Zimbabve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Zimbabve Respublikasi
Zimbabve davlat bayrogʻi   Zimbabve davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Unity, Freedom, Work
Madhiya: Kalibusiswe Ilizwe leZimbabwe
(Blessed Be The Land of Zimbabwe)
Zimbabve Xaritasi
Poytaxt Garare
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Robert Mugabe
 •  Sana   18 aprel 1980
Maydon  
 • Butun 390,580 km² (60-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 12,746,990 (66- oʻrin)
 • Zichlik 32/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$24,990 mil. (105-)
 • Jon boshiga AQSh$1,960
Pul birligi Zimbabwe Dollar (ZWD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma ZI
Internet domen .zw
Telefon prefiksi +263


Zimbabve (Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (Republic of Zimbabwe) — Afrika jan.dagi davlat. Mayd. 390,76 ming km2. Aholisi 11,5 mln. kishi (2001). Poytaxti — Harare sh. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

3. — respublika. Avvalgi nomi — Jan. Rodeziya. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi.1980 y.da mamlakat mustaqillikka erishgach, 3. Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980 y.da qabul qilingan, unga 1987 va 1989 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1987 y.dan R. G. Zimbabve gerbi. Mugabe). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli b-n 6 y. muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament. Uning vakolat muddati — 5 y. Ijroiya hokimiyatni prezident b-n hukumat amalga oshiradi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi, vitseprezidentlarni va vazirlarni tayinlaydi.


Tabiati[tahrir]

Z.ning katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi — Inyanga togʻi, 2596 m). Hududi aksar qismining bal. — 800—1500 m. Platolar shim.da Zambezi daryosi vodiysiga, jan.da esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshkoʻmir, asbest. Iklimi mamlakatning shim. qismida ekvatorial mussoili, jan.

da tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanv.)ning oʻrtacha trasi 21—27°; eng salqin oyi (iyul)niki 10—17°. Oʻrtacha yillik yogʻin jan.gʻarbda 300—700 mm dan Inyanga togʻi sharqiy etaklarida 1000—2000 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining oʻrta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuprokli yerlarda oʻsadigan savannalardan iborat, jan. quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilmaxil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri va b. Z.da umumiy maydoni 26 ming km2 milliy bogʻ va noyob hayvonlar saklanadigan qoʻriqxonalar bor. Yiriklari — Xvange, Matusadona, ViktoriyaFole, ManaPuls va b. Aholisining 90% mashona va matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4 %. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy anʼanaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Harare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo.


Tarixi[tahrir]

3. hududidan topilgan qad. buyumlar (sopol idishlar, toshdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taallukli. 12—17a.larda bu yerda Monomotapa davlati mavjud boʻlgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inshootlari va b.) buning dalili boʻla oladi. 16a.da shu davlat portugal mustamlakachilarining xurujini qaytardi. 18a.da Limpopo va Zambezi daryolari oraligʻida mashona qabilasi hukmronlik qilgan. 19a. 50—60y.larida Z.ga ingliz mustamlakachilari bostirib kira boshladi. 1889 y. Angliya qirolichasi Viktoriya "Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi" ("British Saut Afrika kompani", 1888 y. S. Rode tomonidan tuzilgan)ga 3. hududi ustidan maʼmuriy rahbarlik qilish huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boshligʻi Lobenguladan foydali kazilmalarni kazib olish uchun ruxsatnoma ham oldi. 1893 y. ingliz qoʻshinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode sharafiga Jan. Rodeziya deb atay boshladi. Afrikaliklar mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarib chiqishdi, ayniqsa 1896— 97 y.larda juda katta qoʻzgʻolon boʻlib, mustamlakachilar uni shafqatsizlik b-n bostirdi.

1923 y. 3. "oʻzini oʻzi idora qiladigan" mustamlaka maqomini oldi. Ogʻir ekspluatatsiya, soliklar afrikaliklar tinkasini kuritib, mustamlakachilarga qarshi gʻazabini kuchaytirdi. 2jahon urushidan soʻng mustamlakachilikka qarshi harakat avj olishi b-n Angliya hukumati 1953 y. Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963 y.ga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boshladi. 1965 y. ozchilikni tashkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati koʻpchiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Jan. Rodeziyani "mustaqil" deb eʼlon qildi. 1969 y. mamlakatda irqchilikni mustahkamlashga qaratilgan yangi "konstitutsiya" qabul qilindi.

Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarshiligiga duchor boʻldi. 1974 y. Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974 y.dek.da Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengashi, Zimbabve afrika xalqi ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqining rahbarlari Jan. Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitutsiyey konferensiya chaqirishni talab etdilar. Mazkur uchrashuv qatnashchilari kelishib, oʻz tashkilotlarini birlashtirib, yagona partiya — Afrika Milliy kengashini tuzishga ahd qildilar. Jan. Rodeziya mahalliy aholisining irqchilik tuzumiga qarshi ozodlik harakatini Afrika birdamligi tashkiloti, barcha taraqqiyparvar kuchlar quvvatladi. 1976 y.da tuzilgan hamda Afrika Milliy kengashi b-n Zimbabve afrika xalqi ittifoqini oʻz ichiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kurashning kuchayishiga koʻmaklashdi. 1978 y.da Ya. Smit b-n afrikalik qoʻgʻirchoq arboblar oʻrtasida "ichki ahvolni tartibga solish" toʻgʻrisida bitim tuzildi. 1979 y. apr.da oʻtkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda hech kim tan olmadi. Oʻsha yil dek.da Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada boʻlgʻusi konstitutsiya va saylov oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi. 1980 y.dagi saylovda vatanparvar kuchlar gʻalaba qozondi. 1980 y. 18 apr.da mustaqil 3. Respublikasi eʼlon qilindi. 1987 y.gi saylov ham shu kuchlar gʻalabasi b-n yakunlandi. 3. — 1980 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 apr. — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1980). OʻzRning mustaqilligini 1992 y. 27 yanv.da tan olgan.

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. 3. afrikaliklar milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti, 1963 y.da asos solingan; 3. birligi harakati, 1989 y. tuzilgan; 3. afrikaliklar milliy ittifoqi, 1977 y. tashkil etilgan; 3. konservativ uyushmasi, 1962 y.da asos solingan, 1984 y.gacha Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlashgan partiyalar, 1994 y.da tuzilgan. 3. kasaba uyushmalari kongressi — Birlashgan kasaba uyushma markazi. Taʼsis kurultoyi 1981 y. fev. —martda boʻlib oʻtgan.


Xoʻjaligi[tahrir]

3. Afrikaning iktisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 33%, q.x. 19,5%ni tashkil etadi. 1991 y.da eʼlon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta qurish dasturida davlat nazoratini kamaytirish, tashki savdo faoliyatini erkinlashtirish, foydadan olinadigan soliqni pasaytirish, erkin savdo mintaqalarini ochish koʻzda tutilgan.

Sanoati[tahrir]

Mahsulot i.ch. va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil yigʻuv, metallurgiya hamda konchilik tarmoklaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvishavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Shangani konlarida nikel, oltin qazib chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uchun toshkoʻmir va temir rudasi, qalay, kumush, volfram va b. qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr styalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari Harare va Bulavayo shlarida joylashgan. Kadomada toʻqimachilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom i.ch., KamativiDeteda qalay eritish va tozalash, Alyaskada mis zdlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zdi Yaqin Sharqdan keltirilgan xom neftni qayta ishlaydi. ShervudBlokdagi yirik kt ammiak va nitratammoniy zdlarini oʻz ichiga oladi. Harare, Senent va KollinBaukda sement zdlari bor.


Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (ekinzorlarning 60—70%), paxta, tariq, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi. Shim.sharqiy, shim.gʻarbiy viloyatlarida, Markaziy hamda sharqiy Mashonalend va Masvingodagi tovar mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarda tamaki, Kadoma, Chinxoyi va Mxangura hududida paxta, shim.gʻarbdagi Chirundu hududida va mamlakat jan.sharqida shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, goʻshtbop qoramol boqiladi. Mamlakat jan. va markazi eng muhim intensiv chorvachilik hududidir. Oʻrmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning gʻarbida boʻlib, koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.


Transporti[tahrir]

Engmuhimtransport turi — t.y. Uning uz. 12,8 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 85,2 ming km. Neft quvurlari uz. 288 km. Harareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. 3. chetga tamaki, oltin, ferroqotishma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandshakar, mol goʻshti va b. sotadi. Chetdan mashinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi sotib oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qoʻshni mamlakatlar. Pul birligi — 3. dollari.

Sogʻliqni saqlash. Z.da davlatga qarashli va xususiy davolash muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin goʻdaklarning nobud boʻlishini, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, xalq sihatsalomatligini yaxshilash choratadbirlari kurila boshladi. Shifokor va hamshiralar Harare un-ti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.

Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari. Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981 y.dan majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish harakati kuchaytiriddi. 80y.larda quyidagi maorif tizimi karor topdi: 5—6 yoshli bolalar uchun maktabgacha sinflar; 7 yoshdan 7 y.lik boshlangʻich maktab; 6 y.lik oʻrta maktab.

Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari ped. bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Harareda oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaidigan yangi ped. kolleji ochilgan. Hararedgi 3. un-tining 9 ftida 3 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi, 564 oʻqituvchi dare beradi. Unt xuzurida intlar, shu jumladan Ped. inti, bir necha kollej bor.

Yirik kutubxonalari: Hararedagi 3. un-tining kutubxonasi, Parlament kutubxonasi, qirolicha Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda 3. Milliy kutubxonasi, Ommaviy kutubxona va b. Muzeylari: Harare va Bulavayodagi 3. Milliy muzeylari, Hararedagi 3. Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etn. muzeylari.

Harareda q.x. sohasidagi tadqiqotlar kengashi (uning tarkibida 7 int va 8 tadqiqot hamda tajriba styasi), shuningdek, Gerbariy va botanika bogʻi, Veterinariya i.t. lab.si, Urmontexnika tadqiqot markazi, Obhavoni oʻrganish xizmati, Geol. xizmati, 3. ilmiy kengashi, Tamakishunoslik tadqiqot markazi, Paxtachilik tadqiqot markazi, bir kancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.


Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

Asosiy gaz. va jur.lari: "Gerald" ("Xabarchi" ingliz tilidagi kundalik gaz., 1891 y.dan), "Kronikl" ("Vokealar", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1894 y.dan), "Sandi meyl" ("Yakshanba xabarnomasi", ingliz tilidagi yakshanbalik gaz., 1935 y.dan), "Faynenshl gazett" ("Moliyaviy gazeta", ishbilarmon doiralarning ingliz tilidagi haftanomasi, 1970 y.dan), "Zimbabve nyus" ("Zimbabve yangiliklari", ingliz tilidagi oylik jur., 1974 y.dan), "Zimbabve gavernment gazett" ("Zimbabve hukumat gazetasi", ingliz tilidagi haftanoma). 3. Afrikaaro axborot agentligi (ZIANA) 1981 y.dan faoliyat koʻrsatadi. 3. radioeshittirish korporatsiyasi — davlat radio va telekoʻrsatuv xizmati 1964 y.da tuzilgan.


Adabiyoti[tahrir]

3. adabiyoti ingliz tilida, shuningdek, shona va matebele tillarida rivojlanmoqda. Shona va matebele xalkdarining qad. boy folklor anʼanalri bor. Afsonalar, ertaklar, qoʻshiqdar, maqollar xalq tarixi va donishmandligini ifodalaydi. 1957 y.da S. Mutsvayroning "Fezo" kitobi chiqquncha, asosan, oq tanli yozuvchilarning 19a. oxirida vujudga kelgan ingliz tilidagi adabiyoti haqidagina gapirish mumkin. Oq tanli yozuvchilar asarlarining asosiy mavzui dastlabki kelgindilarning hayoti va sarguzashtlari edi. Ayrim asarlardagina ijtimoiy ohanglar yangraydi. A. Sh. Kripe "Gʻamgin diyor" (1911) va "Sohil daraxtlari yurti" (1913) romanlarini tub joy aholiga xayrixohlik b-n yozgan. 50y.lar oxiriga kelib mahalliy tillarda lotin alifbosidagi asarlar paydo boʻldi. Afrikalik yozuvchilar anʼanaviy turmush tarzi b-n zamonaviy — yevropalashgan turmushning toʻqnashuvlari haqida yozadilar. Mustaqillik eʼlon qilingach, adabiyot rivojlana boshladi. Afrikalik yozuvchilar zamonaviy badiiy janrlar — roman, qissa, hikoyalarga murojaat etmoqdalar. Ch. Mungoshining "Yomgʻir yogʻa qol" romanida afrikalik dehqonlarning nochor ahvoli tasvirlangan. V. Katiyoning "Yer farzandi" romanida yoshlarning Qarshilik harakatiga qoʻshilishi, irqchilik tartiblariga qarshi kurashi ifodalangan.


Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir]

Z.ning turli joylarida paleolit davriga mansub qoya rasmlari saqlangan. Rasmlarda odam va hayvonlar, 3. xalqlarining urfodatlari aks ettirilgan. Gematitdan yasalgan dunyodagi birinchi "qalam" — qoʻngʻir va qizgʻish tayoqchalar Matopo togʻidagi Bambata gʻoridan topilgan. 19a. Monomotapa davlati (14—17-a.lar) madaniyati taraqqiyoti qoldiqlari — 3., Inyanga majmualari, Dxlo-Dxlo, Kami kabi tosh istehkomlari harobalari topilgan. Qalin granit devorlar, qushlar tasvirlangan tosh ustunlar, sopol idishlarning qoldiqlari saklangan. 3. qishloqlarining tarhlari qad. majmualarni eslatadi (turar joy va xoʻjalik binolari paxsa devor b-n oʻralgan). Turar joylar orasida tomi konussimon aylana kulbalar koʻp. 19a. oxirlaridan shaxmat taxtasi shaklida loyihalashtirilgan kam qavatli gʻisht binolardan iborat shaharlar qurildi. 1950y.lardan keyin Harare, Bulavayo va b. shaharlarda zamonaviy koʻp qavatli binolar kurila boshladi. Keyingi yillarda 20—30 qavatli maʼmuriy binolar qad koʻtardi.

Badiiy hunarmandchilikdan yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik (geometrik naqsh b-n ziynatlangan hurmacha, koʻzalar), savat toʻqish taraqqiy etgan. 20-a.ning 60-y.larida professional tasviriy sanʼat vujudga keldi. Rassomlar orasida kishilarga va oʻz vatani tabiatiga muhabbat ifodalangan realistik asarlarning mualliflari S Songo, J. Ndandarika, T. Mukarobgvalar ajralib turadi. Haykaltaroshlar (T. Dube, Y. Likoto, B. Mteki) Afrika haykaltaroshligiga xos timsollarni va anʼanaviy xususiyatlarni saqlashga harakat qiladilar. Z.da rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat asarlari koʻrgazmalari muntazam tashkil etiladi.


Musiqasi[tahrir]

Z.ning musiqiy madaniyati turli xalkdarning , asosan, shonlarning musiqa sanʼatini oʻz ichiga oladi. Musiqa anʼanalari 3., soʻngra esa Monomotapa davlati qad. madaniyati b-n chambarchas bogʻliq. Bu davlatning ijtimoiy turmushida marombe deb atalgan saroy xonanda va sozandalari muhim rol oʻynagan. Nayni eslatuvchi va torli mbira, kalimba, chipendani, chimazambi, chitembe sozlari, nogʻoraga oʻxshash baraban keng rasm boʻlgan. Shonlarning musiqiy madaniyatida koʻpchilik boʻlib qoʻshiq ijro etish (xorlar, cholgʻu ansambllari) ustunlik qiladi. 20a. 2yarmidan afroyevropacha oʻziga xos uslublar ommalashdi. Musiqa masalalari b-n, asosan, Sanʼat ishlari kengashi shugʻullanadi. Z.da Harare va Bulavayo musiqa kollejlari bor.

Teatri[tahrir]

Mustamlakachilik davrida yevropaliklarning bir necha havaskorlik teatr birlashmasi bor edi. 1950y.lar oxiridan tub joy aholi orasida teatr havaskorlik sanʼati rivojlana boshladi. 1961 y.da zulularning teatr guruhi Solsberi (Harare)da U. Shekspirning "Makbet" asarini sahnalashtirdi. "Umabata" nomi b-n qoʻyilgan bu asar voqealari Zululendda sodir boʻlgan, deb talqin etildi. Unda afrikaliklarning ohanglari va raqslaridan foydalanildi. 1980y.lardagi yangi pyesalar (T. K. Tsodzoning shon tilidagi "Shanuko", B. Chidyamatambaning "Zimbabve ovozi" va b.)da eng muhim ijtimoiy muammolar koʻtarildi, ijtimoiy tengsizlik, zolimlarning muttahamligi, qabilaviy bidʼatlar fosh etildi. Oʻtmish sarqitlarini fosh etuvchi "Mukadet oilasi" teleserialining muallifi va ijrochisi S. Madzikatire ayniqsa mashhur boʻldi. ZIMMIY, ahl azzimma (arab.— musulmonlar himoyasidagi aholi) — oʻrta asr arab xalifaligidagi musulmon boʻlmagan xalklar (asosan, yaxudiy va xristianlar). Z.lar b-n tuzilgan shartnomata koʻra, arab qoʻmondonligi ularning molmulki va oʻzlarining daxlsizligini himoya etgan hamda diniy urfodatlariga ijozat bergan. Buning evaziga Z.lar davlat xazinasiga jizya va xiroj toʻlab turishgan.Z. atamasi dastlab Muhammad (sav)ning arab qabilalariga yuborgan nomalarida (629—630 y.lar) va Qurʼonning 9surasida uchraydi. 11a.da alMavardi 3. rioya qilishi lozim boʻlgan 6 majburiy va maqbul shartni bayon etgan: Muhammadni, musulmonlar dinini yomonlamaslik, musulmon ayollarga tegajogʻlik qilmaslik va ular b-n nikohda boʻlmaslik, musulmonlarni boshqa dinga oʻtishga ogʻdirmaslik, musulmonlar b-n jang qilayotgan tomonga yordam bermaslik. Z.ning bu shartlardan birortasiga rioya qilmasligi uni homiylikdan mahrum etadi, qonundan tashqari holatga qoʻyadi. Maqbul shartlar: kiyimda musulmonlarnikidan ajratib turuvchi belgilar boʻlishi, musulmonlar uyidan baland uy qurmaslik, musulmonlar bor joyda oʻzining muqaddas kitobini baland ovozda oʻqimaslik, ular oldida sharob ichmaslik, oshkora ravishda xoch taqmaslik va choʻchqa boqmaslik, marhumlarini imijimida dafn qilish, zotli ot va tuyalar minmaslik. Bu shartlar tuzilgan shartnomaga kiritilgan boʻlsagina ular majburiy edi, ularni buzish Z.ni homiylikdan mahrum qilish uchun asos boʻla olmasdi, lekin jazolanishi kerak edi. Oʻrta asrda boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar ilk islomdagiga qaraganda koʻproq siquvga olingan boʻlsada, tashqi siyosiy va harbiy omillar taʼsir qilgan vaqtlardan boshqa paytlar musulmonlarning Z.ga munosabati toqat qilarli darajada edi. Orqasida hech qanday tashqi kuch turmagan yahudiylarning ahvoli bir muncha yaxshi boʻlgan. 19a.da Yevropa davlatlari Usmon imperiyasida xristianlarning ahvoli haqidagi masaladan imperiyaning ichki ishlariga aralashish uchun bahona sifatida foydalandi, xristianlar esa oʻzoʻzidan ular taʼsirini oʻtkazuvchilarga aylanib qoldi. Natijada xristianlarga munosabat yomonlashib Suriya va Livanda 1860 y. qonli toʻqnashuvlar kelib chiqdi. Hoz. kunda 3. tushunchasi amalda emas, musulmon mamlakatlarida turli dinga eʼtiqod qiluvchi fuqarolar umumiy qonunga boʻysunadilar. [1]

Zimbabve (Zimbabve Respublikasi) poytaxti — Harare shahri. BMT aʼzosi.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil