Makao
Makao 澳門
| |
|---|---|
| Xitoyning maxsus maʼmuriy rayoni | |
|
| |
| Rasmiy til(lar) | Xitoy tili • portugal tili |
| Boshqa tillar |
• Kanton • Portugal tili (Makaocha) • Anʼanaviy xitoycha |
| Etnik guruhlar (2016) |
• 88.4% Xitoyliklar • 4.6% Fillipinlar • 2.4% Vyetnamliklar • 1.7% Portugaliyaliklar • 2.8% boshqalar |
| Etnoxoronim(lar) | Makaoliklar |
| Hukumat | Yagona (unitar) bir partiyali davlat tarkibida vakolatlari devolutsiya qilingan, ijroiya hokimiyat boshchiligidagi hukumat |
• Bosh direktor |
Sem Hou Fay |
• Ma’muriy ishlar va adliya bo‘yicha kotib |
Andre Chong Veng Chon |
• Assambleya prezidenti |
Kou Hoi In |
• Sud raisi |
Song Men Ley |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Qonunchilik Assambleyasi |
• Butunxitoy xalq vakillari kongressi |
12 deputat |
• Xitoy Xalq Siyosiy Maslahatchi Kengashi |
29 delegat |
| Suveren davlat ( | |
• Portugaliya ijarasi |
1557-yil |
• Pekin shartnomasi |
1887-yil 1-dekabr |
• Xitoy-Portugaliya qoʻshma deklaratsiyasi |
1987-yil 26-mart |
• Makaoni topshirilishi |
1999-yil 20-dekabr |
| Maydon | |
• Butun |
119.3 km2 |
• Suv (%) |
71.25 |
| Aholi | |
• 2024-yilgi roʻyxat |
712,651 kishi |
| • Zichlik | 20,300/km2 |
| YIM (XQT) | 2024-yil roʻyxati |
• Butun |
$92.995 milliard (101-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$128,030 (4-oʻrin) |
| YIM (nominal) | 2024-yil roʻyxati |
• Butun |
$54.677 milliard (90-oʻrin) |
• Jon boshiga |
$72,910 (8-oʻrin) |
| Gini (2018) |
36.0 medium |
| HDI (2023) |
0.934 very high |
| Pul birligi | Makao patakasi (MOP) |
| Vaqt mintaqasi |
UTC+08:00 (Macau Standard Time) |
| Sana formati |
kun/oy/yil yil年oy月kun日 |
| Avtomobil harakati | Chapga |
| Telefon prefiksi | +853 |
| ISO 3166 kodi | MO • CN-MO |
| Internet domeni | .mo • .澳門 • .澳门 |
Makao yoki Aomin — Xitoy janubi-sharqidagi maxsus maʼmuriy rayon (1999-yil 20-dekabrdan) Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Chjutszyan daryosi quyilish joyida Aomin yarim oroli, Xanszidao, Szyuao va boshqa bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi.
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqaruvni Ijroiya kengashi amalga oshiradi. Unga 5 yil muddatga saylanadigan va XXR hukumati tasdiqlaydigan Ijroiya hokimiyati rahbari boshchilik qiladi. Qonunchilik organi 27 aʼzodan tarkib topgan Qonunchilik kengashidir.
Makaoda siyosiy partiyalar yoʻq. Biroq turli siyosiy uyushmalar va guruhlar faoliyat yuritadi. Makao iqtisodiyotiga koʻmaklashish assotsiatsiyasi, Taraqqiyotga koʻmaklashish ittifoqi, Taraqqiyot uchun konvergentsiya, Makao ravnaqi umumiy ittifoqi, Yangi demokratik Makao uyushmasi, Demokratik taraqqiyot uchun ittifoq kabi uyushmalar ishbilarmon doiralar va siyosiy kuchlar manfaatlarini ifoda etadi.
Boʻlinishi va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aomin ikki munitsipalitetga boʻlinadi.
Makao aholisi buddizm (50 foiz), katolik (15 foiz) va boshqa dinlarga (35 foiz) eʼtiqod qiladi.
Aholi zichligi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. 1 kvadrat kilometrga 20 ming kishi toʻgʻri kelmoqda. Oʻrtacha umr koʻrish darajasi boʻyicha Monakodan keyin ikkinchi oʻrinda bormoqda. Bu yerda ayollar oʻrtacha 87,5 yoshga, erkaklar 81,4 yoshga kirmoqda.
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoy Xalq Respublikasi maxsus maʼmuriy rayoni. Janubiy Xitoy dengizi qirgʻogʻida, Chjutszyan daryosi deltasida joylashgan. Makao yarim oroli, Taypa va Koloane orollari hududini oʻz ichiga qamrab oladi. Boʻgʻoz orqali Chjuhay megapolisi bilan chegaralanadi.
Yarim orol XVII asrda qitʼa bilan qoʻshilgan. Boshqa ikki orol Makao bilan koʻprik va yoʻl orqali bogʻlangan.
Hududining katta qismi binolardan iborat. Qishloq xoʻjaligi, yaylov va oʻrmonlari yoʻq. Ammo yashil oʻsimliklar 22,4 foiz hududni egallaydi. Eng yuqori joyi dengiz sathidan 172,4 metr balandlikda.
Iqlimi — subtropik va subekvatorial zonada joylashgan. Yillik harorati +14...28°C atrofida. Yillik yogʻin miqdori — 2100 mm.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eramizdan avvalgi 4 ming muqaddam bu yerda ilk manzilgohlar paydo boʻlgan. Sin sulolasi davrida (eramizdan avvalgi 221—206-yillar) Makao hududi uning Guandun muzofoti tarkibiga kirgan. V asrdan Guanchjou va Janubi-Sharqiy Osiyo oʻrtasida harakatlangan savdo kemalari bu tumandan oraliq manzilgoh sifatida foydalangan.
Sun sulolasi vakillari 1277-yili moʻgʻul bosqinchilaridan qochib Makaodan boshpana topdi. Ular ilk doimiy aholi manzilgohlariga asos soldi. Janubiy muzofotlarning savdo markazi sifatida xitoyliklarda Makaoga nisbatan katta qiziqish paydo boʻldi. Min sulolasi davrida (1368—1644) Makaoga Guandun va Futszyan muzofotlaridan baliqchilik koʻchib kela boshladi.
1513-yili portugaliyaliklar ilk bora Chjutszyan daryosi etaklariga tushishdi. 1553-yili portugallar Makaoda oʻz faktoriyalariga asos soldi. Portugallar undan Guanchjou va Xitoyning boshqa mintaqalari, Yaponiya bilan savdo olib borish bazasi sifatida foydalandi. Makaoning Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari bilan savdosi rivojlandi. 1577-yili Portugaliya toʻlov evaziga hududdan foydalanish uchun Xitoy hukumatidan rozilik oldi. Ammo Makao ustidan rasmiy suvereniteti Xitoyga tegishli edi. Bu yerdagi xitoylik aholi imperator qonunlariga boʻysunardi. Portugaliya 1573-yili hudud uchun katta ijara toʻlovi toʻlay boshladi.
Portugaliyaliklar oʻz hududlarini doimiy ravishda kengaytirishdi. 1586-yilda Makao shahri oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi. Gollandlarning hujumlari oqibatida portugal hukumati Xitoydan ruxsat olmasdan qalʼa qurishga majbur boʻldi. 1680-yili shaharga ilk portugal gubernatori tayinlandi.
XVII-XIX asrlarda Makao portugallarning Xitoy, Yaponiya, Filippin, Janubi-Sharqiy Osiyo, Goa va Meksika bilan savdosining muhim markaziga aylandi.
XVII asr oʻrtalarida Portugaliya dengiz hukmdorligi mahv boʻlgach, shahar oʻzining savdo ustunligini yoʻqotdi. Buyuk Britaniya Gonkongni egallab olishi, 1842-yili tashqi savdo uchun Xitoy bandargohlari ochilishi bilan Makaoning ahamiyati yana ham tushdi.
1844-yil 20-aprelda Portugaliya Makaoni oʻzining Timor mustamlakasi maʼmuriyatiga berdi. Ammo Xitoy uni oʻz hududi, deb qarashda davom etdi. 1845-yilda Portugaliya Makaoni “erkin port” deb eʼlon qildi va xitoylik rasmiy shaxslar hamda askarlarni haydab chiqardi. 1849-yili ijara toʻlovini toʻlashdan voz kechdi, Xitoy oʻrnatgan boj tizimini bekor qildi va Xitoydan toʻliq ajralib chiqdi. Yaqindagi Vanchjay orolini, 1851, 1864, 1890-yillarda Taypa, Koloan, Ilya-Verdi orollarini tarkibiga qoʻshib oldi. 1897-yili Makao “Portugaliyaning alohida mustamlakasi” maqomini oldi.
Yaponiya qoʻshinlari 1938-yil Guanchjouni, 1941-yil dekabrda Gonkongni bosib olgach, Makao Janubiy Xitoy dengizidagi soʻnggi neytral bandargoh boʻlib qoldi. 1943-yili hudud ustidan Yaponiya nazoratni oʻrnatdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Makao Portugaliyaga qaytarildi va u tayinlaydigan gubernator boshqardi. 1949-yili XXR e’lon qilingach, rasmiy Pekin Lissabon protokoli (1887) o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisobladi. Makaoni Xitoyga qaytarishni qat’iy talab qildi va bu masalani Portugaliya bilan muzokaralar orqali hal qilishga tayyorligini bildirdi. Ammo Lissabon 1951-yili Makaoni o‘zining “dengiz ortidagi muzofoti”, deb e’lon qildi.
1966-yili Makaoda xitoyliklar tomonidan norozilik to‘lqinlari boshlandi. Portugaliyalik gubernator Joze Nobre di Karvalyu (1966-1974) inqirozni kelishuv yo‘li bilan hal qildi va Xitoyga yon berdi.
1974-yilda Portugaliyadagi demokratik inqilobdan keyin Makaoga keng ma’muriy, iqtisodiy va moliyaviy muxtoriyat berildi. 1979-yil fevralda Portugaliya va XXR o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Pekin Makaoni “Portugaliya boshqaruvi ostida bo‘lgan Xitoy hududi”, deb tan oldi. 1987-yil 13-aprelda Pekinda Makao masalasi bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Unda 1999-yil 20-dekabrdan Makaoni XXRning maxsus ma’muriy mintaqasiga aylantirilishi ko‘zda tutildi.
1993-yil martda Butunxitoy xalq vakillari kengashi tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra, “bir mamlakat ikki tizim” tamoyili tasdiqlandi. Endilikda yagona Xitoy davlati doirasida ikki turli iqtisodiy va yuridik tizim amal qilmoqda. XXRning tarkibiga kirgan Makao salmoqli muxtoriyatga, xususan, o‘z qonunlariga, huquqiy, pul, bojxona, emigratsiya tizimlari ega, xalqaro tashkilotlarda mustaqil ishtirok etadi. Bu maqom kamida 2049-yilga qadar saqlanib qolishi kutilmoqda.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshqa davlatlar, mintaqalar va xalqaro tashkilotlar bilan mustaqil iqtisodiy hamda madaniy aloqalar olib borish huquqiga ega. Yalpi ichki mahsuloti 51,8 milliard dollar (2018). Makao ochiq port, yirik moliya markazi, o‘zining kazino, otchopar maydonlari va [[tungi klublari bilan mashhur. 33 ta kazino bo‘lib, qimor o‘yinlar biznesi budjetning 70 foiz daromadini beradi.
Tekstil sanoati katta daromad keltiradi, har yili 2 ming tonna baliq ovlanmoqda, 500 million quti tamaki qadoqlanmoqda. Jahonning 20 nomdagi eng yirik banklari joylashgan va moliya markazi sifatida roli oshib bormoqda.
8 ta maydoni, 28 ta alohida obyektlari YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
“TDM” xususiy-davlat teleradiokompaniyasi bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil