Terks va Kaykos orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Terks va kaykos orollari - Bagama o.larining jan.sharqiy qismidagi Terke, Kaykos va 30 dan ortiq boshqa orollardan iborat Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 430 km². Maʼmuriy markazi — KokbernTaun sh. Aholisi 14 ming kishidan ziyod, 90% dan ortigi Afrika qitʼasidan borgan. Rasmiy til — ingliz tili. Orollar marjon ohaktoshlaridan tuzilgan boʻlib, riflar bilan oʻralgan. Karst keng tarqalgan. Iqlimi tropik, passat, oylik tralar 23—27°. Kuchli shamol va dovullar boʻlib turadi. Yillik yogʻin oʻrtacha 1000 mm. Shoʻr koʻl kup. Doim yashil butazorlar, kokos palmasi plantatsiyalari bor. Orolni 1512 yilda ispanlar egallagan. 17-a.da orolga Bermuda o.laridan Aholi kelib urnashgan. 1766 yildan Buyuk Britaniya mulki. 1874—1962 yillarda Yamayka tarkibida bulgan. 1959 yilda oʻzinioʻzi ichki boshqarish huquqiga ega boʻldi. Orol muhim moliya markazlaridan. Qishloq xoʻjaligida dukkakli ekinlar, makkajoʻxori, meva va sabzavotlar ekiladi. Dengizdan baliq ovlanadi. Baliq konservalash, qurilish materiallari ishlab chiqarish. korxonalari mavjud. Yirik orollarda xalqaro aeroportlar bor. Turizm rivojlangan. Asosiy tashqi savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Yamayka.