Sent Kitts va Nevis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Saint Kitts va Nevis Federatsiyasi'
Saint Kitts va Nevis davlat bayrogʻi   Saint Kitts va Nevis davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Country Above Self
Madhiya: "O Land of Beauty!"
Saint Kitts va Nevis Xaritasi
Poytaxt Basseterre
Rasmiy til(lar) Ingliz
Hukumat Hamdo`stlig
 • Rohib  Qirolicha Yelizaveta II
 • Gubernator-General Ser Cuthbert Sebastian
 • Bosh Vazir Denzil Douglas
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 19 sentabr 1983
Maydon  
 • Butun 261 km² (212-)
 • Suv (%) <1
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 38,958 (213- oʻrin)
 • Zichlik 149/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$339 mil. (212-)
 • Jon boshiga AQSh$8,702
Pul birligi East Caribbean Dollar (XCD)
Vaqt Mintaqasi (UTC–4)
 • Yoz (DST) (UTC–4)
Qisqartma SC
Internet domen .kn
Telefon prefiksi +1

Sent Kitts va Nevis, Sent Kits va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kitts and Nevis), Sent Kristofer va Nevis Federatsiyasi (Federation of Saint Kristopher and Nevis) — Karib dengizining sharqiy qismidagi. Kichik Antil orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 261 km². Aholisi 38,7 ming kishi (2002). Poytaxti — Baster shahar. (Sent Kitts orolda). Maʼmuriy bulinishi 2 birlikdan iborat.

Davlat tuzumi[tahrir]

Sent Kitts va Nevis — konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1983 yil 19 sentabrda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya Qirolichasi nomidan ish yurituvchi generalgubernator. Qonun chiqaruvchi hrkimiyat organi — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi xukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Orollar vulkan otilishidan hosil boʻlgan. Eng yirik orol SentKristofer (koʻpincha Sent Kits deb yuritiladi). Nevis orol undan 3 km jan.da joylashgan. Ikkala orol goʻzal hosildor vodiylardan iborat boʻlib, oʻrtasida togʻ choʻqqilari bor (eng baland joyi — Mizeri, 1156 m). Iqlimi tropik, issiq ikdim. Oʻr: ;cha oylik tra 18—24°. Yillik yogʻin 700–1200 mm. Togʻlarning quyi yon bagʻirlariga shakarqamish va gʻoʻza ekiladi, balandroqda togʻ tropik oʻrmonlar oʻsadi. Hayvonot dunyosi rangbarang qush va turli baliqlardan iborat.

Aholisining deyarli hammasi afrikalik qullarning avlodi boʻlgan sentkitslar (negrlar va mulatlar)dir. Aholining aksariyati sohilda yashaydi. Dindorlari — protestantlar va katoliklar. Rasmiy til — ingliz tili.

Tarixi[tahrir]

Orollarga 1493 yil X. Kolumb kelgan. 17-asr boshlaridan Buyuk Britaniya bilan Fransiya urtasida talash bulgan. Bu yerda fransuz va ingliz manzilgohlari barpo etilgan. Inglizlar 1628 yil Nevis, 1783 yil esa Sent Kits orolni mustamlakaga aylantirdi. Mustamlakachilar orollarning tub aholisi— aravaklarni shafqatsiz ekspluatatsiya qilib, qirib yubordi va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun afrikalik qullarni keltirdi. 1882 yil SentKits, Nevis va Angilya (Anguilla) orollari federatsiyasi tuzildi, u 1958— 62 yillarda VestIndiya federatsiyasiga kirdi. 1967 yil fevraldan u "Buyuk Britaniya bilan uyushtan davlat" maqomini oldi (may oyida Angilya federatsiyadan chikdi). 1983 yil sent.dan Sent Kitts va Nevis mustaqil davlat. 1983 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 19 sentabrMustaqillik kuni (1983).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir]

Xalq faoliyati partiyasi, SentKristofer orolda 1965 yil tuzilgan; Sertashvish fuqarolar harakati, Nyovis oroldagi toʻrt partiya uyushmasi; Leyboristlar partiyasi, 1932 yil asos solingan; Nevis islohotchilar partiyasi, 1970 yil tashkil etilgan. SentKits—Nevis kasaba va ishchi ittifoqi, 1940 yil tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

Iqtisodiyotning asosi qishloq xoʻjaligi va xorijiy sayyoxlarga xizmat koʻrsatishdan iborat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 5,5%, sanoat ulushi 22,5%, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va sayyohpik ulushi 72%ni tashkil etadi. 8 ming ga yerda dehqonchilik qilinadi, uning 1/3 qismiga SentKitsda shakarqamish ekiladi, qolgan qismi tropik mevazor (mango, avokado, papayya va boshqalar) bilan band. Nevisda paxta, kokos palmasi, ananas yetishtiriladi. Aholi qadimdan baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 50% qondiradi. Sanoati qandshakar, chigit va kokos yogʻi, gazlama, poyabzal, doridarmon ishlab chiqaruvchi hamda elektr apparatlari yigʻuvchi kichik korxonalardan iborat. Yiliga 86 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 310 km, tor izli temir yoʻl uzunligi —36 km. Asosiy dengiz porti va aeroporti — Baster. Chetga xom shakar, paxta, chigit hamda kokos yogʻi va boshqa chiqaradi, chetdan oziq-ovqat, mashina va uskuna, kimyoviy maqsulot, neft mahsulotlari oladi, AQSH, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Antigua va Barbuda bilan savdo qiladi. Pul birligi — sharqiy karib dollari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir]

Gazetalari: "Demokrat" (haftanoma, 1948 yildan), "Leybor spouksmen" ("Ishchi notiq", haftada 2 marta chiqadigan gazeta, 1957 yildan). Radio va televideniye hukumat xizmati mavjud, radioeshittirishlar 1961 yildan, telekoʻrsatuvlar 1972 yildan olib boriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil