Marshall orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marshall Orollar Respublikasi
Aolepān Aorōkin M̧ajeļ
Shior"Jepilpilin ke ejukaan"
Madhiya: Forever Marshall Islands
Location of Marshall orollari
Poytaxt Majuro
Rasmiy til(lar) Marshallcha
Inglizcha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Kessai Note
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi AQSh ma'muriyatidan)
• Sana
21-oktabr 1986
Maydon
• Butun
316 km2 (189-oʻrin)
• Suv (%)
<1
Aholi
• 2016-yilgi roʻyxat
53,263 (174-oʻrin)
• Zichlik 293/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$ mil.
• Jon boshiga
AQSh$0
Pul birligi AQSh Dollar (USD)
Vaqt mintaqasi UTC+12
• Yoz (DST)
UTC+12
Qisqartma RM
Telefon prefiksi 692
Internet domeni .mh

Marshall orollariTinch okeandagi arxipelag, Mikroneziyada. Bir necha yuz marjon orol, atoll va riflardan iborat. Marshall Orollarini 1529-yilda ispan dengizchi sayyohi A. Saavedra yevropaliklarga maʼlum qilgan. Orollarni key-inroq ingliz tadqiqotchilari D. Gilbert va J. Marshall mukammalroq oʻrganganlar. Orollarda Marshall Orollari Respublikam joylashgan.[1] Arxipelag bir necha yuz orolning 2 guruhi: Radak va Ralikdan iborat. Maydoni 180 km². Aholisi 70,82 ming kishi (2001). Poytaxti Majuro oroldagi Majuro shahri Maʼmuriy jihatdan 25 tuman (district)ra boʻlingan. Deyarli barcha aholisi mikronezlar irqiy toifasiga kiruvchi marshalliklar; protestan-tlikka eʼtiqod qiladi.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marshall orollari — respublika, AQSH bilan "erkin uyushgan" davlat. 1979-yil 1-maydagi konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi — prezident (2000-yildan Kessai Nout), u parlament aʼzolari orasidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyati — parlament, u aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u parlament aʼzolari orasidan hukumat aʼzolarini tanlab oladi.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer yuzasi pasttekislik, asosan, marjon ohaktoshlardan tarkib topgan. Ikdimi shimolida tropik, passatli, janubida subekvatorial. Yillik yogʻin 2000–4000 mm. Butazorlar, kokos palmazorlari va doim yashil oʻrmonlar bor, ichki qoʻltikdar atrofida man-gra butalari usadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marshall orollarini 1529-yilda ispan dengizchi sayyohi Alvaro de Saavedra kashf etgan, 1788-yilda esa ingliz tadqiqotchilari J. Marshall va T. Gilbert mufassal oʻrganganlar. Orollar J. Marshall nomi bilan atalgan. Tinch okeanning gʻarbiy qismida joylashgan Mariana, Karolina va Marshall orollari, shuningdek, Palau orol 17-asrdan 19-asrgacha Ispaniya mustamlakasi boʻlgan. 1885-yilda Germaniya Ispaniyaning zaiflashuvidan foydalanib, Marshall rol.larini tortib oldi. 1914-yilda orollar Yaponiya kuliga oʻtdi, 1920-yilda Millatlar ligasi Yaponiyaga shu orollarni boshqarish mandatini berdi. 1945-yilda orollarni amerikaliklar bosib oldi, 1947-yilda esa BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, Mikroneziya (orollarning umumiy nomi) BMTning AQSH boshqaruvidagi yer-mulkiga aylantirildi. 1952-yilgacha Tinch okeandagi vasiylik xududi orollari AQSH harbiydengiz floti qarmogʻida turdi, soʻngra AQSH Ichki ishlar vazirligiga olib berildi. 1962-yilda vasiylikdagi xudud orollarida Amerika oliy komissari boshchiligidagi fuqaro maʼmuriyati joriy etildi. 1964-yilda mahalliy qonun chiqaruvchi organ sifatida cheklangan huqukli Mikroneziya kongressi taʼsis etildi. 1967-yilda Mikroneziya kongressi orollarning boʻlajak siyosiy maqomini belgilovchi komissiya tuzdi. AQSH bilan uzok, davom etgan muzokara jarayoni natijasida vasiylikdagi orollar xududidan toʻrt mustaqil siyosiy maʼmuriy birlik ajralib chikdi. Shulardan biri — Marshall orollarida 1979-yilda respublika eʼlon qilindi. AQSH vasiyligidan ozod boʻlib, u bilan "erkin uyushgan" davlatga aylangan Marshall orollari oʻzini oʻzi boshqarish va tashqi siyosat sohasida muayyan mustaqillik maqomiga ega boʻlsa ham, mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalari AQSH ixtiyorida. Marshall orollarida yagona Birlashgan demokratik partiya faoliyat koʻrsatadi. Marshall orollari — 1991-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1-may — Konstitutsiya kuni (1990).

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi, asosan, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullanadi, fosfat qazib chiqaradi. Kokos palmasi, non daraxti oʻstiradi, taro va batat yetishtiradi. Chetga kokos yogʻi, kopra, baliq mahsulotlari, mahalliy hunarmandchilik buyumlari va fosfat chiqaradi. Chetdan oziq-ovqat, mashina va asbob-uskunalar oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: AQSH, Yaponiya. Pul birligi — AQSH dollari. "Marshall aylendz gazett" ("Marshall orollari gazetasi", 1982-yildan) gaz.si, "Marshall aylendz djornel" ("Marshall orollari jurnali", 1970-yildan) haftanomasi nashr etiladi. Marshall Orollari radiosi xukumatga qarashli tijorat mahkamasi boʻlib, ingliz va mahalliy tillarda eshittirishlar olib boradi. Kvajaleyn oroldagi AQSH harbiy bazasida telemarkaz mavjud.[1]

Harbiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tinch okeanida joylashgan Mikroneziyadagi bu davlatning poytaxti Majuro shahridir. Ko'plab mayda orollardan iborat bu mamlakatda 64 min axoli istiqomat qiladi. Bu davlat mudofaasi bo'yicha javobgarlikni AQSh o'z zimmasiga olgan. Grenada Karib dengizining janubiy sharqidqa joylashgan bu orol davlat xam o'z qurolli kuchlariga ega emas. Xujumga uchragan chog'da, Antigua va Barbuda, Barbados, Dominikan respublikasi kabi davlatlar ximoyaga chiqishadi. Lekin bu davlatlarning o'zlari yetarli harbiy kuchlarga ega emasligi uchun baribur AQShdan madad kutishga to'g'ri keladi.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Abdulatif Atxamov. ARMIYASIZ DAVLATLAR[sayt ishlamaydi]