Sent Vinsent va Grenadinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sent Vinsent va Grenadinlar
Saint Vincent and the Grenadines
Sent Vinsent va Grenadinlar davlat bayrogʻi   Sent Vinsent va Grenadinlar davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Pax et justitia
(Lotincha: Peace and justice)
Madhiya: {{{davlat_madhiyasi}}}
Sent Vinsent va Grenadinlar Xaritasi
Poytaxt Kingstaun
Rasmiy til(lar)
Hukumat Hamdo`stlig
 •  Rohib   Qirolicha Elizabet II
 •  Gubernator-General   Ser Frederick Ballantyne
 •  Bosh Vazir   Ralph Gonsalves
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   27 oktabr 1979
Maydon  
 • Butun 389 km² (203-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 117,534 (192- oʻrin)
 • Zichlik 302/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$342 mil. (211-)
 • Jon boshiga AQSh$2,910
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma VC
Internet domen .vc
Telefon prefiksi +1

Sent Vinsent va Grenadinlar[1] (ingl. Saint Vincent and the Grenadines) — poytaxti — Kingstaun shahri. BMT aʼzosi. Karib dengizidagi SentVinsent o. va Grenadina o.larining shim. qismida joylashgan davlat. Mayd. 389 km². Aholisi 116 ming kishi (2002). Maʼmuriy jihatdan 5 tumanga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. S.V. va G. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1979 y. kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi boʻlib, uning nomidan generalgubernator ish yuritadi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi — bir palatali parlament (Majlis palatasi). Ijrochi hokimiyatni generalgubernator tomonidan tayinlanadigan bosh vazir amalga oshiradi.

Tabiati. SentVinsent o. vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng bal. joyi 234 m — Sufriyer vulkani. Hozir ham harakatda. Eski vulkanlar tizmasi shim.dan jan.ga tomon pasayib boradi. Grenadina o.lari marjon riflari bilan oʻralgan. Iqlimi tropik, passatli. Oʻrtacha oylik tra 18—32°. Dek.dan aprelgacha quruq mavsum, yillik yogʻin 1500–3700 mm; uning 70% maydan noyabrgacha yogʻadi. Teztez boʻron boʻlib turadi. SentVinsent o.ning markaziy qismi oʻrmon bilan qoplangan, butazorlar ham uchraydi. Hayvonot dunyosi anvoyi qushlar (toʻti, kolibri), turlituman tropik baliqlar va hasharotlardan iborat. Bir necha qoʻriqxona bor.

Aholisining asosiy qismi sentvinsentliklar boʻlib, ular plantatsiyalarda ishlatish uchun mustamlakachilar tomonidan keltirilgan afrikalik neflar bilan indeyslar aralashuvidan hosil boʻlgan mulatlardir. Dindorlarining aksariyati — xristian (protestant)lar. Rasmiy til — ingliz tili.

Tarixi. SentVinsent o.ga 1498 y. X. Kolumb avliyo Vinsent kunida yetib borgan. 17-a.gacha Ispaniya mulki hisoblangan, 1783 y.gacha goh fransuzlar, goh inglizlar qoʻliga oʻtib turgan, nihoyat oʻsha yili Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirilgan. 1958—62 y.larda orollar VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻlgan. 1969 y. "Buyuk Britaniya bilan uyushgan davlat" maqomini oldi. 1979 y. 27 okt.da mustaqillikka erishdi. 1980 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 okt. — Mustaqillik kuni (1979).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Xalq taraqqiyoti harakati partiyasi, 2000 y. tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1975 y. asos solingan; Birlashgan leyboristlar partiyasi, 1994 y. tashkil etilgan. Mehnatkashlar milliy harakati kasaba uyushmasi; Ishchilar birlashgan ittifoqi, 1962 y. tuzilgan; S.V. va G. mehnatkashlari ittifoqi, 1943 y. asos solingan.

Xoʻjaligi. Q.x. va xorijiy sayyoqlarga xizmat koʻrsatish iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulotda xizmat koʻrsatish sohasining ulushi (shu jumladan, turizm) 71,9%, q.x.ning ulushi 10,6% va sanoat ulushi 17,5% dan iborat. Mehnatga layoqatli aholining 60% q.x.da band. Asosiy q.x. mahsulotlari — banan, kokos yongʻogʻi, mango, muskat yongʻogʻi, kakao, maniok, sitrus mevalar, ildizidan arrorut kraxmali ajratib olinadigan oʻsimliklar. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Baliq ovlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 73,2 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Mahalliy q.x. xom ashyosini qayta ishlaydigan, toʻqimachilik, poyabzal, farmatsevtika korxonalari bor. T.y. yoʻq. Avtomobil yoʻllari uz. — 1020 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Kingstaun. Chetga banan, arrorut, xom shakar, kopra va b. chiqaradi, chetdan keng isteʼmol mollari, oziq-ovqat, yoqilgʻi, transport vositalari keltiradi. Asosan, Karib havzasi mamlakatlari, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Gaz. va jur.lari: "Gavernment gazett" ("Hukumat gazetasi", 1868 y.dan), "Nyu tayme" ("Yangi vaqt", haftalik gaz., 1984 y.dan), "Vinsenshn" ("Vinsentlik", haftanoma. 1919 y.dan), "Gavernment bulletin" ("Hukumat byulleteni"), "Yuniti" ("Birlik", 2 haftada bir marta chiqadigan jur.). "Neshnl brodkasting korporeyshn of SentVinsent end Grenadine" hukumat radio va telekoʻrsatuv xizmati mavjud.

Kingstaunda pedagogika inti, texnika kolleji, Milliy muzey, anglikan sobori, botanika bogʻi (1763 y. tashkil etilgan), Sharlott qalʼasi (inglizlarning 18-a.dagi istehkomi) bor.[2]

Manbalar[tahrir]