Kontent qismiga oʻtish

Janubiy Sudan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Janubiy Sudan Respublikasi
The Republic of South Sudan
Shior: "Justice, Liberty, Prosperity"
Madhiya: South Sudan Oyee!
Location of Janubiy Sudan
Poytaxt Juba
Eng katta shahar Juba
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Federal Prezidentlik Demokratik Respublika
 Prezident
Salva Kiir Mayardit
 Vitse-Prezident
Riek Machar
Mustaqillik (Sudandan)
 Sana
9-iyul, 2011-yil
Maydon
 Butun
2619,745 km2 (45-oʻrin)
Aholi
 2008-yilgi roʻyxat
8,260,490 (taxminan) (94-oʻrin)
YIM (XQT) 2017-yil roʻyxati
 Butun
AQSh$4.812 bil (162-oʻrin)
 Jon boshiga
AQSh$366
Pul birligi Janubiy Sudan funti (rejalangan)
Vaqt mintaqasi UTC+3
 Yoz (DST)
UTC+3
Telefon prefiksi 249
Internet domeni yoʻq. (.ss rejalangan)

Janubiy Sudan (rasman Janubiy Sudan Respublikasi) (inglizcha: South Sudan, arabcha: جنوب السودان — Janub as-Sudan) — sharqiy Afrikadagi mamlakat, poytaxti Juba shahri. Sharqda Efiopiya, janubda Keniya, Uganda hamda Kongo Demokratik Respublikasi, gʻarbda Markaziy Afrika Respublikasi va shimolda esa Sudan bilan chegaradosh. 2011-yil 9-iyulgacha Sudan Respublikasi muxtoriyati boʻlib kelgan, shu kungi referendumdan keyin esa, mustaqil davlat deb eʼlon qilingan.

Janubiy Sudanning suveren maqomi 2011-yil 9-iyulda uni mustaqil davlat deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolangandan soʻng kuchga kirdi[1]. 2011-yil 14-iyuldan beri BMT aʼzosi[2], dunyodagi eng yosh xalqaro tan olingan davlat.

Sharqda Efiopiya, janubda Keniya, Uganda va Kongo Demokratik Respublikasi, gʻarbda Markaziy Afrika Respublikasi va shimolda Sudan bilan chegaradosh; chegaralarining umumiy uzunligi 6018 km. Maydoni — 644,329 km². Sudandan ajralganidan beri u dengizga chiqa olmaydi. Mintaqada qurgʻoqchilik davri juda qisqa va faqat qish oylarida davom etadi (shimolda u uzoqroq, lekin hali ham yil kamroq davom etadi). Yillik yogʻin miqdori shimolda 700 mm dan janubi-gʻarbda 1400 mm gacha. Butun Janubiy Sudan oʻrmonlar bilan qoplangan, ular ikki qismga boʻlingan. Bular janubdagi musson (tropik) oʻrmonlar, uzoq janubdagi ekvatorial oʻrmonlar, yaʼni musson (95%) va ekvatorial (5%).

Hududiy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Janubiy Sudan hududiy boʻlinishi.

Janubiy Sudan 10 shtatga boʻlinadi.

  1. Fick, Maggie. „Over 99 pct in Southern Sudan vote for secession“. USA Today (2011-yil 30-yanvar). 2011-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-yanvar.
  2. „UN welcomes South Sudan as 193rd Member State“. UN News (2011-yil 14-iyul). 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.