibbiyot intlari tayyorlaydi. Boroves, Varna, Drujba, Zlatni Pyasitsi, Nesebir, SlinchevBryag iqlimiy kurortlari, Kyustendil, Hisara maʼdanli suv va Tuzla, Pomoriye balchiq bilan davolash kurortlari mashhur.

Xalq taʼlimi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari[tahrir]

B.da 7 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy bepul taʼlim joriy etilgan. Politexnika va hunartexnika maktablari, bilim yurtlari va texnikumlar bor. Yirik oliy oʻquv yurtlari Sofiya, Plovdiv, VelikoTirnovo untlaridir. Ilmiy markazlari: Bolgariya Fanlar akademiyasi, Bolgariya fanlari akademiyasi, Tibbiyot akademiyasi. Sofiyada Xalq kutubxonasi, unt hamda FA kutubxonalari va boshqa ommaviy kutubxonalar, Milliy badiiy galereya, etn., harbiy tarix (Pleven shahrida) muzeylari va boshqa bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

B. dagi asosiy gaz.lar: "Demokratsiya" ("Demokratiya", Demokratik kuchlar ittifoqining kundalik gaz., 1990 yil dan), "Duma" ("Soʻz", B. sotsialistik partiyasining kundalik gaz., "Rabotnichesko delo" gaz. oʻrniga 1990 yildan), "Zemedelsko zname" ("Dehqonlar bayrogʻi", kundalik gaz., B. dehqonchilik xalq ittifoqining nashri, 1902 yil dan), "Svoboden narod" ("Ozod xalq", haftalik gaz., B. sotsialdemokratik partiyasining organi, 1990 yildan), "Trud" ("Mehnat", B. mustaqil sindikatlari konfederatsiyasining organi, 1923 yildan). Bolgariya telegraf agentligi — BTA, SofiyaPress matbuot agentligi (1967 yilda tashkil etilgan) mavjud. 1929 yildan radioeshittirishlar, 1959 yil noyab.dan telekoʻrsatuvlar berib boriladi.

Adabiyoti[tahrir]

B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-asr ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-asr lardagi yozuvchilar — Kliment Oxridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va boshqa ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-asrlardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-asr 2-yarmida boshlangan B. milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-asrda D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va boshqa ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-asrning 50—70- yillari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-asrning 90- yillarida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tarixiy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. Andreyev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, axloq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.

Meʼmorligi[tahrir]

Miloddan avvalgi 4-asrda Kozonlik yaqinida frakiylar yaratgan Sevtopolis shahri qoldiqlari saqlangan; rimliklar hukmronligi davridan milodiy 1— 2-asrlardagi Ratsiariya, Eskus va boshqa shaharlarning harobalari qolgan. Jan.da — Chobandera, Belovo, Hisar va boshqa shaharlarda 4—9-asrlar meʼmoriy yodgorliklari, ibodatxona (bazilika tipidagi) lar bor. Bulardan eng mashhuri hozirgi Sofiyadagi muqaddas Sofiya ibodatxonasidir. B. qadimiy meʼmorligi ikki davrga — 1podsholik (681 — 1018), 2-podsholik (1187—1396) davriga boʻlinadi. 1podsholik davri (poytaxti Pliska) da oʻz zamonasining kuchqudratini aks ettiruvchi hashamatli binolar va ibodatxonalar qurilgan, ularda marmar toshlardan va bezaklardan foydalanilgan. 2podsholik davri (poytaxti Tirnovo) da B. meʼmorligi yuqori bosqichga koʻtarildi. Tirnovodagi "Qirq jafokash" (1230), Mesembriy (Nesebir) dagi "Aliturgita", "Ioanna", "Pantokratora" (13—14-asrlar) va Stanimak (Asenovgrad, 13-asr), Boyan shaharlaridagi ibodatxonalar, Tirnovo qalʼa devori va "Baba Vida" (14-asr) qalʼasi diqqatga sazovordir. B.da turklar hukmronligi davrida xalq meʼmorligi kuchaydi. B. turklar asoratidan qutulgach (1878), yangi xildagi turar joy, sanoat va maishiy binolar bunyod boʻla boshladi: Sofiyadagi "Sinodal palatasi" va "Mineralli hammom" (1880, meʼmor I. Monchilov). Brones shahrida "Bistritsa" — shoh saroyi (meʼmor I. Koychev), Sofiyada "Aleksandr Nevskiy" ibodatxonasi (meʼmor A. N. Pomeransev) va boshqa qurilgan. 1934 yilda Sofiya, Varna, Plovdiv va boshqa shaharlarning loyihalari ishlab chiqildi. 2-jahon urushidan keyin shaharlar va aholi yashaydigan manzilgohlar qayta qurildi, sanatoriy, dam olish uylari, turar joy binolari, z-d, fka va boshqa binolar qurilishi avj oldi.

Tasviriy sanʼati[tahrir]

B. hududida antik davrga mansub frakiylar qabr toshlari, qad. maqbaralarda noyob devoriy rasmlar (Qozonliqyaqinida, miloddan avvalgi 4— 3-asrlar) va boshqa yodgorliklar, oʻrta asrlardan ajoyib haykallar, mozaika va naqshli keramika buyumlari saqlangan. 12—14-asrlarda rassomlik (Tirnovo maktabi yetakchilik qilgan), kitob miniatyurasi taraqqiy etgan. Turklar hukmronligi davrida xalq ijodi (oʻymakorlik, keramika, kashtachilik) koʻproqrivojlandi. B. milliy badiiy realistik maktabi 19-asr oʻrtalaridan paydo boʻldi (Zahariy Zograf, S. Dospevskiy, X. Sokev, N. Pavlovichlar portret, tarixiy va vatanparvarlik ruhida kartinalar yaratdilar). 1878 yil qoʻzgʻolonidan keyin I. Mirkvichka, Ya. Veshin, I. Angelov, A. Mitov va boshqa rassomlar xalq hayotini haqqoniy ifodaladilar. 20-asrning birinchi choragida manzarachi rassom (A. Mixov, N. Petrov), siyosiy karikaturachi (A. Bojinov), haykaltarosh (A. Nikolayev, I. Lazarov)lar ijod qildilar. 20—30- yillarda demokratik anʼanalarni rassomlardan X. Stanchev, S. Venev, haykaltarosh I. Funev, suratkash I. Beshkov va boshqa davom ettirdi, keyingi vaqtlarda xalq hayotidagi yangi oʻzgarishlarni rassomlarning keksa avlodi (S. Venev, D. Gujenov, V. DimitrovMaystor, M. Markov, B. Mitov, A. Mixov, A. Nikolov, I. Petrov, D. Uzunov, I. Funev va boshqalar) va yoshlar oʻz polotnolarida tasvirladilar. Xalq amaliy sanʼati: keramika, kashtachilik va boshqa ham rivojlanmoqda.

Teatri[tahrir]

B. teatr sanʼati tarixi xalq oʻyini va tomoshalaridan boshlanadi. 19-asrda milliy ozodlik harakatining avj olishi bilan B. milliy teatri ham tashkil topa boshladi. 1856 yil da birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1866 yilda Brail shahrida (Ruminiya) dramaturg va rej. D. Voynikov rahbarligida bolgar truppasi tashkil qilindi.

1883 yil Plovdivda birinchi professional teatr truppasi ish boshladi. 1886 yilda bu yerda "Plovdiv havaskorlik truppasi" tashkil topdi. 1888 yil bu truppa Sofiyaga koʻchib oʻtib, "Bolgar xalq asosiy truppasi" deb ataldi. 1891 yil dramatik va opera truppalari tuzildi. 1892 yil da tuzilgan "Kulgi va koʻz yoshlari" truppasi 1904 yilda xalq teatriga aylantirildi. Keyinchalik "Zarya", R. Popovaning dramatik teatri, Yangi xalq teatri, "Zamonaviy teatr", "Erkin teatr", shuningdek Varna, Ruse, Qozonlikdagi teatrlar vujudga keldi. Bolgar teatri taraqqiyotida V. Kirkov, S. Ognyanov, S. Bichvarov, A. Bulevskaya kabi sanʼatkorlarning faoliyati katta rol oʻynadi. B. teatrlari repertuaridan milliy dramaturglar I. Vazov, O. Vasilev, K. Zidarov kabilarning , shuningdek jahon klassik va hozirgi zamon chet el dramaturglarining asarlari oʻrin olgan. F. Filipov, K. Mirskiy, R. Delcheva, O. Kircheva, S. Gesov, I. Kondov, M. Popova, V. Trandafilov, 3. Yordanova, G. Stamatov kabi rej. va aktyorlar B. teatr sanʼatining yirik arboblaridir.

Musiqasi[tahrir]

Eng qad. xalq qoʻshiqlari marosim, mehnat, qahramonlik, lirik qoʻshiklardan iborat. Xalq odatlarini ifodalovchi xoro, ruchenitsa raqslari boʻlgan. Musiqa folklorida birikki ovozli qoʻshiqlar koʻproq, uchtoʻrt ovozli qoʻshiqlar kamroq uchraydi. Xalq qoʻshiq va raqslarining vazni Yaqin Sharq musiqasi taʼsirida boyigan. Asosiy milliy cholgʻu asboblari — gadulka, gayda, kaval va tambura. Oʻrta asrlarda xalq kuylari va cherkov musiqasi keng tarqalgan, milliy sozanda, bastakorlar yetishib chiqqan. Turkiya asoratidan qutulgach, B. ning professional musiqa taraqqiyoti uchun qulay sharoit tugʻildi. Xalq qiroatxonalari huzurida xor jamoalari tuzildi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Ye. Manolov, D. Xristov, G. Atanasov kabi dastlabki professional kompozitorlar yetishdi. 1904 yilda Sofiyada musiqa maktabi (1921 yil dan Davlat musiqa akademiyasi, 1954 i. dan B. davlat konservatoriyasi) ochildi, 1908 yilda opera teatri (1921 yildan Sofiya xalq operasi) tashkil etildi. 20-asr boshlarida A. Bukoreshchliyev, D. Xristov, P. Pipkov, Al. Morfov, A. Kristev kabi kompozitor va musiqa folklorchilari asosan xor musiqasi sohasida ishladilar. G. Atanasov "Gergana", "Sveta" kabi dastlabki B. operalarini yaratdi. P. Vladigerov simfonik musiqani boshlab berdi. P. Staynov bilan V. Stoyanovlar simfonik va xor musiqasining yirik ustalaridir. Oʻzbekistonda B. sanʼat ustalari koʻp marta konsert bergan.

Kinosi[tahrir]

B. da 1910 yil dan boshlab milliy operatorlar suratga olgan voqeiy va hujjatli lentalar chiqarilgan. Birinchi bolgar badiiy filmi "Savlatli bulgʻor" (rej. V. Gendov) 1915 yil chiqdi. B. da birinchi ovozli film "Qulning isyoni" (rej. V. Gendov) 1933 yilda namoyish etildi. 2-jahon urushidan keyin B. da milliy kinosanʼat rivojida yangi pogona boshlandi. D. Dakovskiy, B. Sharaliyev, A. Yanchev, A. Marinovich, 3. Jandov kabi rej. lar, P. Vejinov, A. Vagenshteyn, X. Ganev kabi ssenariychilar yetishdi. 50-yillarda "Trevoga" (rej. 3. Jandov), "Vatan osmonida tong" (rej. A. Marinovich va S. Sirgajiyev), "Notinch yoʻl" (rej. D. Dakovskiy) filmlari ekranga chikdi. "Shipka qaxramonlari" (1955), "Tarix sabogi" (1957) filmlari yaratildi. Keyingi yillarda chiqqan "Kambagʻal koʻcha" (rej. X. Piskov), "Biz unda yosh edik" (rej. B. Jelyazkova), "Asir qushlar" (rej. D. Mundrov), "Shaftoli ugrisi" (rej. V. Radev), "Inspektor va tun" (rej. R. Vilchaiov), "Muhabbat" (rej. L. Staykov) kabi filmlarda yangi, hayotiy mavzularni koʻtarish, mazmundorlik, taʼsirchanlikning yangi vositalarini izlash seziddi. B. da har yili 200 ga yaqin hujjatli, ilmiyommabop, multfilm va 10—20 badiiy film ishlab chiqariladi. Kino aktyorlardan N. Kokanova, G. GeorgiyevGes, S. Danailov, D. Tonchevalar mashhur.

Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston — Bolgariya munosabatlari.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Bolgariya tarixi.
60px-Bulgaria
Birinchi Bolgar Imperiyasi
Ikkinchi Bolgar Imperiyasi
Usmon Bolgariyasi
Mustaqil Bolgariya
Kommunistik Bolgariya
Demokratik Bolgariya

7-chi asrning oxirlarida Asparuh Xon tomonidan boshqarilgan Bolgarlar qabilasi Bolqonga ko'chishadi va u yerda mahalliy Slavyanlar bilan birlashib ketib, MA 681 yilda dastlabki bolgar davlatini tuzishadi. Bu slavyan millatining tarixdagi birinchi davlatidir. 9-10-chi asrlarda Bolgar imperiyasi Yevropada juda katta kuchga ega bo'ladi va Bolqon yarimorolida hukmronlik qilish uchun Vizantiya Imperiyasiga qarshi urushlar olib boradi. Lekin 969 yilda Bolgar Imperiyasi Kiev Rusi tomonidan katta talofat ko'radi va 1018 yilda Basil II boshchiligidagi Vizantiya Imperiyasi tomonidan butunlay mahv etiladi.

Boshqaruv Organi[tahrir]

Bolgariya Prezidenti (Georgi Parvanov 22 yanvar 2002) to'g'ridan to'g'ri 5 yillik muddatga saylanib, bir marotaba qayta saylanish huquqiga ega. Prezident davlat boshqaruvchisi va harbiy kuchlarning oliy qo'mondoni vazifalarini o'taydi. Ayni vaqtda, prezident Milliy Xavfsizlik organining Maslahat Qo'mitasi rayisi bo'lib, garchi qonun qabul qila olmasada, qonun loyihasini [for further debates] qaytarishi mumkin. Lekin parlament ko'pchilikning ovozi bilan prezidentning vetosini rad etishi mumkin.

Vazirlar Kengashi Bosh Vazir (Sergey Stanishev 2005 y. 17 avgustdan beri) tomonidan boshqariladi. U Bosqaruv Organining oliy a'zosi bo'lib, hozirda 20-ta vazirdan iborat. Bosh Vazir parlamentning ko'chilik ovozi bilan tayinlanadi va Prezident tarafidan o'z mahkamasini tuzish uchun mandat beriladi.

Hozirdagi koalitsiya Bolgar Sotsialist Partiyasi (BSP), Simeon II Milliy Xarakati (SMX) va (asosan mamlakatda kamchilikni tashkil etgan Turklarni ifodalovchi) Huquqlar va Ozodlik uchun Xarakatdan tashkil topgan.

Hokimiyat[tahrir]

Bolgariya yakka palatali parlamentga ega. Umum-Milliy Yig'ilishi yoki Narodno Sabranie, 240 deputatlardan iborat bo'lib, ular xalq tomonidan 4 yillik muddatga saylaniladi. Ovozlar 28-ta administrativ bo'limlarning har biridagi nomzodlarning partiyalari yoki koalitsiyalariga beriladi. Partiya yoki koalitsiya parlamentga kirish uchun eng kamida ovozlarning 4% to'plashi zarur.Parlament qonunlarning kuchga kirishi, byudjetni tasdiqlash, prezident saylovlariga tayyorgarlik ko'rish, bosh vazir va boshqa vazirlarning tanlovi va ularning ishdan bo'shatilishi, urush e'lon qilish, qo'shinlarning Bolgariya hududidan tashqariga chiqishi va xalqaro bitim va shartnomalarni tasdiqlash kabi vazifalarni bajaradi.

Hududiy va mahalliy hokimiyat[tahrir]

Bolgariya Respublikasining hududi provinsiya va munitsipalitelarga bo'lingan. Provinsiyalarning soni 28-ta bo'lib, har biri hokimiyat tomonidan tayinlanadigan provinsiya hokimi bilan boshqariladi. Shu bilan birga, mamlakatda 263-ta munitsipalitet mavjud.

Provinsiyalar[tahrir]

Asosiy maqola: Bolgariya provinsiyalari.
Bolgariya Provinsiyalari

1987 yil 9-ta provinsiyaga bo'linganidan so'ng, 1999 yildan boshlab, Bolgariya 28-ta provinsiyadan iborat (oblasti, birlikda - oblast). Mamlakat poytaxti alohida provinsiya xisoblanib, har bir provinsiya o'z poytaxti nomi bilan ataladi:

Manbalar[tahrir]