Reyunion

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Reyunion
fransuzcha: La Réunion
ShiorFlorebo quocumque ferar
(Qayerga olib kelsam, gullab-yashnayman)
Madhiya: La Marseillaise (Milliy)

P'tite fleur aimée (Mintaqaviy)
Location of Reyunion
Poytaxt Sen-Deni
Rasmiy til(lar) fransuzcha
Hukumat
• Mintaqa kengashi raisi
Yugget Bello
• Departament kengashi raisi
Siril Melhior
Maydon
• Butun
2,511 km2
Aholi
• 2023-yilgi roʻyxat
873,102 kishi
Pul birligi Yevro

Reyunion (fr.Réunion, reyu. kreol.Rényon) — Fransiyaning dengizorti mintaqasi. U Hind okeanidagi xuddi shu nomdagi orolda, Madagaskardan 700 km sharqda joylashgan.

Geografik joylashuvi va tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Reyunion – Madagaskardan sharqda joylashgan Hind okeanidagi vulqonli orol. Eng baland nuqtasi soʻngan vulqon Piton-de-nej (3069 m).

Iqlimi - tropik. Orolning janubi-gʻarbiy qismi choʻlbiyobonlardan iborat. Shimoli-sharqiy tomonida hind xurmosi, temir va zaytun daraxtlari, daraxtsimon paporotniklar va palmalar oʻsadi.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat tuzilishi – Fransiyaning dengizorti departamenti. Orolni Fransiya tomonidan tayinlanadigan prefekt boshqaradi. Oʻz-oʻzini boshqarish organlari – Bosh va Mintaqaviy Kengashlar. Hududiy jihatdan ikki okrugga boʻlinadi. Siyosiy partiyalari: Kommunistik partiya, Demokratik tashkilotlar.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish mahsulotlari, shakar ishlab chiqarish zavodlari, konserva korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Baliqchilik va ovchilik rivojlangan. Shakarkamish, vanil va boshka ekinlar yetishtiriladi. Mamlakat iqtisodida turizm ham alohida ahamiyat kasb etadi. Importi: isteʼmol va sanoat mahsulotlari. Eksporti: shakar, vanil, yorongul yogʻi va boshqalar. 2006-yilda YAIM mikdori 4790 mln (aholi jon boshiga - 5995) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya va YeI mamlakatlari.

Asosiy porti – Le-Por.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orol 1513-yili portugallar tomonidan ochilgan va bungacha bu yer kimsasiz boʻlgan. Reyunionning geografik jihatdan qulay (Yevropa va Afrika oʻrtasidagi dengiz savdo yoʻlida) joylashganligi rivojlanishini taʼminladi. 1869-yilda Suvaysh kanalining ishga tushirilishiga qadar orol strategik jihatdan ahamiyati yuqori edi. 1642-yili fransuz dengizchilarining orolga tushishi natijasida orol Fransiyaga koʻshib olindi va Burbon deb nomlandi. XVII asr oxirida qaxva plantatsiyalarida ishlatish uchun Madagaskardan qullar olib kelindi. Fransiyaning respublika deb eʼlon kilinishi bilan orol nomi Reyunion deb oʻzgartirildi. 1946-yil martida Reyunion “dengizorti departa- menti”, 1974-yildan esa dengiz orti maʼmuriy hududi» maqomini oldi. 2005-yilda Mozambik boʻgʻizidan kichik orollar - Yevropa va Basas-da-Indiya Fransiyaning Janubiy va Antarktika hududlari ittifoqiga oʻtdi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]