Argentina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Argentina Respublikasi
República Argentina
Argentina davlat bayrogʻi   Argentina davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: En Unión y Libertad
(Ispancha: In Union and Liberty)
Madhiya: Himno Nacional Argentino
(Argentine National Anthem)
Argentina Xaritasi
Poytaxt Buenos Ayres
Rasmiy til(lar) Ispan tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Cristina Fernández de Kirchner
Mustaqillik   Ispaniyadan
 • Sana 9 iyul 1816
Maydon  
 • Butun 2,766,890 km² (8-)
 • Suv (%) 1.57
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 39,537,943 (31- oʻrin)
 • Zichlik 14/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$542,800 mil. (21-)
 • Jon boshiga AQSh$13,729
Pul birligi Argentine Peso (ARS)
Vaqt Mintaqasi (UTC–3)
 • Yoz (DST) (UTC–3)
Qisqartma AR
Internet domen .ar
Telefon prefiksi +54


Argentina Respublikasi (Ispancha: República Argentina) – Janubiy Amerikadagi davlat. Qit’aning janubi-sharqiy qismini, Olovli Yer o.ning sharqiy qismini va bir qancha orollarni egallaydi. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 22 viloyat (provinsiya), federal (poytaxt) okrugi va Olovli Yer hududiga bo‘linadi. Maydoni 2767 ming km². Aholisi 36,1 mln. 605kishi (1999). Poytaxti Buenos-Ayres shahri.

Davlat tuzumi[tahrir]

Argentina – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1994 yil 24 avgustda qabul qilingan. Davlat boshlig‘i – prezident. Prezident va vise-prezident 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Millim kongress (parlament). Kongress ikki palata: senat va deputatlar palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyat prezident va hukumatdir.

Tabiati[tahrir]

Argentinaning sharqi keng tekisli-klardan va g‘arbi tog‘lardan iborat. Mamlakatning butun shimoli-sharqini La-Plata pasttekisligi (Gran-Chako, Sharqiy Pampa tekisligi), janubi-sharqini Patagoniya yassi togligi egallaydi. G‘arbdagi tog‘ yon bag‘irlari balandlasha borib, And toglariga ulanib ketadi. Janubiy Amerikaning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) ham Argentina hududidadir. Foydali qazilmalari: neft, gaz, temir, poli-metallar, uran, mis, qalay, volfram va boshqa rudalar. Argentina tekislik qismining iqlimi – tropik va subtropik, janubida – mo‘’tadil. Eng issiq oy (yanvar)ning o‘rtacha harorati shimolida 28°, janubida 10°, iyulning o‘rtacha harorati shimolida 18° va janubida G. Tog‘larda iqlim mo‘’tadil sovuq. Yiliga Patagoniyada 100 – 300 mm, shimoli-sharqda 1400 – 1600 mm, Andning sharqiy yon bag‘irlarida 5000 mm gacha yog‘in yog‘adi. Asosiy daryolari: Parana, Paragvay, Urug‘vay, Rio-Sala-do, Rio-Kolorado, Chubut, Rio-Negro. Argentina ko‘llarining aksariyati muzliklardan paydo bo‘lgan (Naul-Uapi, Buenos-Ay-res, Vedma va boshqalar). Argentina hudu-dining salkam 20% doimiy ko‘m-ko‘k va bargi to‘kiluvchi o‘rmonlar bilan qoplangan. Gran-Chakodagi qizil tuproqda siyrak o‘rmon, Pampadagi unumdor qoratuproqda pichanzor dashtlar, Patagoniyada –yarim cho‘l. Argentinaning milliy bog‘lari – Iguasu, Lanin, Na-uel-Uapi va boshqalar.

Aholisi[tahrir]

Argentinlar (mamlakat aholisining 90%) asosan yevropalik muhojirlardan shakllangan. Shuningdek italyanlar, yahudiylar, ukrainlar, ispanlar, katalonlar, polyaklar, nemislar, fransuzlar va boshqalarlar ham yashaydi. Tub joy aholisi – indeyslarning aksariyati yevropaliklarning mustamlakachilik harakatlari jarayonida qirilib ketgan. Ularning oz qismi (kechua, tupi-guaranlar va boshqalar) Argentinaning shimoli-g‘arbida va Paragvay bilan bo‘lgan chegara yaqinida yashaydi. Rasmiy tili – ispan tili.Dindorlarning aksariyati katoliklar. Aholining o‘rtacha zichligi 1 km²ga 9 kishidan ko‘proq. Aholining 86% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Buenos-Ayres, Kordova, Rosario, La-Plata.

Tarixi[tahrir]

Qadim zamonlarda Argentina hududida ko‘p sonli indeys qabilalari yashar, ularda jamoa-urug‘chilik munosabatlari xukmron edi. Shimoli-g‘arbda diagitlar, charrua va kerandilar eng rivojlangan indeys qabilalari bo‘lgan; ular o‘troq hayot kechirar, dehqonchilik, baliqchilik, ovchilik bilan shug‘ullanar, rangli metallar eritishni, to‘qimachilikni bilar edi. Shimoli-sharqda va markazda guaranlar, tapeslar va boshqa yashar, janubda araukanlar va patagonlar ko‘chib yurar edi. 16-asrning 1-yarmidahoz. Argentina hududi ispanlar tomonidan bosib olina boshladi. Ispanlar bu mamlakatni Rio-de-La-Plata (ispancha kumush) daryosi nomi bilan La-Plata deb atadilar. Mustamlakachilarga qarshi indeys qabilalari bir necha marta isyon ko‘tardi (1580, 1630, 1657, 1710 – 11 yillar). 1776 yilda hozirgi Argentina hududi bu-tunlay Rio-de-La-Plata vitse-qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi. Argentinada katta fe-odal yer egaligi vujudga keldi. Amerikadagi ispan mustamlakalarining 1810 – 26 yillardagi mustaqillik uchun urushi vaqtida kreollar (dastlabki ispan kelgindilarining avlodlari) M. Belg-rano va X. San-Martin rahbarligida 1810 – 16 yillarda ispan mustamlakachilariga qarshi qurolli kurash olib bor-dilar. Kurash boshlangan 25 may kuni argentin xalqining milliy bay-rami bo‘lib qoldi. 1816 yilda viloyatlar va-killarining Tukuman shahridagi kongres-606si La-Plata Birlashgan viloyatlarini mustaqil deb e’lon qildi. 1826 yilda Argentina Federativ Respublikasi tuzildi. 19-asr mobaynida vujudga kela boshlagan bur-juaziya manfaatlarini ifodalovchi uni-tariylar bilan yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchi federatsiyachilar o‘rtasida kurash davom etdi. 19-asr 2-choragidan Argentinada Buyuk Britaniya iqgisodiy va siyo-siy mavqei mustahkamlandi, 1833 yilda u Folklend (Malvin) o.larini bosib oldi. 19-asr oxirlarida mamlakatga Amerika va Germaniya kapitali kirib keldi. Hukmron davlatlar Argentinani siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaramlikka solib, uni go‘sht, don va boshqa xom ashyo yetkazib be-ruvchi mamlakatga aylantirdilar. 19 – 20-asrlar bo‘sag‘asida Argentinada sanoat rivoj-landi. 19-asrning oxiridan Argentinada turli harbiy diktaturalar hukmronlik qildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Argentina betaraflik e’lon qilgan bo‘lsa ham, aslida fashistlarga ko‘maklashdi. 1945 yil martidagina Germaniya va Yaponiyaga qarshi urush e’lon qildi. 1945 yildan Argentina– BMT a’zosi. 1943 yilgi harbiy to‘ntarish natijasida bir guruh ofitserlar hokimiyatni qo‘lga ol-dilar. Ularning rahbarlaridan biri ge-neral X. D. Perón (1946 – 55 va 1973 – 74 yillarda Argentina prezidenta) hukmron ajnabiy davlatlarning mavqeini zaiflashtirish hisobiga mamlakatdagi yuqori tabaqani mustahkamlash siyosatini yuritdi. 1976 yilda general Videla hukmronligi dav-rida zo‘ravonlik va tartibsizliklarga qarshi qattiq choralar joriy etildi, iqtisodiyotni mustahkamlashga kiri-shildi. 1981 yilda Roberto Viola pre-zident etib saylandi, ammo harbiylar keyinroq uni ag‘darib tashladilar. Shu davrda (1982 yil) Folklend (Malvin) o.lari Buyuk Britaniyaga qarashliligini tan olmagan Argentina ularni egallashga urinib ko‘rdi, lekin bu harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1983 yildagi yalpi saylov natija-sida Raúl Alfonsín prezident etib saylandi. 1999 yildan esa Fernando de la Rúa A. prezidenta. 1993 yil 9 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi bilan diploma-tiya munosabatlari o‘rnatgan.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari[tahrir]

Fuqaro radikal ittifoqi, 1889 yilda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan tuzilgan; Birlik va taraqqiyot harakati, 1957 yilda Fuqaro radikal ittifoqi partiyasidan ajralib chiqqan guruh ne-gizida tuzilgan; Xalq sotsialistik partiyasi, 1982 yilda tuzilgan; Murosasozlik partiyasi, 1963 yilda Birlik va taraqqiyot harakati partiyasi bo‘linishi natijasida vujudga kelgan; Xustisialistik (adolat) partiyasi, 1947 yilda X. Peron tomonidan tuzilgan; Taraqqiyparvar demokratik partiya, 1909 yil tuzilgan. Argentinada Kommuni-stik partiya, Sotsial-demokratik partiya, Demokratik markaz ittifoqi, Xristian-demokratik partiya ham bor. Umummehnat konfederatsiyasi 1930 yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi[tahrir]

Argentina iqtisodiy jihatdan Lotin Amerikasida eng rivojlangan mamlakatlardan biri. Foydali qazilma konlari ko‘p, malakali ishchi kuchiga ega. Argentina, sanoatning turli tarmoqlari rivojlangan. Ammo 80-yillar oxirida boshqaruvning samarasizligi oqibatida Argentina iqtisodiyoti barbod bo‘lish arafasida edi. 1989 yilda saylangan yangi hukumat iqtisodiyotni isloh qilish dasturini amalga oshirdi, natijada Argentina yana barqaror rivojlana boshladi. 1991 yilda qabul qilingan konvertatsiya to‘g‘risidagi qonunga binoan ko‘pchilik davlat korxonalari xususiylashtirildi, iqtisodiyotga chet el investitsiyalari jalb etila bosh-ladi, byudjetga soliqlardan tushum yax-shilandi, ishchilarga kompensatsiya to‘lash tizimi yaratildi.

Sanoati[tahrir]

Argentina asosan, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Yetakchi tarmoq – oziq-ovqat (go‘sht, yog‘, un, vi-nochilik, konserva, qand-shakar) sanoa-ti. Go‘sht yetishtirish va eksport qilish sohasida Argentina dunyoda oldingi o‘rinlardan birida turadi. To‘qimachilik, charm-poyabzal tarmoqlari rivojlangan. Og‘ir industriyada mashinasozlik (traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari, avtomobillar, stanoklar, elektr texnika asbob-uskuna-607lari va boshqalar), neftni qayta ishlash, qora metallurgiyaning salmog‘i katta. Sement, sellyuloza-qog‘oz korxonalari bor. Neft, gaz, qo‘rg‘oshin, pyx, temir, uran, berilliy va volfram rudalari qazib olinadi. Yoqilg‘i-energetika balansining salkam 85% ni neft va gaz tashkil qiladi. AESlar qurilgan. Asosiy sano-at markazlari: Buenos-Ayres, Rosario, Kordova, La-Plata.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Argentina chorvachilik mahsulotlarini, don va moyli ekinlar hosilini tovar sifatida tayyorlashga ixtisoslashgan. Yirik yer egaligi ri-vojlangan: 1 ming ga dan ortiq yerga ega bo‘lgan xujaliklarga hamma yerlarning 75% qaraydi. Argentina ga yaroqli yerlarning faqat 20% ga ekin ekiladi. Argentinaning yetakchi tarmog‘i chorvachilik bo‘lib, unda go‘sht yetishtiriladigan qoramolchilik va go‘sht-jun olinadigan qo‘ychilik ustun turadi. Argentinada qoramollar – 51 mln., qo‘ylar – 29 mln., cho‘chqalar – 4,1 mln. boshni tashkil etadi. Dehqonchilikning yetakchi tarmog‘i – g‘allachilik. Bug‘doy, makkajo‘xori, javdar, suli, arpa, texnika ekinlaridan – kungaboqar, zig‘ir, paxta yetishtiriladi. Muhim yem-xashak ekini – beda. Bog‘dorchilik, tokchilik rivojlangan. Qimmatbaho daraxt navi, jumladan dubil ekstrakti olinadigan kebracho tayyorlanadi. Baliq ovlanadi.

Transporti[tahrir]

Argentina lar uzunligi – salkam 34,1 ming km, avtomobil yo‘llari – 211,4 ming km. Asosiy porti – Buenos-Ayres. Xalqaro aeroporti – Eseysa (Buenos-Ayres yaqinida).Chetga chiqariladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 80% go‘sht, don, yog‘, xom teri, jun, ho‘l mevalarga to‘g‘ri keladi. Chetdan mashinalar, transport vositalari, metall, yoqilg‘i, kimyoviy tovarlar keltiriladi. Asosiy savdo mijozlari: AQSH, Braziliya, Italiya, Germaniya va Yaponiya. Pul birligi – peso.

Tibbiy xizmati[tahrir]

Argentinada 133,8 ming o‘rinli kasalxonalar (1 ming aholiga 6 o‘rin) bor. 53,7 ming shifokor (450 aholiga 1 shifokor) tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi tibbiy yordamni sug‘urtalash va xususiy shifokorlar xizmati bilan birga qo‘shib olib boriladi. Shifokorlarni universitetlarning 9 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari[tahrir]

Argentinada 6 yoshdan 14 yosh-gacha bo‘lgan bolalarning majburiy ta’limi joriy etilgan. Davlat o‘quv yurtlari bilan birga xususiy maktablar ham bor. Boshlangich maktablarda 3471 ming, o‘rta o‘quv yurtlarida (umumiy ta’lim, hunar, ped. va boshqa maktablarda) 1125 ming o‘quvchi o‘qiydi. Buenos-Ayres, Kordova, La-Plata, Santa-Fe va boshqa shaharlarda universitetlar bor. Bir qancha tarmoq akademi-yalari, ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy jami-yatlar ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Buenos-Ayresda Milliy kutubxona, universitet kutubxonasi va boshqa bor. Tabiiy fanlar, Antarktika, tarix, rassomlik va boshqa mu-zeylar mavjud.

Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir]

Eng ko‘p tarqalgan gaz.lar: "Rason"("Aql-idrok", 1905 yildan), "Prensa"("Matbuot", 1869 yildan), "Nason"("Millat", 1870 yildan), "Gaseta" ("Gazeta", 1912 yildan). "Telenotisiosa amerikana" hukumat agentligi 1945 yil tashkil etilgan. 52 xususiy radiostansiya alohida uyushmaga birlashgan. Teleko‘rsatuv 1951 yildan mavjud. 1959 yilda 22 xususiy telestansiyalar uyushmasi tuzilgan.

Adabiyoti[tahrir]

Argentinada yashagan indeys qabilalarning og‘zaki ijodi namunalari bizgacha yetib kelmagan. Biroq xalq she’-riyati o‘ziga xosligini saqlab qolgan. 16-asrdan 19-asr boshlarigacha adabiyot Ispaniya adabiyoti ta’sirida rivojlandi. 18-asr oxiri – 19-asr boshlarida M. de Lavarden, D. de Asuenaga va boshqalarlar ijodida ma’rifatparvarlik tamoyillari namoyon bo‘ldi. 1810 – 26 yillar Ispaniyaga qarshi urush va milliy-ozodlik harakati davrida adabiyotda vatanparvar klassisizm hukmronlik qildi. B. de Montea-gudo, V. Lo-pes-i-Planes (uning "Vatan-parvarlik marshi", 1810, Argentina madhiyasi 608bo‘lib qolgan), E. de Luka, X. Kruves Varela asarlari paydo bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligi e’lon qilingandan keyin yangi oqim vakili – faylasuf va milliy poeziya asoschisi E. Echeverria she-rlar, dramalar, dostonlar yezdi. Shoir, hikoyanavis, tarixchi olim va adabiyotshu-nos X. M. Guterres argentin romantik prozasining dastlabki namunalarini yaratdi. Publitsist va jamoat arbobi D. F. Sarmento o‘tkir maqolalar yozdi. 19-asr 2-yarmida "gaucho adabiyoti" urf bo‘ldi, uning asosini pampa aholisining og‘zaki ijodi tashkil qilar edi. 50 – 70-yillarda I. Askasubi asarlari (siyosiy va lirik qo‘shiqlar, "Santos Vega" she’riy roma-ni, 1851), X. Marmol (dastlabki mil-liy roman "Amaliya", 1855), X. Ernandes (uning "Martin Ferro" qahramonlik dos-toni, 1 – 2-qismlari, 1872 – 79, milliy adabiyotning eng salmoqli asa-ridir) asarlari va boshqa dunyoga keldi. 19-asr o‘rtalarida xalq urf-odatlarini ifodalovchi adabiyot vujudga keldi. Bu oqim namoyandalari L. V. Lopes, E. Vilde, M. Kane va boshqadir. 20-asr 20-yillarida B. Linch, R. Guyraldeslarning ijtimoiy romanlari chiqdi. 20-asr 2-yarmida E. L. Kastro, A. Varel, R. Larra, X. Kortasar romanlari paydo bo‘ldi.

Tasviriy san’ati va me’morligi[tahrir]

Argentina tub joy aholisining mustamlakachilikdan avvalgi san’ati (16-asr) matolarga solingan geometrik naqshlardan, jig‘alardan, guldor va jimjimador so-pol buyumlardan, tosh, yog‘och va loydan yasalgan haykalchalardan iborat edi. Argentinada milliy rassomlik 19-asrda yuzaga kelib, 20-asr boshlarida taraqqiy etdi. Rassomlar ijodida milliy mavzu, xalq obrazi katta o‘rin egalladi. 19-asr oxirlarida tarkib topgan milliy haykaltaroshlik 20-asr o‘rtalarida badiiy yuksaklikka ko‘tarildi. Argentinada mahalliy xalq – indeyslarning me’moriy an’analari kam saqlangan. 18-asrdan boshlab Argentina me’mor-ligida barokko uslubi hukmronlik qildi. Bu uslubda qurilgan binolardan biri Kordovadagi Kompaniya ibodatxona-sidir. Ibodatxonaga ispan iyezuitlari asos solganlar (1646). Hozir ibodatxona Kordova universiteti majmuasiga kiradi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida Argentinada mumtoz me’morlik uslubi tarqaldi. Avvalo, aniq va yaxlit (mas, Buenos-Ayresdagi ibodatxona peshayvoni, 1804), keyin-chalik 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida eklektik va hashamatli binolar (Buenos-Ayresdagi "Kolon" teatri, 1908) qurildi. Bu davr turar joy binolari ko‘pincha katta ayvonli bo‘lgan. 20-asrdan hozirgi zamon me’morligi rivojlandi. Buenos-Ayresda va mamlakatning boshqa shaharlarida ko‘p qavatli, yaxlit oyna va temir-betondan mehmonxona, bank kabi ma’muriy binolar ko‘plab qurilgan.

Musiqasi[tahrir]

Hozirgi zamon Argentina hududida yashagan indeys qabilalari hayoti va tur-mushida musiqa katta o‘rin olgan. And xalqlari – ayniqsa kechua va boshqarivojlangan va o‘ziga xos musiqa madaniyatiga ega bo‘lgan; ularning dilrabo yaravi qo‘shiqlari, uayno raqs ohanglari, cholg‘u asboblari (kena nayi va zarbli asboblari) hozirgacha saqlanib qolgan. Argentina milliy musiqa maktabi 19-asr oxirlarida tarkib topa boshladi. Buenos-Ayresdagi konservatoriya asoschisi, asosan yevropacha kuylar, orkestr va kamer asarlar muallifi A. Vilyame bu maktabning bunyod-korlaridan bo‘ldi. "Pampa" operasining ijodkori A. Berutti A.ning yirik kompozitori bo‘lgan. "Pampa" asarida argentin xalq musiqasiga xos ohanglar yangragan. Buenos-Ayresda "Kolon" ope-ra teatri, 2 konservatoriya, simfonik orkestr, Kordova va La-Platada konser-vatoriyalar bor.

Teatri[tahrir]

Indeys qabilalarining raqslari va marosim taomillarida te-atr harakatlari elementlari bo‘lgan. 16-asrda havaskorlar truppalari maydonga keldi. 1783 yil Buenos-Ayresda "Komediya uyi" nomli birinchi teatr binosi qurildi. 19-asr boshlarida L. A. Morante, K. Enrikes, X. M. Sanches kabi mahalliy dramaturglarning pesalari shuhrat topdi. 19-asrning 80-yillarida 609bosh qahramoni chorvador, dehqon bo‘lgan romantik melodrama janri yuzaga keddi. 19-asrda va 20-asr boshlarida "Viktoriya", "Apolo"teatrlarida ijtimoiy isyon mavzuidagi pesalar qo‘yildi. 1920-yillarda Argentina teatri inqi-rozga uchradi. Ammo bir necha mustaqil I teatrlar vujudga kelib, teatr san’atini qayta tiklash va yaxshilashga kirishildi. Ularda milliy dramaturglardan O. Dragun, A. Kusani, K. Gorostisa, L. Barlettalarning asarlari qo‘yildi. 1935 yilda Buenos-Ayresda Milliy komediya teatri bilan Milliy te-atrshunoslik instituti tashkil topdi. 1943 yilda Davlat qo‘g‘irchoq teatri tuzildi. Musiqiy teatr 1825 yilda Buenos-Ayresda birinchi opera spektakli – "Sevi-lyalik sartarosh" (J. Rossini asari)ni namoyish qildi. 1877 yilda F. Argreaves birinchi A. operasi "Oq mushuk"ni yaratdi. 1925 yildan milliy balet trup-pasi ish boshladi: "Kometalar", "Panambi" kabi milliy baletlar ko‘rsatildi. Hozirgi vaqtda Buenos-Ayres Argentina teatr san’atining markazi bo‘lib, bu yerda "El Pueb-lo", "La Maskara", "Fray Mocho" kabi mustaqil teatrlar, Milliy komediya te-atri, "Odeon" kabi tijorat teatrlari ishlamoqda.

Kinosi[tahrir]

Argentinada film yaratish 1897 yildan boshlandi. 1908 yilda italiyalik rejissyor M. Galo "Dorregoning otilishi"degan birinchi filmni yaratdi, unda teatr aktyorlari ishtirok etishdi. Keyinchalik rejissyor X. A. Ferreyra ("Gaucho qo‘shig‘i", 1930), L. Zaslavskiy ("Qochish", 1937) va boshqa bir necha film yaratdilar. U Petit de Murat ("Gaucho urushi"), S. Pondel Rios ("111-kilometr"), E. Amorim ("Keksa doktor") kabi kinossenariychilar barakali ijod qildilar. Keyingi yillarda ishqiy sarguzasht filmlar, kinokome-diyalar ishlandi, ayrim adabiy asarlar ekranlashtirildi. A. yirik kino ishlab chiqarish firmalari: "Arxentina sono films", "Kontrakuadro". Buenos-Ayresda Kino san’ati va kino fani akademiyasi, Milliy kinematografiya instituti ishlab turibdi.[1]

Salta

Argentina (Argentina Respublikasi) poytaxti – Buenos Aires shahri. BMT a'zosi



Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil