Syerra-Leone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siyerra Leon Respublikasi
Siyerra Leon davlat bayrogʻi   Siyerra Leon davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unity, freedom, justice
Madhiya: High We Exalt Thee, Realm of the Free
Siyerra Leon Xaritasi
Poytaxt Freetaun
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Ahmad Tejan Kabbah
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 •  Sana   27 aprel 1961
Maydon  
 • Butun 71,740 km² (119-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 6,017,643 (103- oʻrin)
 • Zichlik 83/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$5,022 mil. (156-)
 • Jon boshiga AQSh$835
Pul birligi Leone (SLL)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma SL
Internet domen .sl
Telefon prefiksi +232

Syerra-Leone (Sierra Leone), Syerra-Leone Respublikasi (Republic of Sierra Leone) — Afrikaning gʻarbida, Atlantika okeani sohilida joylashgan davlat. Maydoni 72,3 ming km². Aholisi 5,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Fritaun sh. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyat (province)ra va Gʻarbiy viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi. Syerra-Leone — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 yildan Axmad Tejan Kabba). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati. Okean sohillarining aksari qismi past, yassi, qumli. Hududning koʻp qismini LeonLiberiya qirlari (eng baland joyi — 1948 m) egallaydi, bu qirlarda temir, titan rudalari, olmos, mamlakat gʻarbida boksit konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli iqlim. May oyidan sent.gacha yogʻingarchilik, okt.dan maygacha quruq mavsum. Eng salqin oy — avg .da oʻrtacha tra sohilda 24°, eng issiq oy — aprelda 27°, mamlakat ichki qududida 21—24°. Yillik yogʻin togʻlarda 4000 mm dan ortiq, mamlakat ichki hududida 2000–2500 mm. Daryolari sersuv, serostona. Asosiy daryolari: Kaba, Rokel, Jong , Seva, Moa. Tuprogʻi qizilsariq ferralit, sohilda botqoqli va allyuvial, mangrozorlarda shoʻr tuproq. Mamlakat hududining yarmiga yaqini, shim.da asosan savanna, jan.da butazorlardan iborat. Hududining 5% ga yaqinini egallagan tizmalari va tepaliklarning nam sharqiy yonbagʻirlari doim yashil va aralash oʻrmonlar bilan band. Hayvonot dunyosi shafqatsiz qirib yuborilgan boʻlsada, ayrim joylarda maymun (shimpanze, babuin, makaki va boshqalar), kiyik, zebra, sirtlon, qoplon, oʻrmon ichkarisida fil, begemot, buyvollarning mitta turlari, darelarda timsoxlar saqlanib qolgan. Qush va hasharot, sohil yaqinidagi suvlarda baliq koʻp. LomaMauntins, MamuntaMayoza oʻrmon qoʻriqxonalari tashkil qilingan.

Aholisi 2 asosiy etnik guruh: gʻarbiy atlantika va mande til oilalariga boʻlingan xalqdardan iborat. Rasmiy til — ingliz tili; krio, mande va temne tillari ham tarqalgan. Aholining aksariyati mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi, bir qismi xristian va musulmon. Shahar axoliyey 37%. Yirik shaharlari: Fritaun, Kenema, Makeni, Kondu, Bo.

Tarixi. Syerra-Leone hududida odam paleolit davridan yashay boshlagan. 2 ming yil avval temirdan mehnat qurollari yasalganligi maʼlum. 7—8-a.larda bu yerda limba yoki bulom elatlarini shim. dan kelgan mande, koranko va boshqa xalqlar sohilga surib yuborgan. 15-a. oʻrtalarida qaror topgan qabilaurugʻchilik anʼanalari 20a. boshlarigacha davom etgan.

Yevropaliklardan birinchi boʻlib bu hududga 1462 y. portugaliyaliklar yetib kelib, unga SyerraLeone (Sherlar togʻi) nomini berdi. 16-a.da ingliz qul savdogarlari kelib, 1662 y. dastlabki qalʼani qurdilar. 18-a.da qul savdosi rasman taqiqlangach, inglizlar tomonidan ozod qilingan bir necha yuz qul "erkinlar shahri" — Fritaun manzilgohiga asos soldilar. 1808 y. Fritaun va uning atrofidagi yerlar, keyinchalik butun mamlakat Angliya mustamlakasiga aylandi. 1898 y. mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi katta qoʻzgʻolon koʻtardi. Angliya hukumati yuborgan armiya qoʻzgʻolonchilardan 2 ming kishini qirib, 100 ga yaqin qishloqni yoʻq qilib yubordi, 98 qabila boshligʻini otib tashladi. 1-jahon urushidan soʻng mahalliy ishchilar kasaba uyushmalarini tuza boshladilar. 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik kurashi kuchaydi. Siyosiy partiyalar tuzildi. 1955 y. davomida boʻlib oʻtgan gʻalayonlar natijasida Angliya hukumati biroz yon bosishga majbur boʻldi. 1961Y 27. aprelda Syerra-Leone Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqillikka erishdi. Syerra-Leone hukumati barcha mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish, irqiy kamsitishga qarshi kurash, Afrika qitʼasidagi mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori ekanini bild’irdi. Syerra-Leone — 1961 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 aprel — Mustaqillik kuni (1961). OʻzR suverenitetini 1991 y. 21 dek.da tan olgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Umumxalq kongressi, 1960 y. tuzilgan; Xalqdemokratik partiyasi, 1991 y. tashkil etilgan; Birlashgan inqilobiy front, 1991 y. qoʻzgʻolonchi guruh sifatida tuzilgan, 1999 y. partiyaga aylantirilgan; Milliy birlik partiyasi, 1995 y. asos solingan; Tinchlik va birlik partiyasi, 2002 y. tashkil etilgan. Syerra-Leone Mehnat kongressi, 1966 y. asos solingan.

Xujaligi. Syerra-Leone — konchilik sanoati bir muncha rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 52%, sanoatning ulushi 16%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 32%.

Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziqovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat yer fondi 7,2 mln. gektar, shundan 4 mln. gektari dehqonchilik uchun yarokli, ammo 0,8 mln. gektar yerdan foydalaniladi, 2,2 mln. gektar yer yaylov. Sohil yaqinidagi mangrozor botqoqliklar oʻzlashtirilib, sholi ekila boshladi. Eksport uchun palma yongʻogʻi, kofe, kakao, yer yongʻoq, zanjabil, sitrus mevalar, ichki ehtiyoj uchun sholi, maniok, makkajoʻxori, tariq, oq joʻxori, batat, shakar qamish, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik sust rivojlangan, qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash va parrandachilik rivojlangan.

Sanoati. Konlarda olmos, temir rudasi, boksit, rutil, oltin qazib olinadi. Ishlab chiqarish. sanoati mustaqillik yillarida tashkil etildi. Neft va qishloq xoʻjaligi. xom ashyosini qayta ishlaydigan, qurilish materiallari, poyabzal ishlab chiqaradigan korxonalar, tamaki f-kasi va pivo zavodi, kimyo, metallsozlik sanoati korxonalari, avtomobillarni taʼmirlash ustaxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 237 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 84 km, avtomobil yoʻllari — 11,7 ming km. Asosiy dengiz porti — Fritaun, xapqaro aeroporti — Lungi. SL. chetga olmos, boksit, kakao, kofe doni, palma yongʻogʻi magʻzi chiqaradi; chetdan mashina va uskuna, kimyo va oziqovqat mahsulotlari keltiradi. AQSH, Nigeriya, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. Pul birligi — leone.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Mustaqillik eʼlon qilinganidan keyin 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi. Davlatga qarashli maktablar bilan bir qatorda xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktab 7 y.lik. Fritaun va uning atrofida darslar ingliz tilida, viloyatlarda koʻp tarqalgan mahalliy tillardan birida olib boriladi. Boshlangʻich maktabni tugatgan bolalar oʻrta maktabda yoki hunartexnika oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Oʻrta maktablar 7 y.lik umumiy taʼlim maktablari va 3—4 y.lik zamonaviy oʻrta maktablardan iborat. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va zamonaviy oʻrta maktab negizida olib boriladi; ularda oʻqish muddati 1—3 y. Fritaun va Kenemadagi texnika intlari maxsus oʻrta maʼlumot beradi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. kollejlarida tayyorlanadi. Fritaundagi Syerra-Leone universiteta (1967)ni tugatgan mutaxassislar toʻliq oʻrta maktab va ped. kollejlarida dars berishi mumkin. Mazkur universitet mamlakatdagi ilmiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi markaz vazifasini ham bajaradi. Bundan tashqari Dengiz biol.si va okeanshunoslik instituti (1966), FuraBey kolleji huzurida Afrikani oʻrganish instituti, Sanʼat, adabiyot va tarixni oʻrganish bilan shugʻullanuvchi Syerra-Leone jamiyati (1918), geol. xizmati (1918) bor. FuraBey kolleji kutubxonasi (1827), J. Tomas kutubxonasi, turli viloyat va shaharlarda kutubxonalar, Fritaunda Milliy muzey mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi. Asosiy gaz.lari: "Deyli meyl" ("Kundalik pochta", gʻukumatga qarashli ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1931 yildan), "Vi yun" ("Suhbatdosh", ingliz tilida xdftasiga 2 marta chiqadigan gaz., 1963 yildan), "Kronikl" ("Xronika", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 yildan), "Progress" ("Taraqqiyot", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz.), "For pipl" ("Xalq uchun", ingliz tilida chiqadigan haftalik gaz., 1983 yildan). Syerra-Leone axborot agentligi (SLENA) milliy axborot agentligi, 1980 y. tashkil etilgan. Syerra-Leone radioeshittirish xizmati, qukumat mahkamasi, 1934 y. tuzilgan. Syerra-Leone radioeshittirish xizmati qaramogʻida 1963 y. telekoʻrsatuvga asos solingan.

Abadiyoti ingliz tilida 20-a. oʻrtalarida yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodiyoti unga samarali taʼsir oʻtkazgan. Mashxur adiblari — R. S. Ismon, A. Nikol, U. Konton. R. Koulning oʻz xayotidan yozgan "Kossoulik bolakay" qissasi dastlabki nasriy asarlardan b>’ldi. 50—60y.larda novella, roman, dramalar, yangicha sheʼriy uslublar paydo boʻldi. M. Sinaning "Shinavanda serjant" hajviy xikoyasi, N. Faylning davlat madhiyasi matni, "Boshpanasiz yigit" xikoyasi, F. Garti va boshqalarning hikoya, roman va sheʼriy toʻplamlari nashr etildi. Kontonning "Afrikalik yigit" romanida ijtimoiy va axloqiy muammolar, irqiy oʻzaro munosabat masalasi koʻtarib chiqilgan. Ismonning "Mehribon ota" pyesasi milliy masalaga bagʻishlangan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Syerra-Leone qishloklari odatda tepaliklarga qurilgan. Aksariyat turar joylarning devori loydan yoki toʻqima novdalardan tiklanib, rang-barang rasmlar solinadi, konussimon tomi poxol bilan yopiladi. Tarhi toʻgʻri burchakli, tomi palma bargi bilan yopilgan sinchli kulbalar ham uchraydi. 15—17-a.larda portugallar kurgan bir necha qoʻrgʻon saqlanib qolgan. 18-a. oxirlarida paydo boʻlgan Fritaun, Makeni, Lunsar sh. larining qiyofasi qishloqlardan deyarli farq qilmaydi. Faqat Fritaunda ingliz viktorian meʼmorligi va zamonaviy ruxdagi binolar bor.

Syerra-Leone hududida yumshoq tosh (steatit) dan yasalgan haykalchalar (ibodat qilayotgan kishi, ot va fil ustidagi chavandoz, jonivorlar qiyofalari), yogʻoch niqoblar, fil suyagi bilan bezatilgan buyumlar topilgan. 20-a.ning 2-yarmida chet ellarda oʻqib kelgan rassomlar ijodida dastgoh sanʼati vujudga keldi: M. BerniNikol mahobatli pannolar, S. LeyberBleyk realistik portretlar yaratishdi. Ganada taʼlim olgan haykaltarosh P.M.Karelo shu mamlakat badiiy maktabi anʼanalarini qabul etib, xalq sanʼati ruhida asarlar yaratdi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻochsozlik rivojlangan.

Musiqasi. Mehnat jarayonlari, hayotiy voqealar qoʻshiqsiz oʻtmaydi. Sevgi, mehnat, marosim, munojot qoʻshiklari keng tarqalgan. Teatrlashtirilgan raqs tomoshalariga joʻr boʻladigan qoʻshiqlar alohida turkumni tashkil etadi. Cholgʻu asboblari — kangbay deb ataluvchi 1 membranali, sangbay deb ataluvchi konussimon, xutamba deb ataluvchi qum soat shaklidagi barabanlar, fil tishidan yasalgan truba, yogʻoch nay, banjo, ksilofonni eslatuvchi balanja va boshqa Sayoq baxshi — griotlar qahramonlik, muhabbat, hajviy qoʻshik^parni ijro etib, xalq sanʼatini targʻib qiladi. 20-a. boshlarida voyaga yetgan professional kompozitorlar orasida S. KolrijTeylor ijodi ("Gayavata" oratoriyasi, "Afsonaviy balladalar" va boshqalar) aloxida oʻrin oladi.

Teatri. Syerra-Leoneda zamonaviy teatrning rivojlanishi xalqning oʻziga xos madaniyati qaror topishi va mamlakatdagi anʼanaviy sanʼatning tiklanishi bilan bogʻliq. Mustamlakachilik yillarida koʻpgina ingliz havaskorlik drama va musiqali drama jamoalari U. Shekspir, S. Moem, J. Jilbert pyesalarini sahnalashtirgan. 2-jahon urushidan keyin maktab va liniy missiyalar qoshida afrikaliklarning havaskorlik jamoalari tuzila boshladi. 1958 y. dramaturg, rej. va aktyor D. Akar "SyerraLeone aktyorlari" truppasini tashkil etdi va oʻzining "Aks sadosiz vodiy" va "Tamba nidosi" pyesasini sahnaga qoʻydi. Mustaqillikka erishgach, havaskor jamoalar koʻpaydi. R.S. Ismonning "Mehribon ota", "Yangi vatanparvarlar", A. Kargboning "Jiyanining kamzuli", O. Masonning "Otasining irodasi" pyesalari tomoshabinlarga koʻrsatildi. Komediya janri rivojlandi. FuraBey kolleji qoshidagi tajriba studiyalari dramaturg , rej. va aktyorlarni tayyorlaydi. Havaskorlik jamoalarini birlashtiruvchi Milliy teatr uyushmasi tashkil etilgan. Fritaundagi teatrkonsert zali mamlakat teatr hayotining asosiy markazlaridan biridir.

Afrika mamlakatlari

Aljir · Angola · Benin1 · Botsvana · Burkina-Faso · Burundi · Chad · Ekvator Gvineyasi · Eritreya  · Efiopiya  · Gabon · Gambiya · Gana · Gvineya · Gvineya-Bisau  · Janubiy Afrika Respublikasi  · Janubiy Sudan  · Jibuti · Misr3 · Zambiya · Zimbabve · Kabo-Verde  · Kamerun · Keniya · Komoros · Kongo Demokratik Respublikasi · Kongo Respublikasi · Kot-dʼIvuar  · Lesoto · Liberiya · Liviya · Mavritaniya · Mavritsiya · Madagaskar · Malavi · Mali · Markaziy Afrika Respublikasi  · Marokash · Mozambik · Namibiya · Niger · Nigeriya · Ruanda · San-Tome va Prinsipi  · Svazilend  · Seyshell orollari · Senegal · Somali · Sudan · Syerra Leone · Tanzaniya  · Togo  · Tunis · Uganda ·


Qaram hududlar: Hind okeanidagi Britan hududi · Gʻarbiy sahroi kabir¹ · Kanar oroli · Madeyra · Mayotta · Melilya · Reyunon · Epars oroli · Seuta