Kontent qismiga oʻtish

Sudan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sudan Respublikasi
جمهورية السودان
Jumhūriyyat as-Sūdān
Shiorالنصر لنا
Al-Nasr Lana
(Arabcha: Musoboqa Bizniki)
Madhiya: نحن جند الله، جند الوطن
Nahnu Djundulla Djundulwatan
Location of Sudan
Poytaxt Xartum
Rasmiy til(lar) Arabcha
Inglizcha
Hukumat Harbiy To`ntarish
• Prezident
Abdel Fattoh Abdulrahmon al-Burxon
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligi va Misrdan)
• Sana
1-yanvar 1956
Maydon
• Butun
1,886,068 km2 (10-oʻrin)
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
40,187,486 (30-oʻrin)
• Zichlik 16/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$84,930 mil. (61-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$2,113
Pul birligi Sudanese Dinar (SDD)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma SU
Telefon prefiksi 249
Internet domeni .sd

Sudan, Sudan Respublikasi (Jumhuriya asSudan) — Afrikaning shimoli-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 2,5 mln. km². Aholisi 37,09 mln. kishi (2002). Poytaxti — Hartum shahri Maʼmuriy jihatdan 26 shtatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998-yil 30-iyunda kabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993-yildan Umar Hasan Ahmad alBashir), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.

S hududining katta qismi bal. 300–1000 m boʻlgan plato; shimolida uning talaygina qismida Liviya va Nubiya choʻllari, janubida Markaziy Afrika togʻligi (eng baland joyi — Kinyeti togʻi, 3187 m), gʻarbda Darfur va Kordofan platolari, sharqda Efiopiya togʻligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganets rudalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shimolida tropik choʻl iqiimi, issiq va qurgʻoqchil, janubida ekvatorial, mussonli. Hartumda oʻrtacha temperatura yanvarda 22°, iyulda 33°. Iillik yogʻin shimolida 20 mm gacha, mamlakat oʻrta qismida.100–300 mm, janubida 1000 mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmoklari — Oq Nil va Koʻk Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurishda, yuk tashishda va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Sudan janubidagi baland boʻyli oʻtlar oʻsuvchi savannalarda qizil ferralit va alferrit tuproklar, shim.roqdagi choʻlga aylangan quruq savannalarda qizilqoʻngʻir va qizgʻish qoʻngʻir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir ogʻir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyuvial tuproqlar ham uchraydi. Janubida va togʻlarda tropik oʻrmonlar bor, baobab va akatsiya koʻp. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, gʻizol, jirafa, fil, qoplon, arslon, begemot va boshqa, qushlardan tuyaqush, marabu, sesarka, sudralib yuruvchilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy bogʻlari, Erkovit qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida nubiylar, shimoli-sharqida bejalar, shuningdek, dinka, azande, nuer, shilak xalqlari ham yashaydi. Shahar aholisi 35%. Rasmiy til — arab tili. Rasmiy din — islom. Xristianlar ham bor. Yirik shaharlari: Hartum, Omdurman, Shimoliy Hartum, PortSudan, Juba, AlUbayd. Sudan davlati asosan arab inglis tilida gaplashadi.

Sudan hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming yillikda janubidan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-asrlarda Sudan Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-asrda xristianlik tarqala boshladi. 7-asrga kelib, Sudanda Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-asr oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shimoliy va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-asr oxiri — 16-asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 yillarda Sudanning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. Sudan garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-asrning 60y.lari oxiri — 70 yillarboshlaridan Sudanda Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Mahdiychilar qoʻzgʻoloni). 1899-yil inglizlar Sudanni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. Sudan rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. Sudan amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda Sudanda dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sudan harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955-yil noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956-yil 1-yanvarda Sudan mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 yillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969-yil davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972-yil S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 yillik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980-yildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, janubida yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985-yilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986-yilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989-yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993-yil Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999-yil 1-yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000-yil 13—22-dekabrda prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana Sudan prezidenti etib saylandi. Sudan 1956-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-yanvar — Mustaqillik kuni (1956). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

AlUmma ("Millat") partiyasi, 1945-yil asos solingan; Birlashgan demokratik partiya, 1967-yil tuzilgan; Milliy kongress partiyasi, 1999-yil tashkil etilgan. Sudan ishchi kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1950-yil asos solingan, Xalqaro arab kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga kiradi.

Sudan — qoloq agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi.ning ulushi 46,3%, sanoatning ulushi 22,8%, xizmat koʻrsatish soqasining ulushi 30,8%.

Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band boʻlib, eksport tushumining 95% ni taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi da foydalaniladigan 8,4 mln. gektar yerning 2,6 mln. gektari sugʻoriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi yerlardir. Paxta eng muhim eksport ekini boʻlib (Afrikada Misrdan keyin 2oʻrin), Gezira, Oq va Koʻk Nil, Atbara vodiylarida yetishtiriladi. Kordofan platosi, Koʻk Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida yer yongʻoq, hamma vohalarda oq joʻxori, tariq ekiladi, shimolida xurmo yetishtirilady va makkaisano bargi terib olinadi. Texnika ekinlaridan shakarqamish va boshqa yetishtiriladi. Aqoqiyo (arab yelimi) yetishtirishda dunyoda yetakchi oʻrinda turadi. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, tuya, xachir, yilqi va boshqa boqiladi.

Sanoatida mehnatga layoqatli Agʻolining 5% band boʻlib, u asosan mahalliy qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlash va yogʻochsozlik korxonalaridan iborat. Oziqovqat sanoatida yogʻ, sut, qandshakar, konserva zavodlari, yengil sanoatda toʻqimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, sement, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish. korxonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganets rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish koʻpaydi. Dengiz suvidan tuz ajratib olinadi. Yiliga oʻrtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Hartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. Transport yoʻli uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Hartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq joʻxori, aqoqiyo, yer yongʻoq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — sudan dinori.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vrach va farmatsevtlar Hartum universitetining davolash va farmatsevtika ftlarida, oʻrta malakali tibbiyot xodimlari 14 tibbiyot maktab va kollejlarida tayyorlanadi. Shimoliy Hartumda oʻrta maʼlumotli veterinariya mutaxassislari tayyorlaydigan 2 yillik institut (maktab) bor.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

19-asrgacha Sudan shimolida 2—3 yillik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 yillik boshlangʻich, 4 yillik oraliq, 4 yillik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970-yil maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 yillik boshlangich, 6 yillik oʻrta (3 yillik toʻliqsiz va 3 yillik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 yil davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 yil davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom instituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 yil davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika instituti, tibbiyot kolleji va boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo institutida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sudanda bir kancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Yiriklari: "AlAyyom" ("Kunlar", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1953-yildan), "AlQuvvat alMusallaxa" ("Qurolli kuch lar", kundalik gazeta, 1969-yildan), "Assahafa" ("Matbuot", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1962-yildan), "Sudan standard" ("Sudan bayrogʻi", ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1973-yildan), "Sudan nush" ("Bugungi Sudan", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976-yillan). Sudan axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970-yil asos solingan. Davlat Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi mavjud.

Koʻhna Sudan tamadduni (sivilizatsiyasi) Qad. Misr va yunon madaniyatlari bilan bogʻliq ravishda rivojlangan. 7-asrdan arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17—18-asrlarda Hammad ibn Muhammad ibn Ali alMumayux va Muhammad alJaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19-asr xalq sheʼriyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, Bint alMakkaviy va boshqalar) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga daʼvat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyandalaridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azZahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini "birgalikda kurashish"ga chaqiruvchi sheʼrlari bilan mashhur boʻldi. 20-asrning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30-yillarda Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza alMalik Tunbul, Yusuf Bashir atTijoniy kabi shoirlar adabiyotni rivojlantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-asrning 2-yarmida shoirlardan Toj asSirr Hasan, Jili Abdurahmon, Jaʼfar Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alFayturiy, yozuvchilardan Fotima Ahmad Ibrohim, Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, atTayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. Sudanda xalq, ogʻzaki ijodi ham keng yoyilgan. Shimoliy Sudanda folklar janrlari boshqa arab mamlakatlari ogʻzaki ijodiga, janubiy Sudanda esa tropik Afrika madaniyati namunalariga oʻxshash.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk neolit davri (mil. av. 7ming yillik oxiri — 4ming yillik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming yillikda Sudan sanʼati Qad. Misr madaniyati oʻzanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda oʻziga xos belgilar paydo boʻla boshlagan. Mil. av. 22—18-asrlarda xom gʻishtdan toʻgʻri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun koʻp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sagʻanalar barpo etilgan. Sudanda xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-asrning 2-yarmi) meʼmoriy uslubi va devoriy rasmlari kopt sanʼatiga yaqin boʻlgan cherkovlar qurila boshladi. 15—16-asrlarda Gʻarbiy Sudan meʼmorligining Sharqiy Afrika oʻrta asr tosh meʼmorligiga oʻxshash jihatlari koʻp boʻlgan. 19—20-asrlarda Qizil dengiz boʻylarida marjon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, Sudan janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan toʻqima qilib yasalgan, tomi oʻt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi boʻlgan. 20-asr oʻrtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Hartum, PortSudan, Atbara va boshqa yirik shaharlarda qurildi. 1956-yildan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng koʻlamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon meʼmorligi tajribasidan foydalanishga harakat qilindi.

20-asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. Sudan tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy Sudan arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, janubiy xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.

Musiqasi koʻpgina xalqlarning musiqiy anʼanalarini oʻz ichiga oladi. Sudan cholgʻu asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (Gʻarbiy Sudanda), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Janubiy Sda); torlikamonli umkiki, tor (toʻrtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv toʻddirilgan baraban), taba va boshqa Janubiy Sudandagi dinka, nuer, shilluk va boshqa xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq poʻsti), garin (shox), qamish naylar va boshqa Gʻarbiy Sdagi koʻpgina qoʻshiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xasis, jarrari, mardum raqsqoʻshiklari koʻchmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bogʻliq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari ham mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar vatanni, mustaqillik yoʻlidagi kurashchilarni madh etuvchi qoʻshiklari bilan mashhur boʻlgan. Keyingi yillarda mamlakat janubiy bilan shimoliy anʼanalari yaqinlashuvi natijasida turli musiqiy uslublarning oʻzaro taʼsiri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr instituti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alAmin, I. alKoshif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozitor va dirijyor A. Marjonni koʻrsatish mumkin.

Sudan teatr sanʼati arab madaniyati ruxida. 1936-yil Teatr jamiyati tashkil etilib, u avval maktablarda ish olib bordi. 1940-yildan ommaviy spektakllar namoyish eta boshladi. 1950-yil jamiyat negizida drama va musiqa truppalari arab tilida spektakllar qoʻiishga kirishdi. 1961-yil Zamonaviy Sudan teatri, Hartum truppasi va xalq raqs ansambllari ishladi. Yosh sanʼatkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida taʼlim oladilar.

1968-yil oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 yillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (rejissor arRashid Mavdi), "Avlodlar kurashi", "Akauka mojarosi" (rejissor A. Hoshim), "Afrika, inqilob bongi" (rejissor Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qilish bilan xususiy firmalar shugʻullanadi.