Balear orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Avtonom Jamoat va Provinsiya
Balear orollari
Islas Baleares in Spain (plus Canarias).svg
Bayroq Gerb
Bayroq Gerb
Mamlakat Ispaniya
Maydoni 4,992 km²
Aholisi 1,107,220 nafar (2016)
Zichlik 220 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2

Balear orollari - Oʻrta dengizning gʻarbiy qismidagi orollar toʻdasi, Ispaniyaning Baleares muxtor viloyatini tashkil etadi. Ikkita katta orol — Malorka va Menorka orollari hamda Pitius orollari arxipelagidan iborat. Maydoni 5 ming km². Aholisi 686 ming kishi (1992), aksariyati katalonlar. Maʼmuriy markazi — Palma-de-Malorka shahri Eng baland joyi 1445 m. Karst relyef shakllari keng tarqalgan. Iqlimi Oʻrta dengiz atrofiga xos iqlim. Yillik yogʻin 400 – 600 mm. Tosh dub, halab qaragʻayi va chakalakzorlar uchraydi. Aholisi subtropik dehqonchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. 15-asrdan Ispaniya tarkibida. Menorka orolda aeroport va gʻarbiy dengiz bazasi bor. Turistlar koʻp keladi, iqlim kurortlari mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil