Gana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Gana Respublikasi
Republic of Ghana
Gana davlat bayrogʻi   Gana davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Ozodlik va Adolat
(Inglizcha:Freedom and Justice)
Madhiya: God Bless Our Homeland Ghana
Gana Xaritasi
Poytaxt Akkra
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Nana Akufo-Addo
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 6-mart, 1957-yil
Maydon  
 • Butun 239,460 km² (79-)
 • Suv (%) 4.6
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 21,029,853 (50- oʻrin)
 • Zichlik 87/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$51,900 mil. (77-)
 • Jon boshiga AQSh$2,468
Pul birligi Cedi (GHC)
Vaqt Mintaqasi (UTC+0)
 • Yoz (DST) (UTC+0)
Qisqartma GH
Internet domen .gh
Telefon prefiksi +233


Gana (Ghana), Gana Respublikasi (Republic of Chana) — Gʻarbiy Afrikada, Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi qadimgi davlat (mil. 4—13-asr boshi); hozirgi Mavritaniyaning janubiy qismi va Mali Respublikasining gʻarbiy qismini oʻz ichiga olgan. G. aholisi mande xalqlari guruhiga mansub soninkelardan tashkil topgan. Poytaxti Akkra shahri. BMT aʼzosi Davlat poytaxti — Kumbi-Sale shahri G- aholisi dehqonchilik, chorvachilik, metallni qayta ishlash bilan mashgʻul boʻlgan. G.ning eng taraqqiy etgan davri 9—11-asr oʻrtalariga toʻgʻri keladi. 13-asr boshida Mali (G.ning janubidagi viloyati) hokimlari kuchayib, G. hududida Mali davlatini barpo etganlar. Hozrigi Gana davlati nomi G. dan olingan.[1]

Maydon 238,5 ming km2. Aholisi 18,1 mln. kishi (1997). Maʼmuriy jihatdan 10 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir]

G. — respublika. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. Amaddagi konstitutsiyasi 1992 yil 28 apreldagi referendumda maʼqullangan va 1993 yil 7 yanvarda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident. U to'g'ri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 4 y. muddatga saylanadi va yana bir muddatga qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat 200 deputatdan iborat bir palatali parlament ixtiyorida. Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

G. Shimoliy yarim shar subekvatorial mintaqasining savanna va nam tropik oʻrmonlar doirasida joylashadi. Sohil qismi past, qumli, lagunalar koʻp. Hududining anchagina qismi bal. 150–300 m li tekislik. Markazida Ashanti (300 m) va Kvaxu (Ak-vava togʻi, 788 m) platolari, sharqida Togo togʻi bor. Iqpimi — ekvatorial-musson, janubi-gʻarbida ekvatorial iqlim. Martning oʻrtacha temperaturasi 27—32°, avgustniki 23—26°. Yillik yogʻin sohilning gʻarbi, shimoliy va markazda 1000– 2000 mm, sohilning sharqi va Akkrada 650–750 mm. Noyabr—dekabrda Sahroi Kabirdan quruq va issiq shamol esib turadi. Daryolar koʻp, ostonali, seryomgʻir mavsumda kemalar qatnaydi. Eng katta daryosi — Volta. Bosumtvi (34 km2, chuq. 71 m) G.dagi yagona koʻldir. Maydonining 10%i oʻrmon. Qimmatbaho daraxtlar (vava, maxagoni, utile, makore va b.), sohilda mangra chakalakzorlari koʻp. Hayvonlardan fil, arslon, buyvol, gippopotam, sirtlon, maymun, kiyik, qushlar, ilon (kobra, mamba), hasharot (sese pashshasi) va b. bor. Milliy bogʻlari — Mole, Ditya va b.

Aholnsining 73% i niger-kongo tillari guruhiga mansub xalqlardir (ashanti, fanti, adangme, eve); shimoliy viloyatlarida gur tillari guruhiga kiruvchi xalklar (moyey, gurma, grusi, tem va b.) yashaydi. Davlat tili — ingliz tili. Aholining aksariyati mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi, xristianlar, musulmonlar ham bor. Shahar aholisi 33%. Yirik shaharlari — Akkra, Kumasi, Tema, Takoradi, Keyp-Kost.

Tarixi[tahrir]

Yevropaliklar kirib kelmasdan ilgari ham (15-asr) G.da qishloq xoʻjaligi va madaniyat rivojlangan. Qitʼaning ayrim joylari bilan savdo-sotiq qilingan. G.ga dastlab portugallar kelib, juda koʻp oltin (oltin koʻpligi uchun bu yer Oltin Qirgʻoq deyila boshlangan) va qul olib ketgan. Keyinchalik ingliz (1553), golland (1595), shved (1640), daniyalik (1642), nemis (1682) savdogarlari kelgan. Angliya raqiblarini sekin-asta surib chiqarib. Ashanti va uning atrofidagi xududlarni oʻzining mustamlakasi deb eʼlon qildi (1901). Inglizlar oltin va olmos tashib keta boshladi. Aholi kakao yetishtirishga majbur qilindi.

G. xalqining mustamlakachilikka qarshi kurashi tinimsiz davom etdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin bu kurash ayniqsa kuch a idi. 1949 yil iyunda tuzilgan Konvent xalq partiyasi G.ga mustaqillik berilishini talab qiddi. 1956 yil inglizlar Oltin Qirgʻoqqa dominionlik berdi. 1957 yil 6 martda Oltin Kfi p-gʻoqGana (4—11-asrlarda Gʻarbiy Sudandagi Gana davlati nomidan) nomi bilan mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. 1960 yil 1 iyuddan G.—respublika. G. 1957 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 28 oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 6 mart — Mustaqillik kuni.

Siyosiy partnyalarm, kasaba uyushmasi. Milliy demokratik kongress partiyasi, 1992 yil tuzilgan; Xalq milliy konvent partiyasi, 1992 yil tashkil etilgan; EGLE partiyasi, 1992 yilda tuzilgan; Yangi vatanparvarlik partiyasi, 1992 yilda tashkil. etilgan. G. kasaba uyushmalari kongressi, 1957 yilda asos solingan.

Xoʻjaligi[tahrir]

G.— agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 41,4%, sanoatning ulushi 14,2%.

Sanoatida kon sanoati ahamiyatli. Foydali qazilmalardan oltin, ol-mos, boksit, marganes rudasi qazib olinadi, yiliga oʻrtacha 6,1 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi. Dengiz sohili lagunalaridan tuz olinadi. Qayta ishlash sanoatida alyuminiy, metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo korxonalari mavjud. Temada alyuminiy eritish, poʻlat quyish, neftni qayta ishlash, avtomobil shinalarini taʼmirlash, ximikatlar, boʻyoq tayyorlash zavodlari, toʻkimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor .

Qishloq xoʻjaligi. G. dunyoda yetishtiriladigan kakaoning 28,0% ini beradi. Eksport uchun yana kofe, kopra (kokos yongʻogʻi magʻizi), banan, sitrus mevalar, yer yongʻoq ham yetishtiriladi. Mahalliy ehtiyoj uchun maniok, yams, batat, taro, tariq, sorgo, makkajoʻxori, sholi, zaytun, sabzavot va b. yetishtiriladi. Shakarqamish e kil ad i. Chorvachiligida qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa boqiladi. Dengizdan baliqovlanadi. T. y.larning uz.— 1285 km, avtomobil yoʻllari — 36,7 ming km. Asosiy dengiz portlari — Tema, Takoradi.

G. chetga kakao, yogʻoch materiallar, mineral xom ashyo (oltin, olmos, boksit, marganes rudasi), turli mahsulotlar chiqaradi. Chetdan mashina va transport vositalari, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki oladi. AQSH, Yaponiya, BuyukGana poytaxti — Akkra sh.

Britaniya, Germaniya, Niderlandiya bilan savdo qiladi. Pul birligi — sedi.

Maorifi va nlmiy muassasalari. 1961 yildan 6—15 yoshli bolalar uchun bepul majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich, oʻrta maktablar, hunar bilim yurtlari, ped. bilim yurtlari bor. Xususiy maktablar ham ochilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Akkradagi G. universiteti (1948), Kumasidagi Aniq va tabiiy fanlar universiteti (1951), Keyp-Kostdagi universitet kolleji (1962) va b. Ilmiy muassasalari: Ijtimoiy va tabiiy Fanlar akademiyasi, Ilmiy va industrial tadqiqotlar kengashi, 10 ilmiy tadqiqot instituta, 14 ilmiy jamiyat; Milliy kutubxona, G. milliy muzeyi (1957), Milliy tabiiy fanlar muzeyi, Botanika bogʻi bor.

Matbuoti, radnoeshittnrnshi va telekoʻrsatuvn. G.da bir qancha gaz. va jurnal lar nashr etiladi. Yiriklari: "Gani-an tayme" ("Gana vaqti", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1958 yildan), "Deyli grefik" ("Kundalik voqealar", ingliz tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1950 yildan), "Ivning nyus" ("Kechki yangiliklar", haftalik kechki gaz., 1974 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik hukumat gaz., 1953 yildan), "Ekspiriyens" ("Tajriba", xotin-qizlar uchun haftalik gaz., 1991 yildan). G. axborot agentligi — hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1957 yilda tashkil etilgan. G. davlat ra-dioeshittirish korporatsiyasi mamlakatdagi barcha radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Radio-eshittirishlar 1961 yildan, telekoʻrsatuvlar 1965 yildan olib boriladi .

Adabiyoti[tahrir]

G. xalqlarining yozma adabiyoti asrimiz boshlarida ingliz tilida vujudga kela boshpadi. A. Axum, E. Samson, A. Ajaye, K. Xeyford, S. D. Mene, G. B. Bannerman, R. Ye. G. Armattu va b. publitsistlarning kitob va maqolalari keng tarqaldi. 20—50-y.larda yaratilgan adabiy asarlarning asosiy mavzui tarix va etn.ga oid. G. R. Akkuaning "Fanta xalqi" dostoni, J. B. Dan-kvning "Uchinchi ayol" pyesasi, K. Fiavaning "Beshinchi laguna", "Anlo tarixining sahifalari" dramalari va b. asarlari G. xalqlarining milliy birligini tushunish va anglashda katta ahamiyatta ega. Shu davrda tarjima adabiyoti ham paydo boʻldi. 1957 yildan keyin ijtimoiy va siyosiy mavzularga qoʻl urildi. Poeziya, dramaturgiya, proza rivojlandi. Yangi ijtimoiy va siyosiy mavzular vujudga keldi. G. xalqlari boy folklor anʼanalariga ham ega.

Meʼmorchiligi va tasviriy savʼati. G.da uy-joy qurilishi qadimgi anʼanalar asosida rivojlangan (loy-guvalalardan aylana va toʻrtburchak shaklida ishlanib, tomini palma shoxi, poʻstloq, poxol va shiferlar bilan konusga oʻxshash yoki ikki nishabli qilib berkitishgan). Xoz. G.da mahalliy kabila boshliqlarining saroylari saqlangan, ular loydan qurilib (bal. 5 m gacha), ustuni va devorlari geometrik oʻyma naqshlar bilan bezalgan. Akkra, Kumasi kabi katta shaharlarda temir-beton, alyuminiy va oynalardan qurilgan zamonaviy koʻp qavatli binolardan iborat yangi kvartallar barpo etilgan .

G.da zargarlik, kulolchilik, toʻquvchilik, yogʻochsozlik, fil suyagi oʻymakorligi urf boʻlgan, oltin, kumush va bronzadan badiiy buyumlar yasash rivojlangan. Bezak buyumlar, yarogʻ-aslahalar, vazalar ishlanadi. G.da mustaqillik eʼlon qilingach, professional sanʼat shakllanib, badiiy kurgazmalar tashkil etildi. Zamonaviy sanʼatkorlar realistik uslubda ijod qila boshladilar (haykaltarosh va rassom Kofi Antubam, rassomlar E. R. Sviting, A. O. Bartimeus va b., grafikachi J. D. Okaye). G.da Madaniyat va sanʼat instituti, Achimota (Akkra yaqinida) kolleji qoshidagi Badiiy maktab, Kushasida meʼmorlik va kurili sh, hunarmandlik maktablari bor.

Teatri[tahrir]

Raqs sanʼati keng tarqalgan. Barcha tomoshalar raqssiz oʻtmaydi. Asrimizning 20-y.larida G.da koʻchma konsert guruxlari vujudga keldi. 1962 yil G. universiteti qoshida Musiqa va drama maktabi tashkil etildi (raqs fakulteti ham bor). Xalq raqs ansambli tuzildi (1962). 1958 yil shoira E. Sazerlend tashkil qilgan drama studiyasi 1963 i. universitetga qoʻshilib, musiqa va drama maktabi bilan hamkorlikda "Shoh Edip" (Sofokl), "Hamlet" (Shekspir)ni sahnalashtirdi. Rejissyor F. Morisso-Lerua "Teatr-klub" truppasini (1961), Milliy drama jamiyatining yarim professional jamoasi (1965)ni tuzdi. G.da A. Bukananing xususiy truppasi, "Oʻyinlar uyi" yarim professional teatri mahshur.

Kinosi[tahrir]

Dastlabki badiiy filmi — "Ozodlik keldi" (nigeriyalik kinematografchilar bilan hamkorlikda 1967 yilda yaratilgan). 1963 yilda kinostudiya qurildi, davlat kino korporatsiyasi tuzildi. (1968), "Oʻz ishingdan qolma" (1971) va b. filmlar yaratildi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil