Kontent qismiga oʻtish

Chili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chili Respublikasi
República de Chile
ShiorPor la razón o la fuerza
(Ispancha: Sabab orqali yoki Kuch bilan)
Madhiya: Himno Nacional de Chile
(Chili Davlat Madhiyasi)
Location of Chili
Poytaxt Santiyago
Rasmiy til(lar) Ispancha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Gabriel Borik Font
Mustaqillik (Ispaniyadan)
• Sana
18-sentabr 1810
Maydon
• Butun
756,950 km2 (38-oʻrin)
• Suv (%)
1.07
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
16,136,137 (60-oʻrin)
• Zichlik 21/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$185,100 mil. (45-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$11,471
Pul birligi Unidades de formento (CLF)
Vaqt mintaqasi UTC–3
• Yoz (DST)
UTC–3
Qisqartma CI
Telefon prefiksi 56
Internet domeni .cl

Chili, Chili Respublikasi (isp. República de Chile) — Janubiy Amerikaning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti – Santyago shahri. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chili – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda kabul qilingan va 1981-yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yildan Gabriel Borik Font), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi.

Chili shimolidan janubiga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shimolini Atakama choʻli egallagan. Mamlakat janubida Patogoniya tekisligi joylashgan. Chili hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Chilida vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Chili hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shimoliy qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Chilining shimolida iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), janubida nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Chilida iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tempatura shimolida 12–16° dan (iyulda) 18–22° gacha (yanvarda), markazida 8–20°, janubida 8–15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Chilida Loa daryosidan boshqa oqar suv yoʻq. Janubida esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Chilida tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Chilining shimoliy chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Chilining janubidagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Janubida subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka janubida botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Chili shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, janubida pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Chilida Vilyarrika, Bernardo Oʻ Xiggins, Alberto Agostini, Los Paraguas, Peres Rosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida).

Aholisining 90% chililar. Mamlakatning tub aholisi araukan, kechua va aymara indeyslaridir. Rasmiy til – ispan tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Shahar aholisi 86%. Yirik shaharlari – Santyago, Valparaiso, VinyadelMar.

Chili hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan. 15-asrda mamlakatning shimoliy qismini inklar egallab oldi. 16-asrning 30-yillarida Chiliga ispan konkistadorlari bostirib kirdi. 16-asrning oʻrtalarida Chili hududi Ispaniyaning Peru vitseqirolligi tarkibiga kirgan. 1810-yil iyulda ispanlar zulmiga qarshi xalq qoʻzgʻoloni boshlandi. 18-sentabrda milliy hukumat xuntasi tashkil topdi. Amerika qitʼasidagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun olib borgan urushi yillarida (1810–26) Chili mustaqilligi eʼlon qilindi (1818-yil 12-fevral). 1823-yil qulchilik bekor qilindi. 19-asr oʻrtalaridan Chiliga chet el sarmoyalari kirib kela boshladi. 1865–66 yillarda Chili Peru, Boliviya va Ekvador bilan birgalikda Ispaniyaga, 1879–84 yillarda Buyuk Britaniya yordamida Peru va Boliviyaga karshi urush olib bordi. Natijada bu davlatlarning selitra zaxiralariga boy hududlari Chiliga oʻtdi. Bu mamlakatda konchilik sanoatining rivojlanishiga imkon yaratdi. ljahon urushi yillari (1914–18) Chili betaraflik eʼlon qildi. 1927-yilgi davlat toʻntarishi natijasida mamlakatda harbiy diktatura oʻrnatildi, siyosiy partiyalar, ishchi va kasaba uyushma tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. 1936-yil Chilida Kommunistik, Radikal va Sotsialistik partiyalar ishtirokida Xalq fronti tuzildi va uning nomzodi P. Agirre Serda 1938-yildagi prezident saylovida galaba qozondi. Hukumat bir qancha ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. 1941-yil oʻng sotsialistlarning sotqinligi tufayli Xalq fronti tarqalib ketdi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1939–45) Chili Germaniya (1945-yil fevral) va Yaponiya (1945-yil aprel)ga karshi urush eʼlon qilgan boʻlsa ham amalda urushda qatnashmadi. 1947–58 yillar hokimiyatni diktatorlik rejimi boshkardi. 1956-yil Chili KP (1922-yil tuzilgan) va Sotsialistik partiyasi (1933-yil asos solingan) Xalq harakati frontini, 1969-yil Kommunistik, Sotsialistik va boshqa soʻl partiyalar Xalk, birligi blokini tashkil etdilar. Xalq birligi bloki nomzodi S. Alyende Gossens saylovlarda gʻalaba qozonib, mamlakat prezidentligiga saylandi. 1973-yildagi harbiy toʻntarish paytida Alyende oʻldirildi va hokimiyat tepasiga A.Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. U 15 yildan ortiq vaqt davlatni boshqardi.

Bu davrda ommaviy repressiyalar avj oldirildi; shu bilan birga mamlakat iktisodiyoti Janubiy Amerikadagi davlatlar oʻrtasida oldingi oʻrinlardan birini egalladi. Bu Chiliga xalqaro iqtisodiy tashkilotlarga aʼzo boʻlish imkoniyatini yaratdi. 1989-yilgi demokratik saylovlar natijasida Augusto Pinochet hokimiyatdan ketdi va 1990-yildan mamlakatni demokratik yoʻl bilan boshqarish shakli oʻrnatildi. Chili 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 18-martda tan olgan va 1994-yil 16-sentabrda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 18-sentabr – Mustaqillik kuni (1810).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chili Kommunistik partiyasi, 1922-yil tuzilgan; Demokratiya uchun kurash partiyasi, 1988-yil tashkil etilgan; Milliy yangilanish partiyasi, 1987-yil tuzilgan; Chili radikal sotsialdemokratik partiyasi; Chili sotsialistik partiyasi, 1933-yil tashkil etilgan; Xristiandemokratik partiya, 1957-yil tuzilgan; Chili birlashgan sotsialistik partiyasi. Chili mehnatkashlari birlashgan kasaba uyushma markazi, 1988-yil Chili mehnatkashlari yagona kasaba uyushmasi markazi (1953) negizida tashkil etilgan.

Chili Lotin Amerikasidagi iktisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlardan biri. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va baliq ovlash ulushi 6,4%, sanoatniki 38,8%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 54,8% ni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi dehqonchilik. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, kartoshka, dukkakli don ekinlari ekiladi. Bogdorchilik (olma, sitrus mevalar, shaftoli) va tokchilik rivojlangan. Qand lavlagi, zigir, tamaki, zaytun yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, yilqi boqiladi. Yirik shaharlar atrofida sut chorvachiligi rivojlangan. Dengizdan baliq va dengiz jonivorlari ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.

Chili mis qazib olish boʻyicha dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi (yiliga oʻrtacha 2488 ming t). Shuningdek, tabiiy selitra, molibden, neft, temir rudasi, oltin, kumush, tabiiy gaz, toshkoʻmir qazib olinadi. Yiliga oʻrtacha 25,2 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Sanoatning oziq-ovqat va yengil sanoat tarmogʻi rivojlangan. Mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, sellyulozaqogʻoz sanoati rivojlanmoqda.

Mamlakat ichkarisida yuk tashishda avtomobil transporti yetakchi oʻrinda. Avtomobil yoʻllari uzunligi 79,8 ming km. Transport yoʻlining uzunligi 6,6 ming km. Tashqi savdo aylanmasining asosiy qismi dengiz transportiga toʻgʻri keladi. Muhim dengiz portlari: Uasko, Valparaiso, Tokopilya. Santyago shahrida xalqaro aeroport bor. Chili chetga mis, baliq va dengiz mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, selitra, qogʻoz, yod chiqaradi; chetdan neft, kimyo buyumlari, elektron va mashina jihozlari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Argentina, Braziliya, Yaponiya,Meksika bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi – chili pesosi.

Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chilida vrachlar universitetlarning tibbiyot ftlarida tayyorlanadi. Mamlakatda 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. Asosiy deb nomlangan boshlangʻich maktabda oʻqish 8 yil, oʻrta maktabda 4 yil Asosiy maktab negizida 4 yillik hunartexnika maktablari va ped. bilim yurtlari ishlaydi. Mamlakatda 8 universitet bor. Yiriklari: Chili universiteti (1843), Texnika davlat universiteti (1947), Katolik universitet (1888); hammasi Santyago shahrida. Shuningdek, 3 oliy kollej, konservatoriya va amaliy sanʼat maktabi mavjud. Ilmiy muassasalar, asosan, Santyago shahrida joylashgan.institutlar Chili bakteriologiya instituti (1929), meteorologiya xizmati (1894), harbiy geogr. instituti (1922), geogr., geodeziya va geofizika milliy qoʻmitasi (1955), gidrografiya instituti (1874, Valparaiso), geol. instituti (1957), Antarktida instituti (1963), yadro energiyasini oʻrganish milliy markazi, Okeanografiya instituti (1945, Valparaiso), Lebu ilmiy instituti (1945, araukanlar tarixini oʻrganadi), Chili akademiyasi (1855), Chili Tabiiy fanlar akademiyasi (1926), Chili tarix akademiyasi (1940), Chili Fanlar akademiyasi (1964)da olib boriladi. Yirik kutubxonalari: Chili milliy kutubxonasi (1813), Chili universitetining markaziy kutubxonasi; ikkovi ham Santyago shahrida. Muzeylari – Milliy tarix muzeyi, Nafis sanʼat milliy muzeyi, Ped. muzeyi, hozirgi zamon sanʼati muzeyi, amerika xalqi sanʼati muzeyi va boshqalar.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chilida bir kancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Analisis" ("Tahlil", haftalik jurnal, 1977-yildan), "Merkurio" ("Merkuriy", kundalik gazeta, 1827-yildan), "Nason" ("Millat", kundalik gazeta, 1917-yildan), "Oy" ("Bugun", haftalik jurnal, 1977-yildan), "Segunda" ("Sekunda", kundalik kechki gazeta, 1931-yildan), "Tersera" ("Chorak", kundalik gazeta, 1950-yildan), "Ultimas notisias" ("Soʻnggi axborot", kundalik gazeta, 1902-yildan).

Orbe Servisnoye Informatios (SA) hukumat axborot agentligi 1953-yil fevralda tuzilgan. Chili yangiliklar agentligi, 1993-yil asos solingan. Chili radiostya assotsiatsiyam 1936-yilda tashkil etilgan; 455 radiostyani birlashtiradi. Chili – 7 kanal milliy televideniyesi hukumat mahkamasi boʻlib, 145 styani birlashtiradi. Bir qancha tijorat radio va televideniye styalari bor.

Chilini Ispaniya bosib olgandan beri ispan tilida rivojlanmoqda. Ispaniyalik A. de ErsilyaiSuniga (1533–94)ning "Araukana" dostoni (1–3 qismlar, 1569–89) 16-asrda yaratilgan eng yirik asar hisoblanadi (unda araukanlarning ispan mustamlakachilarga qarshi kurashi aks ettirilgan). Bu davrda kreollar folklori ispan xalq sheʼriyati asosida rivojlandi. Amerikadagi Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik uchun kurashi davri (1810–26)da publitsistika asosiy janr boʻlib qoldi. Birinchi Chili gazetasi – "Aurora de Chile" ("Chilining tonggi shafagʻi")ning asoschisi K.Enrikes bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Milliy dramaturgiya asosini M.Magalyanes yaratdi. 1818-yil Chili mustaqillikka erishgach, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kup adiblar Chilida yashab ijod qildilar. Venesuela yozuvchisi, olim va davlat arbobi A.Belo, argentinalik yozuvchi, jamoat arbobi va maʼrifatparvar D.M.Sarmyanto va boshqa ijodi Chili madaniyati rivojida muhim rol oʻynaydi. Chili jamoat arbobi, olim va adib X.VLastarrin (1817–88) Chili adabiyot jamgʻarmasini tashkil etib (1842), milliy adabiyotni yaratish vazifasini qoʻydi. 19-asr 1yarmida sheʼriyat romantizm ruhida rivojlandi (S.Sanfuentos, E.Lilo va boshqalar). Nasrda kostumbrizm yetakchi yoʻnalish boʻlib qoldi. 19-asr oʻrtalarida tanqidiy realizm maydonga keldi. A.Bleyet Gana (1830–1920) uning yirik vakilidir. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida P.A.Gonsales Bastias, M.Xara va boshqa sheʼriyatda yangi badiiy shakllarni izlay boshladilar. Bunga maʼlum darajada nikaragualik shoir R.Dario ijodi taʼsir koʻrsatdi. 1920-yillarda T.Mistral, V. Uydobro kabi shoirlar samarali ijod qildilar. 30-yillarda shoir P. Neruda ijodi chuqur evolyutsiyani boshidan kechirdi. Shu davrda ijod qilgan F. Gana, F.Santivan, L.Duran va boshqa oʻz asarlarida dehqonlar hayotini aks ettirdilar. Dehqonlarning sinfiy kurashi R.Lomboy, M.Gerrero romanlarida, ishchilar hayoti, ularning farovon kelajak uchun kurashi N. Gusman, A.Sabeli, D.Munos, G.Senteno, V.Teytelboym romanlarida oʻz ifodasini topdi. F. Koloan, M.Roxas, G.Atias nasriy asarlari ijtimoiy muammolarga bagʻishlandi. 1960–70 yillarda siyosiy qoʻshiqlar janri keng tarqaldi. V. Xara bu janrda ijod qilgan ijodkorlarning yorqin vakilidir. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp adib va shoirlar taʼqib ostita olindi. Mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan adiblar oʻz asarlarida Chili fojiasini aks ettirdilar (A.Skarmet, V.Teytelboym romanlari va b,).

Chili hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1–2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shahar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18–19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shahar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Chili meʼmorligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, "Gonsales Kortes" (1960–63, meʼmor S.Gonsales va boshqalar), "Portales" (1961–63, meʼmor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962–65, meʼmor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18–19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr oʻrtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari boʻlgan. 20-asrda Chilida turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar.

Chilining qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli – baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama – trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari – kueka, kuando, qoʻshiq janri – tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari – gitara, arfa, gi. tarron. 19-asr Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851-yildan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-asr), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-asr), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Chili simfonik orkestri (1941-yil tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Chili milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi.

Professional teatr sarchashmalari Chili hududida yashagan indeyslarning xalq marosimlaridan boshlanadi. 17–18-asrlarda Santyago va Konsepson shaharlaridagi toʻy marosimlarida spektakllar qoʻyilgan. 1709-yil Santyagoda birinchi teatr binosi qurildi. Bu teatrda, asosan, ispan dramaturglari – L one de Vega, A.Moreto, X. Ruis, L.Sagredo pyesalari sahnalashtirildi. 1791-yil Valparaiso shahrida teatr barpo etildi. 1815-yil Santyagoda "Kolisso" teatri ochildi. Chili mustaqillikka erishgach, 1818-yil Santyagoda "Romada" teatri ishlay boshladi va unda milliy dramaturg M.Magalyanes asarlari qoʻyildi. 1842-yil Chili universiteti huzurida teatr (1857-yildan munitsipal teatr), 1848-yil "Respublika teatri" tashkil etildi. 19-asr Chili teatri taraqqiyotida argentinalik dramaturglar – K.Belo, R. Minnyelelar muhim rol oʻynaydi. 20-asrning 1yarmida mamlakatning koʻp shaharlarida havaskorlik jamoalari paydo boʻldi. 1939-yil Santyagoda Kichik universitet teatri, 1941-yil Chili universitetining tajriba teatri (hozirgi Chili universiteti huzuridagi teatr instituti) tuzildi. 1946-yil Santyagoda Sahna sanʼati xalq maktabi ochildi. 50-yillarda R.Frontaur, V.Vargas, A.Flores rahbarligida teatr guruhlari yuzaga keldi. Shuningdek, "Teatro munisipal", "Atelye", "Teatro mimiko" teatrlari ishlaydi. 20-asrning 50–60-yillarida teatr repertuarlaridan X. Dias, I.Agirre, Ye.Bunster, D. Barros Gres va boshqa dramaturglarning pyesalari, jahon klassik yozuvchilarining asarlari oʻrin oldi. Mamlakatda harbiy xunta hokimiyat tepasiga kelgach (1973), koʻp teatr arboblari qamoqxonalarda halok boʻldilar, xorijga ketishga majbur boʻldilar va oʻsha yerda teatr jamoalarini tuzdilar. Jumladan, 1976-yil Fransiyada "Alef" teatri, 1980-yil Shvetsiyada Sandino nomidagi Lotin Amerikasi teatri (chililik teatr arbobi I.Kontilyano rahbarligida) paydo boʻldi.

Chilida birinchi hujjatli xronikal film 1907-yil yaratildi. 20-asr boshlarida Santyago va Valparaiso shaharlarida "Jambastianifilm", "Chilefilm" va boshqa kinofirmalar ishlay boshladi. 1934-yil birinchi ovozli film ("Shimol va janub", rejissor X.Delano) yaratildi. 30-yillarning 2yarmida, asosan, qisqa metrajli, xronikal va hujjatli filmlar ekranga chikdi. 40-yillarda tijorat filmlari bilan birga rejissor XDelanoning "Krilonlik qiz" (1941), "Hollywood" (1944) filmlari namoyish etildi. 1957-yil Santyago universiteti huzurida kino instituti ochildi. 60-yillarning eng yaxshi filmlari: "Qonli selitra" (1969, rejissor E.Soto), "Viz yashaydigan uy" (1970, rejissor P.Kaulen) va boshqa 1970-yillar boshida Lotin Amerikasi kinosi oltin fondiga kirgan "Oʻrtoq prezident" (1970, rejissor M.Littin), "Ovoz va miltiq" (1971, rejissor E.Soto), "Guvoxlar" (1971, rejissor K.Elsesser) va boshqa filmlar yaratildi. Hokimiyat harbiy xunta qoʻliga oʻtgach, ilgʻor kino arboblar taʼqibga uchradi. 70-yillarning oxirida Chilining taraqqiyparvar rejissorlari chet elda bir qancha filmlar yaratdilar ["Buni unutib boʻlmaydi" (1975, rejissor lar M.Malyet, X.Faxardo, R.Gonsales), "Marusiya konidagi voqea" (1976, rejissor M.Littin) va boshqa].